Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 100 yulduzsimon girrix naqshlar, ganchkori bezaklar keng qo‗llanilgan. Majmua mustaqillikdan keyin ta'mirlanib, ziyoratgohga aylantirilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‗zbekistan Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonun madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi. O‗zbekiston Respublikasi hududida dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishida katta o‗rin tutgan, asrlar davomida saqlangan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Qo‗qon, Marg‗ilon, G‗ijduvon, Vobkent, Termiz va boshqa tarixiy shaharlar, mavjud bo‗lgan me‘moriy va tarixiy obidalar davlat muhofazasiga olingan. Inshoot YUNESKO tashkilotining ―Butun jahon madaniy yodgorliklari ro‗yxati‖ga kiritilgan. Me‘moriy obidaga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 2002-yil Termiz shahrining 2500 yillik yubeliyi munosabati bilan inshootning hozirgi qiyofasi shakllantirildi. olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar.uz 101 ME’MORCHILIK BO‘YICHA ATAMALAR LUG‘ATI Ayvon (fors) – yon tomonlarining barchasi yoki ba‘zilari ochiq usti bostirilgan (yopilgan) inshoot. Antresol (fr.) – qavatlar o‗rtasida joylashgan yoki xonani hajmini ko‗paytirish uchun unga yopishtirib qurilgan yarim qavatli joy. Ark – feodal davlatining qal‘a ichida mudofaa qilingan joyi. Arka (it., lot.) – prolyotni yon tomonga bosim beruvchi alohida elementlar (toshlar, g‗ishtlar) bilan yopilishi; hozirgi talqinida har qanday egri chiziqli prolyot yopmasi. Farqlanadi: konstruksiyasi bo‗yicha – ponali, yashirin; shakli bo‗yicha – yarim sirkulli ko‗p markazli; vazifasi bo‗yicha – yuk ko‗taruvchi, yukni kamaytiruvchi va hokazo. Shakli bo‗yicha – strelkali arka bir-biri bilan burchak ostida kesishadigan ikkita yoydan tashkil topgan; milliy me‘morchilik tarixida to‗rt markaz strelkali arka uchraydi. Yarim sirkulli arka yarim aylana shaklida bo‗ladi. Ikki markazli arka bir xil radiusli ikkita yoydan tashkil topadi. Nurli arka – yopiladigan prolyot yarim aylanadan kichik arka. Arkada (fr.) – ustun yoki tayanchga o‗rnatilgan arkalar qatori. Arkbutan – gumbaz tortqich kuchini kontrofosga uzatadigan yarim arka. Axta – naqsh tarhi igna bilan chekilgan andoza. Bazilika (grek.) – 1) ustunlarning bo‗ylama qatori bilan xonalari qismlarga (nef, naos) ajratilgan bino; yon tomonlaridagidan ko‗ra o‗rtadagi xona odatda keng va baland bo‗ladi, yon tomondan yoritiladi; 2) qadimgi rimliklarda – sud, savdo, birja binolari; 3) erta xristian cherkovi. Balkon – perila bilan mustahkam to‗silgan va xona bilan bog‗langan, fasadda chiqib turuvchi maydoncha. Baraban – binoning tomida (cho‗qqisida) joylashgan silindrik yoki ko‗p qirrali shaklga ega bo‗lgan qismi, yuk ko‗taruvchi gumbaz; yorug‗lik barabanida derazalar ham bo‗ladi. Vassa – ayvonni yopishda bolorlar (to‗sinlar) ustidan teriladigan yarim silindr shaklidagi taxtacha Galereya – bo‗yi enidan ancha katta bo‗lgan yopilgan yorug‗ xona, odatda bo‗ylama devorlardan bittasi ustunlardan iborat bo‗ladi. Ziyoratxona – marosimlar o‗tkaziladigan katta xona. Islimiy – o‗simlik shoxlari ko‗rinishidagi naqsh turi. Lavh – kitobni qo‗yib o‗qish uchun yasalgan moslama. Qal‘a – o‗rta asrlar davridagi shahar qo‗rg‗oni. Karvonsaroy – shahar va savdo yo‗llaridagi savdogarlar va yo‗lovchilar turadigan joy. Karniz – devorning tugallanish joyi, tepa qismi (devorni yomg‗irdan asraydi). Kromlex – aylana bo‗ylab yoki tutashmagan aylana shaklida joylashtirilgan tosh ustunlar guruhi. Kundal – ichki devorlarda bo‗rtiq yuzaga zarhal berib ishlangan naqsh turi. Mavzoley yoki maqbara – daxma (o‗lgan insonning tanasi ko‗milgan joy) ustida tiklangan monumental inshoot, yodgorlik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling