Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
109 
Buni otasi tirikligi paytida unga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tarilganligidan ko‗rish mumkin. 
Sulolaning 6-chi humdori Avrangzeb (taxt bezagi) arab, fors, turkiy va hind tillarini 
yaxshi bilgan, arab alifbosining ―shikasta‖ va ―nasta‘liq‖ usullaridan yozishda mohir 
qattot bo‗lgan. U qurol ishlatishni va jang olib borish san‘atini yaxshi egallagan. 
Avrangzeb Olamgir nihoyatda takabbur bo‗lgan va biroz mutaasiblikka ham yo‗l 
qo‗ygan. Iste‘mol qiladigan taomlari ham, kiyadigan liboslari ham juda sodda
ortiqcha hasham va zeb-ziynatlardan xoli bo‗lgan. Manbalarda yozilishicha, u umrida 
biror marta ham sarhush qiladigan ichimlik ichmagan. Uning xotinlari bir vaqtning 
o‗zida to‗rttadan oshmagan. 
Boburiylar davlati iqtisodiy hayoti Movaraunnahrdagi kabi edi. Boburiylar 
xazinasining boyish manbalari savdo solig‗i, saltanatda zarb qilingan pullar, musodara 
qilingan egasiz mollar, tuz solig‗i, davlat ixtiyoriga keladigan yillik o‗lpon to‗lovlari, 
urushlardan olingan o‗ljalarning beshdan bir qismi, sovg‗alar hamda yer soliqlaridan 
iborat edi. Mahalliy soliqlar ―ahbob‖ deb atalgan. Bobur davrida barcha yerlar jogir 
sifatida bo‗lib berilgan. Akbar yer soliq tizimini ancha takomillashtirdi. 1580-yildan 
boshlab yer o‗lchovi qilib ―Gazi Iskandari‖, keyinchalik ―Gazi Ilohiy‖ qabul qilingan. 
Bobur va Humoyun o‗zlarining nomi bilan suratli tanga zarb qildirgan. Akbar davrida 
esa pul muomalasi ancha takomillashdi. U tilla, kumush va misdan tanga pullar zarb 
ettirdi. Jami 26 xil tanga pullar zarb qilingan. Kumush tangalar ―rupiy‖ deb, mis 
tangalar ―dom‖ (paysa) deb atalar va u rupiyning 1/40 qismiga teng edi. Eng kichik 
mis tanga esa ―jital‖ deb atalib, paysaning 1/25 qismiga teng edi. Boburiylar iqtisodiy 
hayotida pul muomalasi ancha rivojlangan edi. 
Boburiylar davlatining ijtimoiy hayoti Movarounnahrniki bilan o‗xshash bo‗lsa-
da, jamiyatning poydevori hind jamoalari asosida qurilgan edi. Davlatda eng ko‗p 
aholini hindlar tashkil qilsa-da, afg‗onlar, turklar, forslar, o‗zbeklar ham mamlakatdagi 
nufuzli xalq vakillaridan sanalgan. Hind qabilalari diniy jamoalarga bo‗lingan va 
ularni diniy rahnamolar boshqargan. 
Boburiylar davlatida asosiy din islom edi. Islom hindlarga boburiylardan ham 
oldin kirib kelgan. Naqshbandiya tariqati Bobur davrida keng yoyildi. Humoyun ham 
naqshbandiya tariqatini qo‗llab-quvvatlagan. Akbar davrida bu harakat vakillari o‗z 
mavqelarini tiklagan. U e‘tiqod erkinligi joriy qilgan, 1564-yilda ―jizya‖ solig‗ini 
bekor qilgan. Mamlakatda islom bilan bir vaqtda nasroniylik, hinduizm va buddaviylik 
dinlari vakillari ko‗pchilikni tashkil qilgan. Avrangzeb davrida jaholatparastlik avj 
oldi, islom dinida bo‗lmaganlar ta‘qib ostiga olindi, ―Navro‗z‖ bayrami taqiqlandi
raqqosa va sozandlar saroydan badarg‗a qilindi. XVIII asr o‗rtalarida janubiy-g‗arbiy 
Hindistonga yevropaliklar kirib kelishi bilan xristianlik mazhablari ham paydo bo‗ldi. 
Davlatning boshqaruvi haqida to‗xtaladigan bo‗lsak, Boburiylar davlatining 
ma‘muriy idora tuzilishi o‗z tabiatiga ko‗ra Amir Temur davlatida mavjud 
bo‗lganidek, harbiy hokimiyat bo‗lib, mamlakat markazlashgan yakka hukmdorlik 
tamoyili asosida podshoh tomonidan boshqarilgan. Podshoh hokimiyati mutloq bo‗lib, 
qonun chiqarish ham ham, bosh harbiy sarkardalik ham shoh shaxsiyatiga mujassam 
bo‗lgan. Davlatda bir qancha yuqori mansablar bo‗lib, ular quyidagilarni tashkil etardi: 
Vakil - podshoh nomidan ish ko‗rish vakolatiga ega bo‗lgan bosh vazirdir. Bu lavozim 
faqatgina Akbar taxtga chiqqan paytda mavjud bo‗lib, u 14 yoshda taxtga chiqqanida 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling