Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
110 
badaxshonlik amir Bayramxon unga otaliq – vakil etib tayinlangan. Devonbegi – bosh 
vazir hisoblanib, moliya ishlarida ham unga to‗ridan-to‗g‗ri bo‗ysungan. Mir Baxish – 
saltanat xazinasidan sarf qilingan barcha xarajatlarni hisob-kitob qilib borgan. Xoni
Zamon – mamlakatdagi bosh ish boshqaruvchi hisoblangan. Sadr us-sudur – 
saltanatdagi diniy masalalar bo‗yicha bosh sardor hisoblangan. Bundan tashqari 
quyidagi mansablar mavjud bo‗lgan: Mir Baxri – soliq ishlarini rasmiylashtiruvchi 
kotib; Axtabegi – otxonalar va otlarning saqlanishi uchun mas‘ul shaxs; Mushrif – 
kemachilik bo‗yicha bosh admiral, port boshlig‗i; Mustavfi – taftish hay‘ati boshlig‗i 
va boshqalar.
Mamlakat viloyatlarga bo‗lib boshqarilgan. Humoyun davrida viloyatlar soni 12 
ta bo‗lib, Akbar hukmronligi davrida 15 ta, Shoh Jahon davrida 22 tagacha yetdi.
Boburiylar saltanatining boshqaruv tuzulish shakliga ko‗ra, cheklanmagan 
monarxiya shaklida bo‗lgan. 
Boburiylar saltanatida madaniy hayot yuksak rivojlangan. Davlatda ta‘lim 
musulmon bolalari uchun maktab va madrasalarda – qizlar alohida, o‗g‗il bolalar 
alohida olib borilgan. Bolalar besh yoshida maktabga qabul qilingan. Hind bolalari 
―patshala‖ (maktab)da aralash tarzda o‗qitilgan. Bobur hukmronligi davrida Dehlida 
madrasa qurilgan va unga diniy va dunyoviy fanlar o‗qitilgan. Akbar davrida 
musulmon va mahalliy hind bolalari bir xil maktablarda o‗qib, barcha fanlardan bir xil 
darslik va qo‗llanmalardan foydalanish tartibi joriy etildi. Ilm dargohi bitiruvchilarga 
o‗zlashtirgan fanlarni majmuasiga qarab 3 xil ilmiy daraja berilgan. Mantiq va 
falsafani o‗rganganlarga ―Fozil‖, diniy bilim sohiblariga ―Olim‖ va adabiyot sohasida 
ilm olganlarga ―Qobil‖ unvoni berilgan. Boburiy podshohlar o‗zlari ham ilm-ma‘rifatli 
bo‗lgan va asarlar yozgan. Boburning ―Boburnoma‖, Jahongirning ―Tuzuki 
Jahongiri‖, Avrangzebning ―Fatvom Olamgiri‖ asarlari bunga misol bo‗la oladi. 
Me‘morchilikda Humoyun maqbarasi, Shoh Jahon davrida qurilgan Agradagi 
Toj Mahal maqbarasi diqqatga sazovordir. Toj Mahal Shoh Jahonning 1630-yilda 
vafot etgan malikasi Mumtoz Mahal sharafiga qurilgan. Uning qurilishi 1647-yil 
tugallangan va eron-hind me‘morchiligi uslubida qurilgan. Madaniy aloqalarning 
kengayishi natijasida ilm-fan, adabiyot, san‘at, me‘morchilik taraqqiy etgan
astronomiya yuksalgan. Dehli, Jaypur va boshqa shaharlarda rasadxonalar qurilgan. 
Adabiyotda xalq diniy-sektantlik harakati g‗oyalarini targ‗ib qiluvchi ―Bhatki‖ 
poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyondalaridan biri Tulsidas (1532-
1624) mashhur ―Ramayana‖ dostonini yaratdi. Boburiylar davlatida musiqa san‘ati 
ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi Movaraunnahr 
va Eron musiqa san‘ati an‘analari ta‘sirida yanada boyigan. Tarixchi Haydar Mirzo 
(1499-1551)ning ―Tarixi Rashidiy‖ asarida aytilishicha, bu yerda Movaraunnahr 
musiqiy asboblaridan torli-kamonli sozlar ko‗proq tarqalgan. 
Davlat hududida yashab faoliyat ko‗rsatgan tarixiy shaxslar, bular – Rana Sanga 
– 1527-yil Bobur bilan kurashda Sikri jangida yengilgan, Mohim Begim – Boburning 
bosh xotini, shahzodalar tarbiyachisi bo‗lgan. Gulbadanbegim – Boburning ma‘rifatli 
qizi, Sherxon Sur – Humoyunga qarshi kurashda afg‗on qabilasi yetakchisi, 
Bayramxon – Akbarshohning otalig‗i va bosh vaziri, Mumtoz Mahal – Shoh 
Jahonning suyukli xotini, Zebuniso Begim – Avrangzeb Olamgirning shoira va olima 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling