Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 113 O‗zbekistonda tarixni haqqoniy yaratishga bo‗lgan e‘tibor tufayli bu davlat o‗z nomi bilan ―Boburiylar davlati‖ deb atala boshlandi. Bu imperiya 332 yil hukm surdi va u Hindiston tarixidagi boshqa davlatlardan ko‗ra markazlashgan hamda yirik imperiya edi. Ushbu davlatning hududi Shoh Jahon davrida bu huddudda ilgari mavjud bolgan Guptalar imperiyasi, Mauriya davlati, Dehli sultonligi hududlaridan ancha katta bo‗ldi. Boburiylar davlati Hindiston sivilizatsiyasi tarixida alohida ahamiyatga ega bo‗lgan davlatdir. Boburiylar davrida Hindiston boshqa Sharq davlatlari bilan savdo- madaniy aloqalarini yo‗lga qo‗ydi. Islom dini, yozuvi, an‘analari Hindistonning markaziy hududlarida ham keng tarqaldi. Boburiy hukmdorlar Hindistondagi shaharsozlikka ham alohida ahamiyat bergan. Ular tomonidan qurilgan Humoyun va Toj Mahal maqbaralari butun dunyoga mashhurdir. Ular fors-hind, Movarounnahr an‘analarining uyg‗unligi asosida bunyod etilgan. Shu va shu kabi me‘morchilik namunalari bugungi kunda ham o‗z qiymati va e‘tiboriga molikligi bilan dunyo sayyohlari, olimlari nazarida bo‗lib kelmoqda. Ahamoniylar davlati Ahamoniylar davlati mil.avv 558-330-yillar (Mil.avv VI asrdan mil.avv IV asrgacha) oralig‗ida mavjud bo‗lgan. Ahamoniylar davlatining chegaralari g‗arbda Bolqon yarim oroligacha, janubiy-g‗arbda Misrning Markaziy hududlarigacha, janubda Fors ko‗rfazigacha, sharqda Hind daryosi bo‗ylarigacha, shimolda Qora dengiz bo‗yi, Markaziy Kavkaz, Orol dengizi va hozirgi Janubiy Qozog‗iston yerlarigacha borgan edi. Bu davlatga Erondan tashqari, Kichik Osiyo, Yaqin Sharq, Misr, O‗rta Osiyo hududlari kirgan (Doro I davridagi chegarasi). Ahamoniylar davlatining asoschisi Kir II hisoblanadi. Mamlakatning poytaxti hozirgi Eronning janubida, Sherozdan 50 km uzoqlikda joylashgan Persopol shahri edi. Persopol (qadimgi eroncha Parsa) ahamoniylar davri madaniyati va san‘atining eng ajoyib yodgorligidir. U eramizdan avvalgi, taxminan 520-yildan boshlab to 450- yilgacha, jami 70 yil davomida qurilgan. Fors davlatining asoschisi Kir II boshqa qo‗shni qabilalarni ham birlashtirib, Midiya zulmiga qarshi chiqadi va mil.avv 559-yilda Midiya davlatini bosib olib birinchi imperiyaga asos soladi. Mazkur davlatdagi sulola ahamon oilasi urug‗idan bo‗lib, davlat ahamoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan. Ahamoniylar davlatida 13 ta shoh hukmronlik qilgan. Bular: Kir II (558-530), Kambiz (530-522), Doro I (522-486), Kserks (486-465), Artakserks (465-424), Kserks II (424), Sekudian (424-423), Doro II (423-404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-338), Arses (338-336), Doro III (336-330)lardir. Manbalarda ahamoniy shohlarning faqatgina eng buyuklarining shaxsiy fazilatlari haqida qayd etilgan. Kir II diplomat, mohir davlat arbobi bo‗lishi bilan birga, unda makkorlik, ayyorlik (qo‗shni davlatlarga nisbatan shafqatsiz choralar ko‗rgani bunga misol) uning fazilatlaridan edi. Uning avlodlaridan biri Doro I ham mohir diplomat, buyuk davlat arbobi va bobosi kabi ayyor shohlardan bo‗lgan. Doro I |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling