Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
116 
―Filipp tarixi‖, Firdavsiyning ―Shohnoma‖ asarlari orqali bu haqdagi ma‘lumotlarga 
ega bo‗lamiz. 
Davlatda hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, yilqichilik, kemasozlik 
rivojlangan edi. Dehqonchilikda donli ekinlar ishlab chiqarilgan. Yilqichilikdan teri
go‗sht olingan. Kemasozlikda esa harbiy kemalar va qayiqlar ishlab chiqilgan.
Osiyoda Yevropada bo‗lgani singari qulchilik klassik darajaga ko‗tarilmagan bo‗lsa 
ham, ahamoniylar davlatida qullar soni ko‗payishi natijasida ishlab chiqarish 
munosabatlariga qullar keng jalb qilina boshlandi.
Ahamoniylar davlatining o‗ziga xos tomoni, u dunyodagi 1-chi imeriyadir. 
Uning hududi uchta qit‘ada tashkil topgan. Davlatdagi aholi ko‗p millatli ekanligi 
bilan boshqa imperiyalardan farq qiladi. 
Ahamoniylar davlati insoniyat sivilizatsiyasiga qo‗shgan hissasi to‗g‗risida 
to‗xtaladigan bo‗lsak, davlatda Behustun yozuvlari, Shoh yo‗li mavjudligidadir. 
Behustun yozuvlari qadimgi tarixni o‗rganishga oid muhim manba hisoblanadi. Shoh 
yo‗li orqali Sharq va G‗arb mamlakatlarining madaniy aloqalari rivojlandi. Bu yo‗l 
Buyuk ipak yo‗li rivojlanishi uchun asos bo‗ldi. 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
117 
PREZIDENT ASARI HAQIDA YOZISH UCHUN NAMUNA 
 
Prezident Islom Karimov asari (ma’ruzasi): “Asosiy maqsad – iqtisodiy 
yuksalishga erishishdir‖. 
Prezidentimiz Islom Karimovning ―Asosiy maqsad – iqtisodiy yuksalishga 
erishishdir‖ nomli nutqi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida 
1997-yil 29-iyulda so‗zlangan. Ma‘ruzaning asosiy mazmuni inson manfaatlari va 
iqtisodiy islohotlarni chiqurlashtirish bo‗lib, unda inson manfaatlarini amalga oshirish 
uchun zarur sharoit yaratmasdan, bu manfaatlarni faol bunyodkor kuch sifatida e‘tirof 
etmasdan turib yangilanish va taraqqiyot yo‗lidan to‗g‗ri va izchil harakat qilib 
bo‗lmasligiga e‘tibor qaratadi. Shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy manfaatlarini ta‘minlash, 
oilalarning, har bir alohida kishining turmush sharoiti va farovonligini yaxshilashga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma‘ruzaning bosh 
g‗oyasi – islohotlarning maqsadi va amalga oshirilishini yanada chuqurroq, tanqidiy 
nazar bilan tahlil etish, islohotlarda eng ma‘qul yo‗llarni qidirish, xato qilmaslikka 
chaqiradi. Bu yo‗lda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‗xtalib, korxonalarni 
iqtisodiy sog‗lomlashtirish va sanatsiyalash dasturi ishlab chiqilganligi va aniq 
jadvallar tuzilayotganligini aytib, import tuzilmasiga 47%dan ortiq mablag‗ mashina 
va jihozlarni, 14,5% mablag‗ kimyo mahsulotlari plastmassasi va ulardan ishlangan 
mahsulotlarni xarid qilishgasarflanganligi aytib o‗tiladi. Nodavlat sektorida band 
kishilar ulushi 47%ni tashkil etishi, shuningdek, ishbilarmonlikdan tushgan daromad 
ulush aholining barcha daromadlarining 36%ni, shaxsiy xo‗jalikdan tushgan daromad 
15%, yakka tartibdagi mehnat faoliyatidan tushgan daromad 7%dan ortiqroqligini 
ta‘kidlab o‗tadi. Nutqda barcha sarmoyalarning 61%dan ortig‗i ishlab chiqarish 
sohasini rivojlantirishga sarflanayotganligi aytiladi. Makroiqtisodiyotda barqarorlikni 
vujudga keltirish sohasida qo‗llanilgan chora-tadbirlar inflyatsiya darajasini 1996-yil 
dekabridagi 13%dan, 1997-yil may oyida 2,9%ga, iyun oyida esa hatto minus 
darajasida 3,1%ga qadar keskin kamaytirish imkonini berganligini aytib o‗tadi. Vazifa 
qilib dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda to‗sqinlik qilayotgan mavjud xato-
kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini muhofaza 
qilishning huquqiy va intitutsional asoslarini shakllantirishni ko‗rsatadi. Ma‘ruzada 
jamiyatning siyosiy sohasiga ham alohida e‘tibor qaratiladi. Bu borada 1997-yil 
―Inson huquqlari bo‗yicha Oliy Majlis vakili to‗g‗risida‖ gi qonunning qabul 
qilinganligi, Inson huquqlari bo‗yicha milliy markaz tashkil etilganligini, Oliy Majlis 
qoshida amaldagi qonunlar monitoringi instituti faoliyat ko‗rsatayotganligini aytib 
o‗tadi. Shuningdek, ―O‗zbekistonda Ombutsman instituti tajriba va muammolar‖ 
mavzuidagi davra suhbati xalqaro miqyosda qiziqish uyg‗otganligi, o‗quv dasturlariga 
inson huquqlari bo‗yicha maxsus kurslar kiritilganligi ta‘kidlab o‗tiladi. 
Jamiyatdagi ijtimoiy sohani rivojlantirishga byudjetning umumiy xarajatlarining 
qariy 45% sarflanganligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kam ta‘minlangan 
oilalarga 10,1 mlrd. so‗mdan ortiq nafaqa berilganligi, qishloq joylarda ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga alohida e‘tibor ko‗rsatilayotganligi ta‘kidlab o‗tiladi. Tuyamo‗yin – 
Urganch, Damxo‗ja, Zarafshon – Jizzax kabi hududlararo suv tarmoqlari qurilishini 
tezlashtirish, iqtisodiyotda tub tarkibiy yangilanishlarni amalga oshirishni ta‘kidlaydi. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling