Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
115 
Frada (bu qo‗zg‗olonni bostirgan Baqtriya satrapi, fors Dodarshish), hozirgi Janubiy 
Qozog‗iston va Shimoliy O‗zbekiston hududlarida yashagan saklar yo‗lboshchisi 
Skunxalar haqida ma‘lumot uchraydi.
Ahamoniylar davlati Sharq va G‗arb bilan diplomatik aloqalar yo‗lga qo‗yilgan. 
Masalan, Kir II va massagetlar malikasi To‗maris o‗rtasida og‗zaki shaklda, ya‘ni 
elchi orqali diplomatiya olib borilgan. Og‗zaki deyilishiga sabab, u paytda hali 
massagetlarda yozuv bo‗magan. Kir II To‗marisdan unga turmushga chiqishini 
so‗raydi, lekin massagetlar malikasi bunga rozi bo‗lmaydi. Bundan ko‗zlangan 
maqsad To‗maris emas, balki massagetlar yeri edi. Ahamoniylar yunon shahar-
davlatlari bilan ham diplomatik aloqalar olib borgan. Xususan, fors elchilari Afina va 
Spartadan yer-suv talab qiladilar. Shunda afinaliklar fors elchilarini qoyadan itarib 
yuboradi, spartaliklar esa fors elchilarini chuqur quduqqa tashlab: ―Keraglicha yer-
suvni shu yerdan topasizlar‖, deb aytgan. 
Davlatning harbiy holati juda qudratli edi. Har bir satraplik yurish paytida ancha 
qo‗shin yetkazib berar edi. Xususan Marafon jangida yosh baqtriyalik jangchi haqida 
ma‘lumotlar uchraydi. Bunda tashqari, Salamin jangida qo‗shin markazida sak 
qabilalari alohida jasorat ko‗rsatganliklari Esxilning ―Forslar tragediyasi‖da yozib 
qoldirilgan. Bundan bilishimiz mumkinki, qo‗shin bosib olingan barcha 
satrapliklardan yig‗ilgan. Bundan tashqari, shahanshohning o‗ziga tegishli bo‗lgan 
maxsus gvardiyasi ham bo‗lgan. Gerodotning ta‘riflashicha, fors qo‗shini tarkibidagi 
baqtriyaliklar kamon va nayza bilan, sak qabilalari esa xanjar va jangovor oyboltalar 
bilan qurollangani, sug‗diylar va xorazmlilar esa baqtriyaliklar kabi qurollangani 
ko‗rsatilgan. Doro I davrida mamlakatda 300 mingga yaqin qo‗shin, otliq va 
tuyakashlardan iborat bolib, uning tarkibida fillar ham bo‗lgan. Mamlakatda harbiy 
flot mavjud bo‗lgan. Kserks davrida qo‗shin soni ko‗pligidan uni hisobga oluvchilar 
doim adashib ketganligi manbalarda yozilgan.
Hukmdorlarning amalga oshirgan islohotlari quyidagilardir: Doro I oltin ―dariq‖ 
tanga birligini ishlab chiqdi. Bir dariq 8,4 oltinga, 20 kumush tangaga, bir tanga 5,6 
g kumushga teng edi. Oltin dariqni faqat shahanshoh, kumush tangani esa viloyat 
hokimlari ham zabt etishi mumkin edi. Doro I mamlakatda ―doroiy‖ tangalarini zarb 
ettirdi. U mamlakatda harbiy islohotlar ham olib bordi, xususan qo‗shin tarkibiga 
fillarni olib kirdi. Podsho Kserks davrida diniy islohot o‗tkazilib, Ahuramazda barcha 
xudolarning oliy xudosi hisoblanadigan bo‗ldi.
Ahamoniylar davlati haqida ma‘lumot beruvchi manbalarning eng ishonarlisi – 
davlat hukmdorlarining tosh bitiklaridir. Persopol yaqinidagi Husaynkuh qoyalarida 
Ahamoniylardan Doro I, Kserks I, Artakserks I va Doro II larning maqbaralari hamda 
ularga kiraverishda o‗yib yozilgan bitiklar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardasi 
Rustam nomi bilan ham bog‗liq va tarixda ko‗pincha Naqshi Rustam deb ataladi. 
Shimoliy Eronda, Kirmonshoh shahri yaqinida daryo bo‗ylab o‗tgan karvon yo‗li 
yoqasida Zagros nomli tik qoyaga, taxminan 100-105 metr balandlikda Doro I farmoni 
bilan yozilgan Behustun bitiklari alohida ahamiyatga ega. Bu yozuvlar uzunligi 22 m
umumiy balandligi 7,8 m bo‗lgan. Bu g‗alaba, shon-shuhrat yodgorligi bo‗lib, qadimiy 
fors, elam va bobil tillarida yozilgan. Bundan tashqari, Gerodotning ―Tarix ― asari, 
Diodorning ―Tarixiy kutubxona‖, Ktesiyning ―Tarixiy yilnomalar‖, Pompey Trogning 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling