Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 118 Ma‘naviy sohada iyun oyida YUNESKOning Parijdagi qarorgohida qadimiy shaharlarimiz Buxoro va Xivaning 2500 yilligi o‗tkazilganligi, Toshkent xalqaro kinofestivali o‗tkazilganligi muhim voqea bo‗lganligi aytib o‗tiladi. Ma‘ruzaning jamiyatdagi iqtisodiy ahamiyati, mamlakatimiz iqtisodiy hayotini rivojlantirishning mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‗ishlanadi. Unda navbatdagi strategik maqsadlar belgilab berilgan. Islohotlardan maqsad inson, uning erki, unga farovon turmush tarzini yaratish eng muhim omil ekanligi qayta-qayta uqtiriladi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi ham shu nuqtai nazardan baholanadi. Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan kamchiliklarning oldini olishga e‘tibor qaratilib, o‗tgan yillarda erishilgan yutuqlar, yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarning oldini olgan holda 1997- yil uchun iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan mamlakatni rivojlantirish chora- tadbirlari dasturi ishlab chiqildi va bu borada mazkur ma‘ruza Vazirlar Mahkamasi va hokimiyatning boshqa yuqori, quyi tashkilotlari, sud, ijro hokimiyati hamda ommaviy axborot vositalari uchun dasturul amal bo‗lib xizmat qildi. Ma‘ruzada e‘tibor qaratilgan jihatlar – ommaviy axborot vositalari, Oliy o‗quv yurtlari va o‗rta maxsus ta‘limda, Oliy Majlis vakillari, hokimiyat organlari tomonidan chuqur o‗rganildi. Davlat taraqqiyotida ichki va tashqi siyosat, iqtisodiy islohotlarning tadrijiy taraqqiyotida muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. Ma‘ruzaning hayotiyligini jamiyatimizni tubdan qayta qurish va yangilashda inson omiliga ulkan ahamiyat berilib, 1997-yil ―Inson manfaatlari yili‖ deb e‘lon qilinganligida ko‗rish mumkin. Shunday tarixiy sharoitda mustaqil vatanimiz o‗z oldiga qo‗ygan maqsadga erishish yo‗lida zarur huquqiy va moddiy asoslarni barpo etish uchunma‘ruzada e‘tibor qaratilishi lozim deyilgan jihatlar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy jarayonlarning taraqqiyoti bugungi kunda ―Taraqqiyotning o‗zbek modeli‖ deb jahon hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan O‗zbekistonning bugungi iqtisodiy yutuqlariga mazkur asar muhim ahamiyat kasb etganligi kun sayin o‗z isbotini topmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling