Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 119 9-11 sinf (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-3 kurslari) olimpiadaning birinchi (maktab yoki o‘rta maxsus bilim yurti), ikkinchi (tuman) bosqichida jahon va O‘zbekiston tarixidan tuzilgan 40 ta (28 ta javobi tanlanadigan, 12 ta javobi yoziladigan) test topshiriqlarini bajaradilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1,25 balldan qo‘yiladi (maksimal 50 ball). Test topshiriqlarini bajarish uchun 80 daqiqa vaqt beriladi. Javobi yoziladigan testning javobi tanlanadigan testga qaraganda darajasi bir oz pastroq bo‘lsa-da, bu testlarning javobi aniq bir tarixiy sana, shaxs nomi, joy nomi yoki tarixiy atamani ifodalashi lozim. MASHQ QILISH UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI 9-sinflar uchun test 1. Xammurapi qonunlari nima sababdan o‗zigacha yaratilgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi? A) qonunlar o‗ta shavqatsiz bo‗lganligi uchun B) qonunlar hajmi jihatidan hayotning har xil tomonlarini qamrab olganligi uchun C) qonunlarni hukmdorning bir o‗zi tuzmasdan, aholining barcha qatlamlari ishtirokida to‗plaganligi uchun D) qonunlarda moddalarning nihoyatda ko‗p bo‗lganligi uchun 2. Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning poytaxti bilan to‗g‗ri ko‗rsatilgan javobni aniqlang. 1) Ossuriya; 2) Elam; 3) Xett; 4) Urartu; 5) Mauriya a) Suza; b) Nineviya; c) Tushpa; d) Xattusa; e) Pataliputra A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c 3. Qadimgi dunyoning suv yoki suv manbaasiga oid xudolari keltirilgan javobni aniqlang. 1) Ea; 2) Geya; 3) Xapi; 4) Indra; 5) Poseydon; 6) Shamash; 7) Neptun; 8) Artimeda; 9) Anaxita; 10) Venera. A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 1, 5, 7, 8, 9, 10 C) 3, 5, 6, 7, 9 D) 3, 5, 6, 7, 8, 10 4. Qadimgi Rimni larzaga solgan qo‗zg‗olon boshlig‗i Spartak nima sababdan qul qilinib, gladiatorlik maktabiga sotib yuboriladi? A) u rimliklarning dushmani – frakiyalik yunon bo‗lganligi tufayli B) Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun C) Rimning maxfiy sirlarini yunon koloniyalariga sotganligi uchun D) gladiatorlar jangidan bosh tortganligi uchun 5. Qang‗ davlatiga kimlar asos solgan? A) dovonliklar B) yuechjilar C) saklar D) so‗g‗dlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling