Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 112 unvonini qabul qilgan. Bobur mamlakatda ―gazi boburiy‖ deb nomlangan yagona uzunlik o‗lchov birligini joriy qildi. O‗zi bilan Hindistonda qolgan sarkardalarga ―jogir‖ (yer) tarqatdi. Uning vorisi Humoyun ilm-fan sohasida islohotlar o‗tkazib, poytaxtda ―Din Panboh‖ deb atalgan ilm-fan markazini bunyod etgan. Uning vorisi Akbarshoh markaziy davlat apparatini mustahkamlash maqsadida bir qator islohotlar o‗tkazdi. Xususan, yer solig‗i, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Qonunga binoan natural soliq pul solig‗i bilan almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Bundan tashqari u podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Akbar musulmon hukmdorlari orasida Hindistonda birinchi bo‗lib e‘tiqod erkinligini joriy qilgan, ―jiz‘ya‖ solig‗ini bekor qilgan. Ma‘muriy va harbiy idoralaridagi mansablarga musulmonlargina emas, balki mahalliy hindlardan ham tayinlanadigan bo‗ldi. Akbarning vorisi Jahongir o‗z nomi bilan o‗yib yozilgan tanga pul zarb qildirdi. U zindondagi ko‗p maxbuslarni ozod qildirdi, ―tamg‗a‖, ―mirbahri‖, soliqlarini bekor qildirdi. Musallas va giyohvandlik moddalarini tayyorlash va ular bilan savdo qilish taqiqlandi. Uning vorisi Shoh Jahon Agrada dunyoga mashhur Toj Mahal maqbarasini qurdirdi. Manbalarda yozilishicha, bu bino 12 yilda qurilgan, uning qurilishida 50 lak rupiy mablag‗ sarflangan. Shoh Jahon Dehlida Qizil Qal‘a, Jome‘ masjidi, Agradagi Moti masjidi, Devoni A‘zam, Devoni Xos, Toj Mahal, Shish Mahal singari inshootlar qurdirgan. Avrangzeb esa taqvodor hukmdor bo‗lganligidan 80 yaqin kichik, har xil soliqlarni bekor qildi, ―jizya‖ solig‗ini qayta tikladi. Musulmon dinida bo‗lmaganlarni ma‘muriyat idoralaridan olib tashladi. Davlat tarixini o‗rganishga oid tarixiy manbalar quyidagilardan iborat: Boburning ―Boburnoma‖, Gulbadanbegimning ―Humoyunnoma‖, Mirzo Muhammad Haydarning ―Tarixiy Rashidiy‖, Xondamirning ―Habib us-siyar‖, Humoyunning buyrug‗i bilan Xondamir tomonidan yozilgan ―Qonuni Humoyun‖, Akbarning buyrug‗i bilan yozilgan Javhar Oftobachining ―Taziqat ul-vaqeot‖, Abulfay Allomiyning ―Akbarnoma‖, Xasan Alixonning ―Tavfiri davlati Shershohi‖, Jahongir davrida yozilgan Ahmad Yodgor qalamiga mansub ―Tarixi Shohi‖, shu davrda yozilgan Abdulloxning ―Tarixi Dovudiy‖, Xo‗ja Nizomiddin Ahmadning ―Taboqoti Akbariy‖, Shoh Jahon davri tarixiga oid Amin Kazvining ―Podshonoma‖, Avrangzeb va undan keyingi davrlar tarixi haqida Muhammad Soqi Mustaiqxonning ―Maasiri Olamgiri‖ asarlari shular jumlasidandir. Davlatda ishlab chiqaruvchi xo‗jalik, shaharlarda hunarmandchilikning keng tarmoqlari shaklangan. Ularga kulolchilik, zargarlik, naqqoshlik, etikdo‗zlik, temirchilik, qurolsozlik, to‗quvchilik, tikuvchilik, qog‗oz ishlab chiqarish, qandolatchilik va boshqalar taraqqiy etdi. Manbalarda gazlamalarning yuzga yaqin nomi keltirilganligi to‗quvchilik yuksalganligidan dalolat beradi. Qishloq xo‗jaligida asosan dehqonchilik va chorvachilik muhim ahamiyat kasb etgan. Dehqonchilikda arpa, bug‗doy, sholi va boshqa dukkakli ekinlar, poliz mahsulotlari yetishtirilgan. Bobur davrida bog‗dorchilikka katta e‘tibor qaratilgan. Boburiylar imperiyasining o‗ziga xos tomoni shundaki, XX asrning 90-yillariga qadar ―Buyuk mo‗g‗ullar imperiyasi‖ deb ta‘riflanib kelindi. Nihoyat Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan olib borgan tadqiqotlar hamda mustaqil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling