Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
– rasm. Portlovchi skvajina paramertlari
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.4. Rasm. Skvajinalarni pog‘onalarda joylashish sxemalari.
9.3. – rasm. Portlovchi skvajina paramertlari.
a – yaxlit zaryadli qiya skvajina; b – havo bо‘shlig‘i hosil qilib kо‘p qatorli holatda joylashtirilgan vertikal skvajina; 1 – PM zaryadi; 2 – zaboyka; 3 – havo bо‘shlig‘i. 9.4. Rasm. Skvajinalarni pog‘onalarda joylashish sxemalari. a – birqatorli; b, v – kvadrat va “shaxmat”setkasi shaklida kо‘p qatorli joylashishi; g – birinchi qatorda juft yaqinlashgan skvajinalar bilan; Shpurli zaryadlash usuli. Shpur – bu tog‘ jinsida silindrik shaklda о‘yilgan bо‘shliq bо‘lib, uning chuqurligi 5m gacha va diametri 75 mm gacha bо‘lishi mumkin. Massivda shpurli zaryadlash usulini qо‘llash natijasida portlovchi moddalarni ancha tо‘g‘ri taqsimlash mumkin bо‘ladi. Shpurli zaryadlash usuli asosan, qurilish materiallarini qazib olish karyerlarida, yer osti usulida qо‘llaniladi va ma’lum darajada foydali qazilmalarning strukturasini о‘zgartirmasdan saqlab qolish imkoniyatini beradi. Bu usulning kamchiliklari: mehnat darajasi yuqori, portlovchi modda sarfi baland. Quyma zaryadlash usuli. Qayta maydalashda va yordamchi ishlarda bu usul qо‘llaniladi. Quyma zaryadlarni portlatishdan avval ularning ustki qismi loy yoki yopishqoq modda bilan berkitiladi. Berkitilgan qismining balandligi zaryad balandligidan kichik bо‘lmasligi kerak. Zaryadning о‘zi katta tog‘ jinsi bо‘lagining chuqurroqqismiga yoki ostiga qо‘yiladi. (8.1 rasm a). Quyma zaryadlarni joylashtirish oddiy bо‘lib tayyorlash ishlarini talab qilmaydi, lekin juda katta portovchi modda sarflashga tо‘g‘ri keladi. Hattoki xarsang toshlarni maydalashda kichik shpurli usulga qaraganda 10 baravar kо‘p portlovchi moddalar sarflanadi. Gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar mavjud. Hozirgi kunda vertikal skvajinalar keng qо‘llanilmoqda. Skvajinada portlovchi modda zaryadi yaxlit va oraliq bо‘shliqli holda, portlatiladigan blokda esa bir qatorli va kо‘p qatorli holatda qilib joylashtiriladi. Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha. Tog‘ jinsi massivini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qazib olish va transport vositalariga yuklash yoki qazib olishning о‘zi, mashinaning ishchi organi yordamida tog‘ jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga bо‘shatishga – qazish- yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va texnologik sifatlari turlicha bо‘lgan universal va karyer mashinalarining turli turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qayerda va qaysi sharoitlarda qо‘llanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi. а б в г Рис. 3.13. Схемы расположения скважин на уступе: а однорядная; б, в многорядное по квадратной и «шахматной» сетке; г с парносближенными скважинами в первом ряду а б в г Рис. 3.13. Схемы расположения скважин на уступе: а однорядная; б, в многорядное по квадратной и «шахматной» сетке; г с парносближенными скважинами в первом ряду Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini chо‘michlab, qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki ag‘darmaga tо‘kuvchi mashinadir. Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: chо‘michni tо‘ldirish (chо‘michlash), uni tо‘kish joyiga surish (harakatlantirish), tо‘kish va bо‘sh chо‘michni chо‘michlash joyiga qaytarib keltirish. Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bо‘yicha turlanadi: mо‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab; chо‘mich hajmiga qarab (bir chо‘michli) yoki nazariy unumdorligiga qarab (kо‘p chо‘michli). Ishchi a’zosini turiga qarab kо‘p chо‘michli ekskavatorlar: zanjirli, sidirg‘ichli-chо‘michli, rotorli, frezerli-chо‘michli va chо‘michsiz frezerli ishchi a’zoli turlarga bо‘linadi. Harakatlanish turiga qarab: bо‘ylama qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi qazish yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi; kо‘ndalang qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi yо‘nalishiga perpendikulyar bо‘ladi; radial qazuvchi ekskavatorlar, ularda ishchi a’zo asos bilan birgalikda mashinaning umumiy asosiga nisbatan buriladi. Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga bо‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bо‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli gusenitsalik va qadamlovchi turlarga bо‘linadi. Normal iqlim sharoitiga va yukori unumdorlikka ega bо‘lgan karyerlarda ochish ishlari uchun kо‘p chо‘michli rotorli ekskvavatorlar va draglaynlarni qо‘llab yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Vaqt qisqa bо‘lganida, ya’ni qazib oluvchi mashina va uskunalar qisqa vaqt davomida ishlaganida – ochish ishlarida chо‘michi hajmi katta bо‘lgan sidirg‘ich (skreper) lardan foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Karyer unumdorligi kam bо‘lgan yoki mavsumiy sharoitlarda yoz paytlarida buldozerlardan, chо‘michi sig‘imi kam bо‘lgan sidirg‘ichlar va minorali ekskavatorlarni qо‘llash mumkin. Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – mexanik kurak, yuklagichlar va chо‘michi hajmi katta bо‘lgan draglaynlarni qо‘llash mumkin. Konchilikda qо‘llaniladigan barcha mashinalar ishlash prinsipiga qarab: uzluksiz ishlovchi mashinalar (kо‘p chо‘michli rotorli va zanjirli ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar, kombaynlar); davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, g‘ildirakli va gusenitsali yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar, buldozerlar va sidirg‘ichlar) ga bо‘linadi. Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bо‘linadi: Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va qazish joyining о‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va kо‘p chо‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va burozaryadli kombaynlarni olish mumkin. Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va chо‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida kо‘rsatilgan masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bо‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin. Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘ jinsini iqtisodiy jihatdan samarali bо‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib g‘ildirakli yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling