Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

Qanday parvarishlanadi? 
Kefalogematomaga chalingan kichkintoyni olti oygacha chayqatish, tebratish, silkitish mumkin 
emas. Kichkintoy uchun imkon qadar tinch muhit yaratishga harakat qilish, hotirjamligini 
ta`minlash lozim. Zarurat tug`ilganida shifokor dori-darmon vositalari va turli vitaminlarni 
tayInlashi mumkin. Xususan qon ivuvchanligini yaxshilash maqsadida K vitaminini tavsiya 
qiladi. 
So`rilib ketadimi? 
Avvaliga kefalogematoma aniqlangan go`daklar shifokor nazorati ostida kuzatiladi. 80 foiz 
hollarda gematoma 10-14 kundan so`ng o`z-o`zidan so`rilib ketishi aniqlangan. To`plangan qon 
miqdori oz bo`lsa, maxsus davo choralarini ko`rish shart emas. Biroq, albatta, shifokor nazorati 
ostida shishining holati kuzatib boriladi. 
Agar gematomaning diametri 8 sm.dan katta bo`lsa, shifokor tomonidan punksiya usuliga 
murojaat etish tavsiya qilinishi mumkin. Ya`ni gematomaning devori maxsus igna yordamida 
teshilib, ichidagi qon so`rib olinadi va qattiq qilib bog`lab qo`yiladi. Amaliyotga bola 10 kunlik 
bo`lganidan keyin murojaat etish lozim. Punksiya amaliyotidan so`ng go`dak pediatR va bolalar 
xirurgi nazorati ostida bo`lishi darkor. 
Jarrohlik amaliyoti qachon o`tkaziladi? 
Agar gematoma uzoq vaqt davomida so`rilib ketmasa, suyak pardasida qotish jarayonlari 
boshlanadi. Ossifikasiya (qotish) natijasida bosh suyagining shakli o`zgarishi mumkin. Bunday 
hollarda shifokorlar jarrohlik amaliyotini o`tkazishni tavsiya etadilar. 
Shuningdek kefalogematomaning yiringlashi ham jarrohga murojaat qilishga etarli asos 
hisoblanadi. O`tkazilgan operasiyadan so`ng bolaning salomatligi bir yil davomida mutaxassilar 
tomonidan kuzatib boriladi. 
Asoratlaridan ehtiyot bo`ling 
 
Kefalogematoma paydo bo`lganda ko`p qon yo`qotilishi natijasida anemiya, qonda 
gemoglobin miqdorining kamayishi yuzaga kelishi mumkin. 
 
Agar gematomaning dimetri katta bo`lsa, ichidagi qon atrofdagi to`qimalarga singib, 
tanaga bilirubin moddasini tarqatadi. Natijada kichkintoyda sariqlik yuzaga keladi. Biroq 
bu sariqlik go`daklarda uchraydigan fiziologik (10 kun ichida o`tib ketuvchi) sariqlikdan 
farqli ravishda uzoqroq davom etishi mumkin. 
 
Gematomaning yiringlashi. Qontalash hudud virus va infeksiyalarning rivojlanishi uchun 
qulay muhit hisoblanadi. Agar kefalogematomaga infeksiya tushsa gazak ola boshlaydi. 
Bunda terining yuzasi qizarib, harorat ko`ratariladi. 
 
Ossifikasiya (gematomaning qotishi). O`z vaqtida aniqlanib davo choralari 
ko`rilmaganda kefanogematoma qotib, jarrohlik aralashuviga olib keladi. 

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling