Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping
Zotiljam. Krupoz zotiljam va sil kasalligini orasida taqqoslama diagnostika
Download 2.4 Mb. Pdf ko'rish
|
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар
3. Zotiljam. Krupoz zotiljam va sil kasalligini orasida taqqoslama diagnostika.
J: Krupoz pnevmoniya, ya’ni pnevmoniya kasalligi o‘pkaning butun bo‘lagi yoki ayrim segmentlariga yoyiluvchi o‘tkir o‘pka yallig‘lanishidir. Krupoz pnevmoniya shu qadar to‘satdan boshlanadiki, bemor og‘rib qolgan kuni ning o‘zini emas, balki soatini ham biladi. Ekssudativ plevrit esa asta-sekin avj olib boradi. Avvaliga nafas vaqtida ko‘krak qafasida og‘riq turib, quruq yo‘tal paydo bo‘ladi, sal isitma chiqib, ko‘tarila boshlaydi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar o‘rniga esa astasekin hansirash paydo bo‘ladi. Kasallikning zimdan boshlanib, uzoq vaqt davomida zo‘rayib borishi o‘pka raki va sili uchun xarakterlidir. Sil surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, o‘pka, turli a’zo va to‘qimalarda o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo bo‘lishi bilan kechadigan kasallik. Sil kasalligining eng ko‘p uchraydigan alomatlaridan biri yo‘tal hisoblanadi. U quruq yoki balg‘amli bo‘lishi mumkin. Yo‘talning kelib chiqishiga yallig‘lanish jarayoni, nafas yo‘llarida shilliq modda, yiring va qon to‘planib qolishi, kattalashgan limfa tugunlarining bronxlarni bosishi hamda ko‘ks oralig‘idagi a’zolarning siljishi sabab bo‘ladi. Bu orada halqum, hiqildoq, kekirdak, bronx shilliq qavatidagi va ayrim hollarda plevradagi nerv uchlarining qitiqlanishi uzunchoq miyaning tegishli markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lishi va yo‘tal refeksiga sabab bo‘ladi. Sil kasalligida qon tufash yoki o‘pkadan qon oqish hollari kuzatilishi mumkin. Qon tufash infiltratli sil yoki faollashgan o‘choqli va disseminatsiyali sil kasalligi bor bemorlarda uchraydi. O‘pkadan qon ketganda bir choy qoshiqdan bir necha yuz millilitrgacha toza qon ajralishi mumkin. Qon ketish aksariyat hollarda kasallikning destruktiv turida, ayniqsa, surunkali 3) transplatsentar yo‘l – ona qorinda yo‘ldosh orqali sil mikobakteriyalari qog‘onoq suvlariga o‘tadi;4) emizganda sut orqali;5) shikastlangan teri orqali yuqadi (patalogoanatomlarda, sut sog‘uvchilarda, laboratoriya xodimlarida);6) kontakt yo‘li bilan (idishtovoqlar o‘rtada bo‘lganda). «Birlamchi sil kompleksi» o‘smirlik davrida uchraydi. O‘pka to‘qimasiga tushgan Koh batsilasi «birlamchi o‘choqni» keltirib chiqaradi. Birlamchi o‘choqdan sil mikobakteriyalari regionar limfa tugunlariga tushib, limfangit rivojlanadi. Birlamchi o‘choq va limfangit birlamchi sil kompleksini tashkil qiladi. Organizm yaxshi qarshilik ko‘rsatsa, birlamchi kompleks ohaklanib qoladi. O‘pka silida kompleks davo qo‘llaniladi. Ovqat bekam-u ko‘st, baquvvat, oqsilga va vitaminlarga boy bo‘lishi, kuniga 4–5 mahal ovqatlanish, ko‘p miqdorda sutli mahsulotlar va qimiz ichish kerak. Ochiq havoda ko‘proq sayr qilish o‘pka ventilatsiyasini yaxshilaydi. Gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, bu muolajalar hamshiralar nazoratida o‘tkaziladi. Nafas badantarbiyasi tayinlanadi. Sil bo‘lgan bemorini davolashda davolashdan oldingi balg‘am tahlili natijalariga, avval qo‘llanilgan silga qarshi davolash kursiga va kasallikning og‘irlik holatiga asosan shifokor tanlaydi.Davolash davomiyligi 1 yilgacha borilganda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Quyidagi preparatlar buyuriladi: izoniazid (0,3 g), rifampitsin (0,15 g), pirazinamid (0,3 g) va etambutol (0,4 g), ularning dozalari shifokor tomonidan bemor holatiga, vazniga va og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Davolash birdaniga 4 ta preparat bilan boshlanib, tekshiruv natijalariga qarab yil davomida kamaytirilib boriladi. Sil jarayoni so‘nib turganda tuberkulin bilan 2–4 oy mobaynida davo qilinadi, t/o yoki elektroforez yo‘li bilan yuboriladi. Davoni oxirigacha yetkazish uchun bemorlar 2–4 oy davomida sil sanatoriylarida davolanadi, asosiy terapiya kursini davom ettirish uchun u yerda ambulatoriyaga o‘tkaziladi va 9 oydan 2 yilgacha davolanadi. O‘pkadan qon ketganda bemorga o‘rindan turmay yotish rejimi buyuriladi. Yeb ichish cheklanadi. Issiq ovqat, qaynoq choy berilmaydi. Venadan 5% – 100 ml aminokapron kislota tomchilab yuboriladi. Venadan 10% – 10 ml kalsiy xlorid eritmasi yuboriladi.Kollapsoterapiya va xirurgik yo‘l bilan davolash. O‘pka kollapsi – o‘pka to‘qimasining tarangligini susaytirib, hajmini kichraytirishdan iborat (plevra bo‘shlig‘iga havo yuborish). Bu usul o‘pkadan qon ketganda, bir o‘pka zararlanganda buyuriladi. PERXEZ STOL-11 STOL QO’LLANILADI. Download 2.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling