Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping
Oksigenoterapiya qaysi kasalliklarda qo‘llaniladi? Oksigenoterapiya qo’llash texnikasi
Download 2.4 Mb. Pdf ko'rish
|
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60. Yatrogeniya haqida tushuncha. Yatrogeniya turlari. So’zli va so’zsiz yatrogeniya nima J
59. Oksigenoterapiya qaysi kasalliklarda qo‘llaniladi? Oksigenoterapiya qo’llash texnikasi
haqida ma`lumot bering. J: Kislorod bilan davolash, ksigenoterapiya — kisloroddan davo maqsadida foydalanish. Konda va toʻqimalarda kislorod yetishmasligi (qarang Gipoksiya, Gipoksemiya) bilan kechadigan nafas va qon aylanish sistemasi kasalliklari (bronxial astma, zotiljam, yurak porogi, astmasi xuruji va boshqalar)da, kamkrnlik, balandlik kasalligi, turli zaharlanishlar, shuningdek, xirurgik operatsiyalardan keyin Kislorod bilan davolash d. tavsiya etiladi. Kasalxona sharoitida kisloroddan nafas olish uchun moʻljallangan kislorod ingalyator va palatkalardan foydalaniladi. Kislorodni plevra, qorin boʻshligʻi va meʼda-ichak yoʻliga kiritish usullari ham bor (kislorodli vannalar). Kislorod bilan davolash d. koʻpincha ingalyasiya yoʻli bilan amalga oshiriladi. Turli yoʻllar bilan kiritilgan kislorod organizmda kislorod tansiqligini toʻldiribgina qolmay, uning barcha xayotiy funksiyalarini barqarorlashtiradi va qarshilik kuchini oshiradi. Tibbiyot amaliyotida, ayniqsa, gijjani tushirishda giperbarik oksigenatsiya (qarang Baroterapiya) juda qoʻl keladi. Uy sharoitida Kislorod bilan davolash d. da kislorod yostiqdan foydalaniladi. 60. Yatrogeniya haqida tushuncha. Yatrogeniya turlari. So’zli va so’zsiz yatrogeniya nima? J: Yatrogeniya- (jatros -vrach, genesis- vujudga keltirmoq), bu vrachning yoki tibbiyot xamshiralarining noshud suxbati, nojo’ya xatti-xarakatlari, bilimsizligi yoki, bir so’z bilan aytganda, shifokorlarning aybi tufayli bemorda yangi kasalliklar paydo bo’lishidir. Buyuk alloma Buqrotning "bemorga eng avvalo zarar keltirma" degan naqlini yodda tutish zarur. Yatrogen kasallik bugungi tibbiyot amaliyotida bemorlar orasida 10 foizni tashkil etadi. Diagnostika va davolashning yangi va ilg’or usullari (yani “agressiv meditsina”), ilgari aniqlanmagan, yatrogen patologiya deb atalmish xolatlarni keltirib chiqardi. Bu - tibbiy aralashuvning yomon oqibatlari, ayniqsa noto’g’ri diagnoz asosida o’lim sodir bo’lish xollaridir. Misol: taxmin qilingan kasallik chiqmay, operassiyaning o’lim bilan tugashi, boshqa mos kelmaydigan gurux qon quyish natijasida o’lim sodir bo’lishi, kuchli ta'sir ko’rsatuvchi dori- darmonlardan noto’g’ri foydalanish, dori-darmonlar ta'sirida xatto o’limga olib keladigan allergik xolatlar, o’mrov osti venalariga asossiz va noto’gri o’rnatilgan naycha oqibatida o’lim sodir bo’lishi, turli diagnostik (endoskopiya, laporoskopiya, angiografiya va x.k. va profilaktik emlashlar oqibatida o’lim sodir bo’lishi va x.k.). Ilgari bunday xollarning xammasi asosiy kasallikning asoratlari yoki davolashning asoratlari deb qaralardi. Barcha yatrogeniyalarni quyidagi rubrikalarga taqsimlash mumkin. 1. Dori-darmonlar natijasidagi yatrogeniyalar; 2. Diagnostik - asbob-uskunali yatrogeniyalar; 3. Xirurgik yatrogeniyalar; 4. Narkoz – og’riqsizlantirish yatrogeniyalari; 5. Buzuq texnik asboblardan foydalanish oqibatida vujudga keladigan yatrogeniyalar; 6. Transfuzion - infuzion yatrogeniyalar; 7. Septik yatrogeniyalar; Mavjud qon tezroq aylanishi va qon tomirlari bo'shlig'idagi hajm (va bosim) yo'qolishini qoplash uchun etarli darajada qon bosimini oshirish uchun yurak tezligi oshadi. Bu nuqtada, o'lchanadigan qon bosimi ko'pincha juda oz o'zgaradi. Download 2.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling