Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping
Download 2.4 Mb. Pdf ko'rish
|
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар
Diet STOL №2- surunkali gastrit, o'tkir gastrit, enterit va kolit, hr. enterokolit 9. Gastroenterokolit. Gastroenterokolit va appenditsit kasalligini orasida taqqoslama diagnostika. J: Gastroentokolit meda va ichaklarning yalliglanishidir. Xronik enterit—ingichka ichakning, kolit esa yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishi. Ular, ayniqsa kolitlar, hazm sistemasining ko‘p uchraydigan patologiyasidir. Ingichka ichakdagi yallig‘lanish jarayonlarini yo‘g‘on ichakdagi shunday jarayonlardan qat’iy chegaralab qo‘yishga urinish hamisha o‘zini oqlayvermaydi, chunki jarayon xronik kechayotganda unga hamma ichaklar ozmi-ko‘pmi darajada albatta tortiladi. Organizm og‘ir metallar,ishqorlar, spirt bilan zaharlanishi, kasallik qo‘zg‘atuvchi virus va bakteriyalar ta’siri, ovqatlanish rejimining buzilishi, ovqatdan yoki doridan yuzaga keladigan allergiya va boshqalar sabab bo‘ladi. Ko‘pincha, bakteriyalardan zaharlanish natijasida ro‘y beradi. Me’da shirasi tarkibida kislota miqdorining kamayishi,organizmda vitaminlar yetishmasligi, jismonan zo‘riqish kabi omillar gastroenterokolitga sabab bo‘ladi Klinikasi. Kasallik to‘satdan boshlanadi, bemorning ko‘ngli aynib, to‘xtovsiz qayd qiladi, ichi ketadi,qorin og‘rib quldiraydi, ishtahasi yo‘qoladi. Ba’zan organizmning zaharlanish belgilari ham qo‘shiladi: boshi og‘rib, harorati ko‘tariladi, og‘irroq kechganda yurak-tomir faoliyati buziladi, jigar va taloq kattalashadi, quvvatsizlik, hushdan ketish hollari kuzatiladi. O‘tkir gastroenterokolit to‘la- to‘kis davolanmasa, xronik tus olib gastrit,kolit kabi asoratlar qoldirishi mumkin. O‘tkir gastritning ilk bor simptomlari paydo bo‘lishi bilan darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: —kasallik qo‘zigan davrda bemorni kasalxonaga yotqizish; —parhez bilan davolashga katta ahamiyat berish; —dori-darmonlar bilan davolashda: antibakterial preparatlar, hazm fermentlari, vitaminlar qo‘llash; —fizioterapevtik muolajalar o‘tkazish; —dispanser kuzatuvida bo‘lish lozim. Download 2.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling