Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


Buyrak-tosh kasalligida shoshilinch yordam. Buyrak-tosh kasalligining klinik ko`rinishini


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

 
84. Buyrak-tosh kasalligida shoshilinch yordam. Buyrak-tosh kasalligining klinik ko`rinishini 
aytib bering. 
J: 
Buyrak-tosh kasalligi peshob ajratish (konsentratsion) faoliyatining buzilib, siydikning miqdor 
va sifat jihatidan o‘zgarishi oqibatida buyrak kosa-jom tizimida toshlar paydo bo‘ladigan 
surunkali xastalikdir. Bu o‘zgarishlar organizmdagi umumiy modda almashinuvining buzilishi 
bilan ham bog‘liq. 
Haddan ziyod ko‘p ovqatlanish (ayniqsa, go‘shtli mahsulotlar) natijasida oqsil parchalanishining 
kuchayishi tanadagi ana shu modda almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ya’ni, kasallik 
tufayli buyraklarning kosa-
jom tizimi va siydik yo‘llariga to‘planib qolgan tuzdan tosh paydo 
bo‘ladi. 
Buyrak-tosh kasalligi sabablari 
Buyrak-
tosh kasalligi sabablari to‘laligicha aniqlanmagan. Biroq tanada moddalar almashinuvi 
buzilishi eng asosiy sabablardan. Shuningdek, buyrak va siydik yo‘llaridagi infeksion 
yallig‘lanish tufayli yuzaga keladigan peshob ajratish (urodinamika) tizimining buzilishi ham 
kasallikni kuchaytirib yuboradi. 
Buyrak-tosh kasalligi belgilari 
Eng avvalo, siydik achishib, og‘riqli keladi va peshob xiralashadi. Siydik yo‘lida tosh yig‘ilishi 
natijasida to‘siq paydo bo‘lib, buyrak sanchig‘ini yuzaga keltiradi. Sanchiq esa xuruj 
darajasigacha borishi mumkin. Belda hosil bo‘lgan og‘riq chov sohasi bo‘ylab qovuqqa tomon 
tortib, kuchayadi. Xuruj vaqtida va undan keyin siydik qon aralash tusga kiradi. Kasallikda 
ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtaha pasayishi, uyqu va boshqa ruhiy buzilish kabi belgilar ham 
kuzatilishi mumkin. Bunday bemorlar, albatta, urolog va nefrolog mutaxassislarga murojaat 
qilishi lozim. Kasallikka laborator va maxsus asboblar yordamida tekshirish asosida aniq tashxis 
qo‘yiladi. 
Kasallikni davolash 
Bu kasallikni davolash asosan, organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishini 
muvofiqlashtirish, buyrak va siydik yo‘llarida peshob harakatini ravonlashtirishdan iborat. 
Shuningdek, siydik yo‘llaridagi infeksiyaga qarshi kurashiladi. 


mavjud bo’lganda kataral alomatlar kuzatilishi mumkin: to’mov, tomoq og’rig’i, ko’zlar 
yoshlanishi va hokazo. 

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling