Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


Virusli gepatitlar, klassifikatsiyasi, profilaktikasini gapirib bering. Virusli gepatit B


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

80. Virusli gepatitlar, klassifikatsiyasi, profilaktikasini gapirib bering. Virusli gepatit B 
vaksinatsiyasi tartibini aytib bering. 
Virusli gepatit – о‘tkir yuqumli kasallik. U jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya 
belgilari, teri va shilliq qavatlarning sarg‘ayishi, peshobning tо‘q sariq yoki «pivo»ga о‘xshash, 
najasning oqimtir tusga (gilvatarangiga) kirishi, jigar, ba’zan taloqning ham kattalashishi bilan 
ifodalanadi. 
Bir-biriga о‘xshash olti xil virsli gepatit bо‘lib, bular A, V, S, D, E, G viruslari qо‘zg‘atadigan 
kasalliklardir. 
Yuqishiga qarab, og‘iz orqali (A, YE) va parenteral yо‘l bilan yuqadigan (V, S, D, G) xillarga 
ajratiladi. 
A va YE virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shu bois axlat, suv, 
oziq ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli 
hisoblanadi. 
Parenteral yо‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlar shprits, igna va boshqa tibbiy asboblarni yetarli 
zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek, qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy 
muolajalar (ginekologik, stomatologik) vaqtida yuqishi mumkin. 
Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan xarakterlanadi. Uning yashirin, boshlang‘ich, avjolgan, 
orqaga qaytish va sog‘ayish davrlari ajratiladi. 
Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va YE virusli gepatitlarda 7 kundan 60 
kungacha, parenteral yо‘l bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan b oygacha, ba’zan 1 yilgacha davom 
etishi mumkin. 
Virusli gepatitlar yengil, о‘rta va og‘ir, shuningdek, asoratsiz va asoratli, о‘tkir, surunkali hamda 
vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi. 
Homilador ayollar va bolalarda kasallik og‘irroq kechadi. 
Virusli gepatitlarning shakli-shamoyili turlicha: grippga о‘xshash, dispeptik, astenovegetativ, 
artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). 
Kasallik grippga о‘xshab boshlanganda bemor tо‘satdan qaltiraydi, eti uvishadi, boshi og‘riydi, 
harorati kо‘tariladi, a’zoyi badani qaqshaydi, yо‘taladi va h. k. 
Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor kо‘ngli aynib qusadi, me’da sohasida biroz og‘riq 
bо‘ladi, ba’zan ichi ketadi, madori qurib, ishtahasi pasayadi, о‘ng qovurg‘asi ostida og‘riq paydo 
bо‘ladi. 
Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, og‘riydi, kо‘p terlaydi, 
о‘ta injiq, yig‘loqi bо‘lib qoladi. 
Virusli gepatitlarning boshlang‘ich davri qanday sindrom bilan kechishidan qat’i nazar, shu 
kasallikka xos 3 xil belgi kuzatiladi: 
1) siydikning pivo rangida bо‘lishi; 
2) axlat rangining oqarishi; 
3) kо‘pchilik (deyarli 90 %) hollarda jigarning kattalashishi. 
Kasallikning «sariqlik davri» ham о‘ziga xos tarzda kechadi. Kо‘z oqi sarg‘ayishi bilan virusli 
gepatitning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sarg‘ayishi bilan uning ahvoli ancha 


taʼsirida tezda oʼladi. Kasallik, asosan, bemordan (oqadi, u butun kasallik davomida va, hatto, sogʼayib 
ketganidan keyin ham bir qancha vaqtgacha atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi.
Bemor yoʼtalganda, aksirganda, soʼzlashganda difteriya mikroblari soʼlak, shilimshiq, balgʼam tomchlari 
bilan havoga chiqadi. Sogʼlom odam shunday havodan nafas olganida unga kasallik (oqadi. Bakteriya 
tashuvchi kishi ham kasallik manbai boʼlishi mumkin. Difteriya tayoqchasi, koʼpincha, burun-halqum, 
tomoq va yuqori nafas yoʼllari (hiqildoq, traxeyani) zararlantiradi. Bakteriya tayoqchasi shilliq pardaga 
oʼrnashib oladi va oʼzidan toksin (zahar) ajratadi, u qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. 
Difteriya toksini shilliq pardani yalligʼlantirib, unda zich parda – karash hosil qiladi.
Difteriya tayoqchasining oʼrnashgan joyiga va koʼpayishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, koʼz, tashqi 
jinsiy aʼzolar va teri difteriyasi kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-10 kun. Tomoq difteriyasi 
holsizlanish va haroratning koʼtarilishi (38-39°) bilan boshlanadi. Tomoq ogʼrib jagʼ osti limfa tugunlari 
shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan 
qoplanadi. Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi; har
orat 40° tana 
koʼtariladi, yutinganda tomoq qattiq ogʼriydi, bemor qayta-qayta qusadi.
Umuman, darmonsizlanadi, boʼshashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jagʼ osti limfa tugunlari 
sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u boʼyniga, baʼzan koʼkrak qafasiga tarqaladi. Tomoq shishi 
difteriyaning ilk belgisi boʼlib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay toʼqimalari bir-biriga deyarli jips 
yopshadi. Pardali karash tanglay, burun-
halquni qoplab olib, bemor xirillab nafas olishga majbur boʼladi, 
ogʼzini sal ochib yuradi, keyinroq burundan koʼp shilimshiq keladi. 
Burun difteriyasi uzoq davom etadigan tumov bilan kechadi, koʼpincha, burunning bir tomoni bitib, qon 
aralas
h shilimshiq keladi. Jarayon sust kechib, uzoqqa choʼzilganida bir talay bakteriya tayoqchalari 
chiqib, tevarak atrofdagilarga jiddiy xavf tushiradi. 
Hiqildoq difteriyasi, asosan, goʼdak bolalarda uchraydi; bola xirillab yoʼtaladi, ovozi boʼgʼiladi, nafas olishi 
qiyinlashadi, hiqildoq shishadi, ovoz boylamlari tortishadi (spazm). Bu kasallikka boshqa kasalliklar 
(qizamiq, skarlatina) qoʼshilgandi kasallik, ayniqsa, ogʼir oʼtadi. Difteriya toksini koʼpchilik aʼzolarga taʼsir 
etib, ogʼir asoratlar – buyrak, yurak (q. Miokardit), nervlar (q. Polinevrit)ning zararlanishiga olib keladi. 
Аksari oʼpka yalligʼlanishi – zotiljam kuzatiladi. 
Davosi. Difteriyaga qarshi zardob yuborish yaxshi naf beradi, chunki zardob difteriya tosinini 
zararsizlantiradi. 
Oldini olish. 
Difteriya bilan ogʼrigan bemorni oʼz vaqtida kasalxonaga yotqizish kerak. Oʼzbekistonda 
hamma sogʼlom bolalar majburiy tartibda 2 oylikdan tortib 12 yoshgacha emlanadi. Bolalar muassasalari 
yoki oziq-
ovqat korxonalarida ishlaydigan xodimlarning tomogʼidan va burnidan shilimshiq olib, 
bakteriologik tekshiruvdan oʼtkaziladi. Yasli, bogʼchaga kanaydigan bolalar ham shu usulda tekshiriladi.
Bakteriya tashuvchilar bolalar muassasalariga ishga koʼyilmaydi va bakteriya tashuvchilikka ikki marta 
tekshiruvdan oʼtib yaxshi natija olingandan keyingina ishga qaytadan ruxsat beriladi. Sof havoda boʼlish, 
xonani yaxshilab shamollatib turish, shifokor koʼrsatmasiga muvofiq dorilar qabul qilish bakteriya 
tshuvchilikni tezroq bartaraf etishga yordam beradi. Bola angina 
boʼlganda darhol shifokorga koʼrsatish 
zarur. Аks holda, difteriyani payqamay zardob yuborish vaqtini oʼtkazib yuborib, bola hayotini xavf ostida 
qoldirish mumkin. 

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling