Oliy nerv faoliyati. Reja
e) mo’ljal shartsiz reflekslar
Download 31.73 Kb.
|
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot davomida orttirilgan faoliyatlar. Shartli reflekslar.
e) mo’ljal shartsiz reflekslar, ya’ni yangi sharoitda harakat natijasida hosil bo’luvchi harakatlar. I.P.Pavlov bu reflekslarni «bu nima» refleksi deb, uning mohiyati yangi narsa va hodisalarni anglashga qaratilgan deb izoh bergan edi.
Retseptorlarning joylashuviga qarab eksteroretseptiv, iiteroretseptiv va proprioretseptiv shartsiz reflekslar farqlanadi. Eksteroretseptiv reflekslarning retseptorlari tananing sathida, iiteroretseptiv reflekslarning retseptorlari ichki a’zolarda va proprioretseptiv reflekslarning retseptorlari muskul va paylarda joylashgan. Undan tashqari, shartsiz reflekslar o’zining fiziologik tasnifiga qarab holat reflekslari (tananing fazodagi holatini ushlab turuvchi); adaptatsiya reflekslari (moslanish, himoya, mo’ljalni ta’minlaydi); vistseral reflekslari (gomeostaz, nafas olish va ayirish, yurak-tomir tizimi shpini, siydik va ter ajralishini ta’minlaydi) va boshqa reflekslarga bo’linadi. Instinkt. Instinkt bu tug’ma reflekslarning murakkab zanjiri- tug’ma kompleks xatti-harakatlar bo’lib, odam va hayvonni tashqi va ichki sharoitlarga tubdan moslaydi. Instinkt bilan tug’ma refleks o’rtasida unchalik katta farq bo’lmaydi. Ko’pincha instinkt harakatlar stereotipi avtomatik holda amalga oshiriladi. Instinkt harakatlari irsiy bo’lib, ular orasida ovqatlanish, jinsiy, himoya, ota-onalik va boshqa instinktiv harakatlarni ajratish mumkin. Ontogenez davomida yashash sharoitining o’zgarishi instinktiv reaksiyalarning o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Ovqatlanish instinktining markazi gipotalamus va talamusning yadrolarida joylashgan. O’z-o’ziini himoya qilishga javobgar instinktiv harakatlar markazi gipotalamus va bazal gangliyalarda joylashgan. Jinsiy instinktning markazi ham gipotalamusdadir. Hissiyotlar ham instinkt hisoblanib, sezgi, his- tuyg’ularning bir belgisi sifatida namoyon bo’ladi va ularning markazi limbik tizimda va bosh miya sopida joylashgan. Hayot davomida orttirilgan faoliyatlar. Shartli reflekslar. Organizmning ehtiyojlari turli sharoitda turlicha bo’ladi, o’sish va rivojlanish jarayonida ham o’zgarib turadi. Ehtiyojlarga muvofiq ravishda odamda fe’l-atvor o’zgaradi, natijada organizm hamda tabiiy va ijtimoiy muhit o’rtasida dinamik muvozanat paydo bo’ladi. Hayot davomida o’zgarib turadigan, turli ijtimoiy va tabiiy muhitga moslashishini talab etadigan xulq—atvordagi harakatlar- orttirilgan harakatlar bo’lib, ular, asosan, shartli reflekslarning turli ko’rinishida namoyon bo’ladi. Download 31.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling