Oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxssis bo’lishlari uchun nazariy bilim olish bilan birga amaliy bilimlarni ham o’zlashtirishlari kerak


-mavzu. Korxona moliyaviy natijalarining tahlili


Download 50.18 Kb.
bet12/13
Sana08.03.2023
Hajmi50.18 Kb.
#1251093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
HISOBOT

12-mavzu. Korxona moliyaviy natijalarining tahlili
Hisobot buxgalteriya hisobining natijasi bo‘lib, sube’ktning moliyaviy bo‘g‘indagi o‘zgarishlarini aniqlab beradi.8
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi:
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish uchun;
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish.
Moliyaviy hisobotning tarkibi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi va 1-son BHMSning 12-bandida ko‘rsatilgan.
Xo‘jalik subyektlarining (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) yillik moliyaviy hisobotlari quyidagilardan tashkil topadi:
- «Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
- «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl);
- «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl);
- «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakl);
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak:
Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;

  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;

  2. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;

  3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o‘z ichiga olishi;

Topshirilgan hisobot ahborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;

  1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;

  2. Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.



Download 50.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling