Oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar yuqori malakali mutaxssis bo’lishlari uchun nazariy bilim olish bilan birga amaliy bilimlarni ham o’zlashtirishlari kerak
-mavzu. Moliyaviy qo’yilmalar hisobi
Download 50.18 Kb.
|
HISOBOT
6-mavzu. Moliyaviy qo’yilmalar hisobi.
Ustav kapitali – xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘lar manbai, uning boshqarilish jarayonida har bir a’zoning hissasi va xususiy kapitalini oshirish maqsadida kiritilgan mablag‘lari hamda o‘z kreditorlarini, ta’sischilarining qiziquvchanligini kafolatlovchi mablag‘lar manbaidir. Ustav kapitali hisobini tashkil etish va uni yuritish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi hamda hisobga olinadi. Ustav kapitalining holati va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: Ustav kapitali harakatining buxgalteriya hisobi 13-jurnal orderda yuritalidi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ustav kapitalining analitik hisobi ishtirokchilar (ta’sischilar) bo‘yicha kartochkalar yoki vedomostlarda yuritiladi. 8310-“Oddiy aksiyalar” - schyoti oddiy aksiyalarning qiymatini qo‘shilgan holdagi aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umulashtirish uchun mo‘ljallangan. 8320-“Imtiyozli aksiyalar”- schyoti imtiyozli aksiya ko‘rinishida chiqarilgan hissadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Aksiyalar 8310-“Oddiy aksiyalar” va 8320-“Imtiyozli aksiyalar” schyotlarda aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 8330- “Pay va ulushlar” - schyoti o‘zida mulk egasining kapitali yoki korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini mujassamlashtiradigan korxonaning ustav kapitalini holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Aksiyadorlik jamiyatlari ikki turdagi: oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarishi mumkin. Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizidan oshmasligi kerak.3 Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Download 50.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling