7-mavzu. Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish..
Odatda xarajat deganda is’temol qilingan resurslar yoki tovarlar va xizmatlar uchun to’lash lozim bo’lgan pul tushuniladi. Boshqarish uchun menejerlarga shunchaki xarajatlar emas, balki biror narsaga (mahsulotga, uning turkumiga xizmatga) chiqimlar to’g’risidagi, ya’ni xarajatlar hisobi ob’ektiga “ chiqilar to’g’risidagi axborot zarur.
Maxsulot tannarxi - maxsulot, ishlab chiqarish, ish va xizmatlar xarajatlar
xisobini yuritishning puldagi ifodasidir.
Bizning korxonada mahsulot tannari buxgalteriya xisobi milliy andozalarining “Tovar moddiy zaxiralari”deb nomlangan 4-sonli BXMS asosida olib boriladi . Tannarx deb esa quyidagicha tarif keltiriladi:
Tashkilotning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovarmoddiy zahiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi.
Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Xarajatlar xisobini to’g’ri va oqilona tashkil etish , va eng avvalo,
moliya-xo’jalik faoliyatini xisobini yuritishni tashkil etish me’yoriy usuli deb
atalgan usulni joriy etish korxonalar uchun eng muhim muammolardan
biridir.
Tannarxni turlari bo`yicha hisoblash tartibi.
Bevosita xarajatlar mahsulotning aniq turi talabidan hosil bo’ladi. Ularni dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga asoslanib sarflangan paytida mahsulotning ma’lum turiga qo’shish mumkin. Bunga xom ashyo materiallart, sarfi ishlab chiqarish bilan band bo’lgan ishchilarning ish haqi, ya’ni dastlabki xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari (asosiy mehnat, asosiy materiallar sarfi va ishlab chiqarish ustama xarjatlari) yig’iladi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’risida hsiobot va sotilgan mahsulot tannarxi to’grisida hisobot tarzida ko’rsatiladi. Bu hisobbotlar alohida tuzilishi yoki ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot tannarxi to’grisidagi hisobotga biriktirilishi mumkin. Bizning korxonada mahsulotlarimiz tannarxi ham asosan unga ketgan sarf xarajatlar va bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |