Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamiz miqyosida shaxsda ijtimoiy, ma’naviy faollikni shakllantirish va fuqarolik pozitsiyasini tarbiyalash masalalari Q.Quranboyev, O.Musurmonova, M.Maxmudova, X.M.Tojiboyeva, I.Ergashev, A.Sh.Jumayev, G.J.Tulenova, I.R.Safarbuvayeva, G‘.N.Pirnazarov, H.X.Xamzayev, S.X.Akkulovalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan bo‘lsa, o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishning shakl, metod hamda texnologiyalarini takomillashtirish muammolari Y.M.Asadov, N.Sh.Turdiyev, M.M.Vaxobov, R.J.Ishmuhamedov, N.Y.Qurbonov, Y.R.Najmiddinova, K.T.Umataliyeva, A.R.Xodjabayev, U.X.Mingboyev singari olimlarning tadqiqot ishlarida tahlil qilingan.
MDH olimlaridan M.A.Andreyeva, N.N.Bashayev, S.A.Demidova, E.Y.Shakirova, L.D.Golova, N.A.Limar, M.P.Nechayev, A.E.Avdyukova, Y.Y.Ustkachkinseva, Y.V.Mitina, Z.S.Mazir, V.G.Jurova, A.P.Myagkova, D.B.Buyanskiy, A.P.Faxretdinova, A.X.Xacharoyeva, A.S.Gayazov, V.Krisyak kabi olimlar o‘zlarining tadqiqot ishlarida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish, o‘quvchilarda shaxsiy, ijtimoiy fuqarolik va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini tadqiq etishgan.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda yoshlarning fuqarolik kompetensiyasini aniqlash va shakllantirish orqali ularning shaxs va jamiyat oldidagi burchlarini yuksaltirishga doir muammolar R.W.White, B.Hoskins; R.D.Crick, W.Hutmacher, F.E.Weinert, D.S.Rychen, L.H.Salganik, L.M.Spencer, D.C.McClelland, S.Kelner va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Jizzax davlat pedagogika universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining “Pedagogika-psixologiya fanlarini o‘qitishning istiqbolli tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy yo‘nalish doirasida bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |