Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Download 2.75 Mb.
bet6/72
Sana15.11.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1774853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Dissertatsiya.2

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik modeli va texnologiyasi takomillashtirilgan;
“ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi” mazmunini belgilovchi bandlarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Davlat va huquq asoslari” o‘quv predmeti fani o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish darajasini belgilovchi diagnostika materiallari, baholash mezonlari va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi kompetentlik va texnologik yondashuvlarga asoslangan dastlabki nazariy pozitsiyalarning uslubiy asoslanganligi, ilmiy asoslangan tadqiqot usullaridan foydalanilganligi, tadqiqot mavzusi bo‘yicha rasmiy adabiy manbalardan foydalanilganligi, avvalgi mualliflarning tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy maqolalar materiallari asosida obyektiv tahliliy xulosalari, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalariga mos keladigan pedagogik tajriba yo‘llari va usullaridan, muallifning pedagogik modeli va texnologiyadan to‘g‘ri foydalanish, miqdoriy va sifat natijalari bilan tasdiqlangan tajriba ma’lumotlarining nufuzi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati pedagogikaga doir tadqiqotlar yaratishda muhim manba bo‘lishi, shuningdek, “Davlat va huquq asoslari” o‘quv predmetini o‘qitishning oid yangicha yondashuvlar bilan boyishi, yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar orqali to‘ldirishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati pedagoglarni yangi metodakalarga o’rgatish milliy markazlarida yuqоri sinf о‘quvchilаrigа “Dаvlаt huquq аsоslаri” о‘quv prеdmеtidаn dаrs bеrаdigаn о‘qituvchilаrning malakasini oshirish jarayonlarida tajriba-sinov ishlarining xulosalaridan unumli foydalanishi mumkinligi bilan izohlanadi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling