Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti
Download 2.75 Mb.
|
Dissertatsiya.2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obyekti
- Tadqiqotning usullari.
Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” o‘quv predmeti mazmunidan foydalangan holda o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: о‘quvchilаr ijtimоiy fаоl fuqаrоlik kоmpеtеnsiyаsi mazmunini umummadaniy, metodik, tayanch, huquqiy kompetensiyalar va ijtimoiy-siyosiy faollik kompetentligining komponentlarini o‘zaro interpretatsiyalash hamda shaxsning integrativ xislatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirish; о‘quvchilаrda ijtimоiy fаоl fuqаrоlik kоmpеtеnsiyаsini rivojlantirish jarayonini dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini, baholash mezonlarining ijtimoiy ahamiyatini va fuqаrоlik kоmpеtеnsiyаsi funksiyаlаrining xususiyatlari ta’sirini anglash orqali takomillashtirish; o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini “Dаvlаt vа huquq аsоslаri” о‘quv prеdmеti mazmunini innovatsion texnologiyalar hamda interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirish; o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nuqtayi nazaridan tahlil qilish jarayonining ilmiy-metodik xulosa va tavsiyalarini tizimlilik, integratsiyaga asoslanish, qadriyatlarni anglashni nazarda tutgan holda ishlab chiqish. Tadqiqotning obyekti umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayoni. Tadqiqotning predmetini o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning mexanizmlari mazmuni, vositalari, shakl va metodlari tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot ishini olib borishda qiyosiy-tanqidiy tahlil, analiz va sintez, ijtimoiy so‘rovnoma, pedagogik eksperiment natijalarini matematik-statistik tahlil etish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi mazmuni umummadaniy, metodik, tayanch, huquqiy kompetensiyalarni va ijtimoiy-siyosiy faollik kompetentligining kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik singari komponentlarini o‘zaro gorizontal va vertikal interpretatsiyalash hamda shaxsning integrativ xislatlarini mazkur integratsiya natijalariga bog‘liq ravishda pedagogikaning insonparvarlik va ilmiylik tamoyillariga muvofiq rivojlantirish asosida takomillashtirilgan; o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini, baholashning kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ijtimoiy ahamiyatini va fuqarolik kompetensiyasi funksiyalarining integrativ xususiyatlari ta’sirini anglashga nisbatan talabalarning ta’limiy motivatsiyasini oshirish sababli ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan; o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari “Davlat va huquq asoslari” o‘quv predmeti mazmuni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik paradigmalariga muvofiqlashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga singdirishning amaliy mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan; o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyalarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga nisbatan metodik jihatdan tatbiq etish hamda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning amaliy mexanizmlarini real ta’limiy sharoitda didaktik jihatdan qo‘llash mexanizmlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling