Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 2.75 Mb.
|
Dissertatsiya.2
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
umummadaniy, metodik, tayanch, huquqiy kompetensiyalarni va ijtimoiy-siyosiy faollik kompetentligining kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik singari komponentlarini o‘zaro gorizontal va vertikal interpretatsiyalash hamda shaxsning integrativ xislatlarini mazkur integratsiya natijalariga bog‘liq ravishda pedagogikaning insonparvarlik va ilmiylik tamoyillariga muvofiq rivojlantirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi mazmuniga oid takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-martdagi 02-07-989/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish modeli, shaxsning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi funksiyalari ularni baholash mezonlari konseptual va indikativ vositalar asosida takomillashtirilgan; dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini, baholashning kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ijtimoiy ahamiyatini va fuqarolik kompetensiyasi funksiyalarining integrativ xususiyatlari ta’sirini anglashga nisbatan talabalarning ta’limiy motivatsiyasini oshirish sababli ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoniga oid takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-martdagi 02-07-989/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining tarkibiy tuzilishi va mazmunini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan, o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayoniga metodik sharoit yaratilgan; “Davlat va huquq asoslari” o‘quv predmeti mazmuni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik paradigmalariga muvofiqlashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga singdirishning amaliy mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlariga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-martdagi 02-07-989/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi ortgan. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling