Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Tarix yo’nalishi 22. 72 -guruh talabasi Toshmatov Hasanboyning


Download 154.49 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi154.49 Kb.
#1523045
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hasanboy(o\'zbekiston tarixi)



O’zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Tarix yo’nalishi 22.72 -guruh talabasi
Toshmatov Hasanboyning
O’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan
R e f e r a t i
Topshirdi: Toshmatov Hasanboy
Qabul qildi: Xakimova Saida


Mavzu: Xalifalikka qarshi ko’tarilgan xalq qo’g’olonlari.
Reja:

  1. Arab xaligaligi davrida Movarounnahr.

  2. Arablar bosqiniga qarshi kurash.

  3. Arab xalifaligi davrida soliq tizimi.

1. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O’rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireney yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida, shubhasiz, eng asosiy ma’lumotlarni arab, musulmon mualliflari berib o‘tishgan. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning «Futuh al buldon» (Mamlakatlaming fath etilishi), at-Tabariyning «Tarixi rasuli va muluk» (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirishgan. Ko‘chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi. VI asming ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘- aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon - savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surardi. 0 ‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazardi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik - butparastlik urf edi (xususan, Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ulaming eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan). Shundav vaziyatda islom to’g’ri va haq yo’lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom - bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo’ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik hamda Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom «itoat», «bo’ysunish» ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg’ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o’g’li bo'lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig'i edi. Muhammad payg’ambaming ta’limotiga ergashganlarni «muslim» («musulmon»), ya’ni «itoatkorlar» deb yuritishgan. O‘z Payg’ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining g’arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar edi. U yerda Ka’ba joylashgandi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan, uni Ibrohim payg’ambar o’z o’g’li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinehi haj safarini uyushtirgan. Ka’baning iehida muqaddas tosh «Hajar-ul-asvod» o‘matilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga kelishadi. Muhammad payg4ambar (s.a.v.) muslim (musulmon)laming yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, Yaratganning o’zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko’ra taqdirlanishi, inson Yaratganga, yolg‘iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo’lib, tez orada birinehi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlanning ahvoli ulaming e’tiqodlariga ko’ra og’irlashib borgandan so’ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo’lishadi. Muhammad ham o’ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgan 622-yil 16-iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15-iyul deyiladi) o’zining eng yaqin Do’sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko’chishga majbur bo’ladi. Bu arab tilida «hijrat» deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi.Madinada Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) o’z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g'oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlashadi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632-y.), ketma-ket «Xulofoiy rashoddin» (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661-yiIgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan - Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. 0 ‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi. VII asming ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib, o‘z chegaralarini G‘arb va Sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O'rta Sharqning boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo’shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar o’z yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib borishdi. Sosoniylarning so‘nggi vakili Eron shohi Yozdigard III (632-651) arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636-y.) va Nahavand (642-y.)dagi janglarda arablar qo’- shini forslarga qaqshatqich zarba berib, Sosoniylar sulolasiga barham berishdi. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Hattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochiiari Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edilar. Arab xalifaligi VII asming boshlaridan boshlab o‘z hududlarini G‘arb va Sharq tomonga kengaytirish harakatini boshladi. Xususan, 642-yilda Nahavanddagi jangda Eron sosoniylari tor-mor etilgach, O’rta Osiyo yerlariga hujum uchun imkoniyat yaratiladi. Arablaming O’rta Osiyoga dastlabki yurishlari Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651-yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryo (Jayhun)dan shimolda joylashgan yerlai'ga «Movarounnahr», ya’ni, «daryoning ortidagi yerlar» deb nom berishadi. Narshaxiy va arab muallifi Yoqut bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambaming o’zi Movai'ounnahmi bo‘ysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga e’tiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga da’vat etgan. 652yilda arablar Balx shahrini egallashga muvaffaq bo'ladilar. O‘sha yili Amudaryodan o4ib Movarounnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ammo, Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir 652-yilda Chag'oniyonni egallashga muvaffaq bo'ladi. Bu esa ilk bor Movavounnahr yerlarini egallasn edi. 654-yilda Sug'ddagi Maymurg’ qal’asiga arablaming birinehi hujumi bo4ladi. 667-yilda arablar Chag’oniyonga qayta yurish qilib eftaliylarga kuchli zarbalar berishadi. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Manbalaming ma’lumot berishicha, Movarounnahrga yurish qilishdagi harbiy-siyosiy tayyorgarlikdan biri, xalifalikning Basra va Kufa shaharlaridan 50 ming arab oilasi ko’chirib keltirilishi va Xurosonning turli shaharlariga joylashtirilishi bo’ldi.

Download 154.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling