Oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.78 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1590415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
( Деталларнинг иш чизмаларини бажариш )1

2.2. Ish chizmalari.
Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha buyumlaming ish chizmalari
«Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi»da qayd qilingan asosiy
talablarga amal qilingan holda bajarilishi kerak.
Buyumlaming ish chizmalarini loyihalash va tuzishda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
1) standartlashtirilgan va sotib olinadigan buyumlar, ilgari ishlab
chiqarilishi o‘zlashtirilgan va hozirgi zamon texnikasi taraqqiyotiga
javob beradigan buyumlami optimal qo‘llash;
2) rezbalar, shlisalar va boshqa shunga o‘xshash konstruktiv element-
lardan, ulaming o‘lchamlaridan va qoplanishlaridan maqsadga muofiq,
chegaralangan nomenklaturada foydalanish;
3) materiallaming rusum (marka)lari va nav (sortament)laridan maq­
sadga muvofiq, chegaralangan nomenklaturada eng arzon va tanqis bo‘l-
magan materiallardan foydalanish;
4) buyumlami tayyorlashda va tamirlashda eng qulay usullar, ulaming
tarkibiy qismlarini almashtirsh darajasi, ishlatishda yuqori darajada
qulayliklar bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
Buyum tarkibiga kimvchi detallaming har biriga ish chizmalari
chiziladi. Ayrim hollarda ba’zi detallar uchun ish chizmalarini standart
bo‘yicha chizmasa ham bo‘ladi.
Yig‘ish chizmalarida tasvirlar soni mumkin qadar kam, lekin buyumni
tayyorlash, yig‘ish va tekshirish uchun yetarli bo‘lish lozim. Zarur hollrda
yig‘ish chizmalarida buyumning ishlash va tarkibiy qismlarining o ‘zaro
aloqasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi kerak. Ish chizmalarini standartda belgilangan va qo‘yilgan soddalashti- rishlami tatbiq etib bajarish lozim. Ish chizmalari shunday tuzilishi kerakki, ulardan foydalanilganda mumkin qadar kam qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadigan bo‘lsin. Ish chizmalarida texnologik ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lekin, istisno tariqasida, quyidagi hollarda texnologik qaytmalar keltiri­
lishi mumkin
Agar mazkur usul buyumning kerakli sifatini ta’min etuvchi birdan-
bir tayyorlash usuli bo‘lsa, masalan, pritirkalash (ishqalab yetkazish),
boshqa biror buyum yoki detal bilan birgalikda egish, bukish, turli
ishlovlar berish;
- payvandlashning turlari va usullari, ulaming birikmadagi belgilari.
Buyumning ish chizmasida uni yig‘ishdan yoki qo‘shimcha ishlov
berishdan aw al o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlar, yuzaning g‘adir-
budurligi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Detal elementlarining o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlari va yuza-
larining gadir-budurliklari yig‘ish chizmalarida ko‘rsatilmaydi.
Buyumlaming ish chizmalarida qoplanadigan detallar bo‘Isa, ulaming
qoplanishiga qadar bo‘lgan o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurligi
ko‘rsatiladi. Ish chizmalarida detallaming qoplanishiga qadar va undan
keyingi o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurliklarini bir yo‘la ko‘r-
satish mumkin. G‘adir-budurlik belgisini esa qoplanishni belgilovchi
yo‘g‘onlashtirilgan shtrix-punktir chizig‘iga qo‘yiladi (11.20- shakl, a).
Agar detaining o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurliklarini
qoplanishdan keyin ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda, bu o‘lchamlar va
gadir-budurliklar «*» bilan belgilanadi va texnikaviy talablarda tegishli
yozuvlar yozib qo‘yiladi (11.20-shakl, b).
Detal chizmasining asosiy yozuvida materialning faqat bir nomi va
msumi ko‘rsatiladi. Chizmalarda texnikaviy ma’lumotlar va parametrlar ulami hisob- lamasdan foydalanish mumkin bo‘ladigan qilib berilishi kerak.
Chizmalarda standartlar tomonidan qabul qilingan shartli belgilar
ishlatiladi, lekin ularga izoh berilmaydi. Shartli belgilar chizmada bir
necha marta takrorlanganda ham ular bir xil o‘lchamda bajariladi.
Detallarning ko’rinib turgan tashqi qiyofasining tasviriga ko’rinish deyiladi.
Ko’rinishlar soni kamroq bo’lishi uchun detalning ko’rinmas qisimlari shtrix chiziq yordamida ko’rsatiladi. Korinishlar mazmuni va ularning bajarilish holatlariga qarab asosiy, qo’shimcha va mahalliy kabi korinishlarga bo’linadi.
Asosiy ko`rinishlar. Asosiy ko`rinishda proeksiyalar tekisliklari uchun kubning olti tomoni qabul qilinadi. Detal (173 – shakl) fikran kubning ichiga joylashtirilib, uning tasviri har bir tomonga tushiriladi, so`ngra 174- shaklda ko`rsatilganidek kubni yoyib chizma teksligi bilan jipslashtriladi. Natijada detalning proeksiyalar teksliklaridagi oltita tasviriga ega bo`linadi. Ko`rinishlarning chizma maydonida bunday joylanishini proyeksion bog`lanishlar deyiladi. Ko`rinishlar quyidagi nomlar bilan yuritiladi:
1-olddan ko`rinishi yoki bosh ko`rinish; 2-ustdan ko`rinish; 3-chapdan ko`rinish; 4-o`ngdan ko`rinish; 5-ostdan ko`rinish; 6-orqadan ko`rinish.
Shuni aytish kerakki, orqadan ko`rinish o`ngdan ko`rinishning yonida ham joylashishi mumkin. Chizmalarda ko`rinishlar nomi va proyeksion bog`lanish chiziqlari ko`rsatilmaydi. Lekin detalning ko`rinishlri o`zaro ma`lum masofada joylashgan bo`lib, bir-birlari bilan uzviy bog`langan bo`lishlari kerak. Masalan, ustdan ko`rinish olddan ko`rinishning tagiga joylashtiriladi.
Chapdan ko`rinish olddan ko`rinishning o`ng tomoniga, o`ngdan ko`rinish esa uning chap tomoniga joylashtiriladi. Agar biror ko`rinish (qirqim) bosh ko`rinish bilan proyeksion bog`lanmagan holda joylashgan yoki ko`rinishlar har xil qog`ozda joylashgan bo`lsa, kuzatib borish yo`nalishi boshqacha harfda yoziladi. Masalan, A belgi bilan ko`rsatiladi. Bunda qaysi tomonga qarash kerakligi strelka va tegishli harf bilan ko`rsatiladi(175- shakl). Chizmalarda o`zaro proyeksion bog`lanishda bo`lmagan uchta asosiy holatlarni uchratish mumkin. Chunonchi, birorta ko`rinish bosh ko`rinishga nisbatan boshqa tasvir bilan ajratilgan, ko`rinishlardan birortasi bosh ko`rinishga nisbatan siljitib tasvirlanganda ko`rinishlar bosh ko`rinishga nisbatan boshqa-boshqa qog`ozlarda tasvirlangan bo`ladilar.

Qo`shimcha ko`rinishlar. Buyumning asosiy teksliklariga nisbatan parallel bo`lmagan tekslikdagi tasviriga qo`shimcha ko`rinish deyiladi. Buyumning biror qismining asosiy oltita ko`rinishlarda, uning shakli o`lchamlarni aniq ko`rsatish imkoni bo`lmagan holatlarda qo`shimcha ko`rinish usulidan foydalaniladi. Bunda shakl asosiy ko`rinish teksliklariga nisbatan parallel bo`lmagan yordamchi teksliklarda hosil bo`ladi. 176-shaklda asosiy proyeksiyalar teksliklariga nisbatan qiya qismiga ega bo`lgan detalning chizmasi tasvirlangan. Detalning qiya qismiga parallel bo`lgan tekslikka uning shaklini tasvirlash tavsiya etiladi. Natijada shakl o`zining haqiqiy ko`rinishi bilan tasvirlanadi. Agar qo`shimcha ko`rinish asosiy tasvir bilan o`zaro proyeksion bog`lanishda joylashgan bo`lsa yonalish va ko`rinish yozuvlari ko`rsatilmaydi, bordi-yu qo`shimcha ko`rinishlar bosh ko`rinishga nisbatan siljib tasvirlansa, yonalish va ko`rinish yozuvlari (A) harf bilan ko`rsatiladi. Mahalliy ko`rinishlar.


Mahalliy ko`rinish deb detallarning ayrim chegaralangan qismlarining tasviriga aytiladi. Mahalliy ko`rinishlar asosan ikki holatlarda tasvirlanishi mumkin: Birinchi holatda mahalliy ko’rinish detalning tasvirlanadigan yuzasi bilan qo’shilib, uzluksiz to’lqinsimon chiziq orqali chegaralangan hollarda chizilib ko’rsatiladi.
Ikkinchi holatda detalning tasvirlanadigan qismi faqat o`zining ko`rinar kontur chizig`i bilan ko`rsatiladi. Bunda to`lqinsimon chiziq ko`rsatilmaydi. Har ikki holatda ham mahalliy ko`rinish qo`shimcha ko`rinishdagidek yonalish va ko`rinish yozuvlari bilan ifodalab ko`rsatiladi (177- shakl). Qirqimlar.
Texnikada ishlatiladigan detallarning ichki tuzilishlari har xil geometrik shakllardan tashkil topgan bo`lib, chizmada ular shtrix chiziqlar bilan ko`rsatiladi. Bunday hol chizmalarni o`qishni bir muncha qiyinlashtiradi.
Buyumlarni chizmalari bo`yicha mukammal tasavvur qilish va ularning ichki tuzilishlarini aniq qilib ko`rsatish uchun shartli ravishda qabul qilingan
“qirqimlar usuli” qo`llanadi. Qirqimlar ham O’z.Dav.Standarti. 2.305-97 da ko`rsatilgan qoidalarga muvofiq bajariladi. Qirqim deb, buyumning bitta yoki bir nechta fazoviy tekisliklar bilan fikran kesilishidan hosil bo`lgan tasviriy qismiga aytiladi.
Bunda tekslikning kesishgan joyi va uning orqasida ko`rinib qolgan chiziqlari (qismlari) ko`rsatiladi (178- shakl). Qirqim qoidasiga ko`ra buyumning ma`lum bir joyidan fikran kesuvchi tekislik o`tkaziladi. Buyumning kuzatuvchi va kesuvchi tekislik orqasidagi qismi fikran olib tashlanadi va qolgan qismi o`z o`rnida tegishli asosli proyeksiyalar tekisliklaridan birortasiga yoki chizma maydonining bo`sh joyiga tasvirlanadi.
Ayrim hollarda qirqimlar kerakli yozuvlar bilan ko`rsatiladi.
178- shaklQirqim turlari. Kesuvchi teksliklarning joylashish holatlariga ko`ra qirqimlar gorizontal, vertikal hamda og`ma qirqimlarga bo`linadi. Bundan tashqari kesuvchi teksliklarning soniga qarab qirqimlar oddiy, murakkab va mahalliyga ajraladi.
Oddiy qirqimlarga kesuvchi tekslik bitta bo`lib, tekslikka nisbatan joylashish holatiga qarab u garizontal, frontal, profil va og`ma qirqimlarga bo`linadi. Garizontal qirqimida kesuvchi tekslik shu tekslikka parallel bo`ladi . Frontal qirqimida kesuvchi tekislik gorizontal tekislikka nisbatan perpendikulyar va frontalga parallel joylashgan bo`ladi (179- shakl). Agar kesuvchi tekislik profil tekislikka parallel joylashgan bo`lsa, profil qirqim deyiladi.
Kesimlar.
Buyumning bitta yoki bir nechta teksliklar bilan fikran kesilishida ana shu kesishgan joyining chizmada tasvirlanishi kesim deb aytiladi.
Detalning chizmadagi ko`rinishi uning barcha tomonlarini mukammal to`la aniqlash imkonini bermaydi. Bunday hollarda kesim qo`llaniladi. Kesm ham qirqimga o`xshash shartli tasvirdir.
Chunki kesm shakli detal bilan birga joylashgan bo`lib, uni shartli ravishda fikran ajratib olib, chizma maydoning bo`sh joyiga chiziladi. Kesmning chizma tasvirini o`zida yoki chetga chiqarib chizish mumkin.
Shuning uchun u chetga chiqarilgan va chizma ustida ko`rsatilgan kesimlarga bo`linadi.
Chetga chiqarilgan asosiy kontur chiziq bilan, tasvir ustida chizilgan kesm esa ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Kesmning ko`rinishi qirqilgan kontur chiziqlar oralig`ida joylashgan bo`lishi mumkin Chizma chizish murakkab jarayon hisoblanadi, chizuvchidan sabr toqat va qunt bilan ishlashni talab qiladi.
Chizmaning sifati chizuvchining qo‘l sezgisiga bog‘liq bo‘ladi. Chizmalarni toza va chiroyli qilib chizishda, asosan, qo‘l sezgisi katta ahamiyatga ega. Chiziladigan bir hil turdagi chiziqlar bir hil y o ‘g ‘onlikda, bir tekis qilib chizilishi lozim. Insonda qo'I sezgisi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, qoMiga olgan qalamni qog‘oz ustida mahorat bilan yurgiza oladi. Insonning qo‘l sezgisini tekshirish uchun qalam uchi ingichka qilib chiqariladi (uchlanadi) va chizg'ich yordamida bir nechta chiziq chizish mashq qilinadi. Shunda chizilgan chiziqlarning ko'pchiligi bir xil chiqsa, uning qo‘l sezgisi yaxshi rivojlangan hisoblanadi. Ba'zi odamlarning qo‘l sezgisi nisbatan rivojlanmagan bo‘ladi. Ular qalamning uchi ingichka yoki yo‘g‘onroq uchlangandan qat'iy nazar, qalamni bir xilda bosib chizishadi. Shunda ingichka uchli qalam uchi sinib ketadi, bu yerda, ingichka uchli qalamni ohistalik bilan bosib chizish lozimligiga ahamiyat berilmaydi. Muntazam ravishda ingichka uchli qalam bilan chizishni mashq qilib turish orqali qo‘l harakati sezgisini me'yorlash mumkin. Turli jismoniy mehnat jarayonidan keyin q o ‘l sezgisi pasayib ketadi.
Bunda chizmalarni chizish bir muncha qiyinlashishini ham hisobga olish tavsiya etiladi. Hayotimizda chizmaning o‘rni juda kattadir. Hozirgi ishlab chiqarishni chizmalarsiz tasaw u r etib boMmaydi. Narsalarni texnikada qabul qilingan tasvirlash usullari ko‘p asrlar davomida yaratilgan. Ishlab chgiqarishda biror buyumni, masalan, mashina va mexanizmlarning detallarini yasash hamda ularni yig‘ish, shuningdek, bino hamda inshootlar qurish uchun ularning chizmalari bo’ilishi zarur. Chunki chizmalarsiz buyumlarni yasab boMmaydi.
Buyumning shaklini va o ‘lchamlarini tekislikda aniq ko‘rsatadigan tasvir ko‘mpleks chizma yoki qisqacha qilib chizma deyiladi. Detalning ish chizmasi deb, detalni tayyorlash va nazorati uchun yetarli tasvirlari va boshqa ma’lumotlardan iborat chizmaga aytiladi. Ma’lumotlarga o‘lchamlar, shartli belgilar, yozuvlar, jadvallar va boshqalar kiradi. Shunday qilib chizma grafik qismdan tashqari matn qismini ham o‘z ichiga oladi.
Ish chizmalarini tayyorlash

1-rasm
1-rasmda o‘quv chizmasini A4 formatga, 2-rasmda esa A3 formatga joylashtirish ko‘rsatilgan.


Chizma qog‘ozida detalni tasvirlari va g‘adir-budurliklarini ko‘rsatuvchi yetarli belgilardan tashqari, asosiy yozuv, texnikaviy talablar (asosiy yozuv ustida), g‘adir-budurlik belgisi (yuqorida o‘ng burchakda), chizmani burilgan belgisi (yuqorida chap burchakda); detalni tasvirini ifodalovchi omillar jadvali (tishli g‘ildiraklar va shlisali buyumlarda) ham keltiriladi. Detalning tasvirlar soni va mazmuni detalning shakli va o‘lchamlari haqida to‘liq ma’lumot berishi kerak.
Detalning tasvirini joylashtirishda rasmda keltirilgan L1, L2, L3 va H1, H2, H3 o‘lchamlar bir-biriga teng bo‘lishi tavsiya etiladi.
11.1.2. Chizmadagi yozuvlar
Chizmalardagi yozuvlarni, texnik talablar va jadvallarni joylashtirish qoidalari 2.316-68 DS da bayon qilingan. Agar chizmada detalni grafikaviy va shartli belgilari to‘liq ifoda etilmagan taqdirda ko‘pincha yozuvlar, jadvallar va matn qismlari kiritiladi. Yozuv matni aniq va qisqa qilib chizmaning asosiy yozuvi ustiga yoziladi. «Texnik talablar» degan yozuv yozilmaydi. Texnik talablardagi bandlar ketma-ket raqamlanib 2.316-68 DS tavsiyalariga asosan yoziladi. Tasvirlarga oid yozuvlar ikki qatordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ularni yozilishi va joylashtirilishi 11.2-shaklda ko‘rsatilgan. Asosiy yozuv 2.104-68 DS va 2.107-68 DS dagi «Ish chizmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar» ga asosan to‘ldiriladi.

2-rasm

Ish chizmasida tayyorlanayotgan detalni materiali va material xususiyatlarini ifodalovchi kerakli ma’lumotlar yozilishi shart.


Chizmaning asosiy yozuvida detal materialining nomi, markasi va standartiga oid bo‘lgan boshqa normativ hujjatlar ko‘rsatiladi.
Oddiy uglerodli po‘latni quyidagicha belgilanadi: Po‘lat 0, Po‘lat 1, Po‘lat 2, Po‘lat 3, Po‘lat 4, Po‘lat 5, Po‘lat 6 asosiy yozuvning 3 grafasida, masalan, Po‘lat 3 380-71 DS deb yoziladi.
Sifatli uglerodpi konstruksion po‘latni 2 raqamli son bilan belgilanadi: Po‘lat 2.5 1050- 74 DS. Uglerodli instrumental po‘latni U xarfi bilan, ya’ni Po‘lat U8 1435-74 DS deb belgilanadi. Legirlangan mashinasozlik po‘latini legirlovchi element belgilari bilan: G - marganes, S - kremniy, X - xrom, N - nikel, M - molibden va x.k. Misol: 20 markali xromnikelli po‘lat Po‘lat 20 XN 4545-71 DS, qo‘ng‘ir cho‘yan esa QCh deb belgilanadi. Misol QCh 18-36 1412-70 DS. 11.1.4. O‘lchamlar qo‘yish Chizmalarda o‘lcham qo‘yishning umumiy hollari 11.3.-shaklda ko‘rsatilgan. Quyida detallarni ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlash talablarini e’tiborga olgan holda o‘lcham qo‘yishlar ko‘rib chiqiladi.

3-rasm
Detallarning barcha o‘lchamlarini 2 guruhga - tutashuvchi va erkin guruhlarga bo‘linadi. Tutashuvchi o‘lchamlar detal sirtining shaklini aniqlab, buyumda boshqa detal bilan kirishuvi va buyumdagi sirtlarning xolatlarini ifodalaydi. Buyumda detallarning sirtlari o‘zaro tegib turmasa, ularni erkin o‘lchamlari aniqlaydi. Detallarga o‘lcham qo‘yishda 3 xil usuldan: zanjir, koordinatalar va kombinasiyalashgan usullaridan foydalaniladi. Zanjir usulida o‘lcham qo‘yishda o‘lchamlar zanjiri ochiq bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Detalning har bir elementiga ishlov beriladi (11.3,a-shakl). Avval d1 diametrli yuzaga l1 uzunlikda, keyin d2 diametrli yuzaga l2 uzunlikda va boshqa yuzalarga ishlov beriladi. Zanjir usuli detalning ba’zibir elementlarini aniq o‘lchamda bo‘lishi talab etilganda foydalaniladi. Detallarga zanjir usulida o‘lcham qo‘yish o‘qlar orasiga o‘lcham qo‘yishda hamda detallarga ishlov berishda kesuvchi asboblarning komplektidan foydalanilganda qo‘llaniladi. Koordinalar usulida o‘lcham qo‘yish 11.3,b-shaklda keltirilgan bo‘lib, mazkur usuldan detallarning boshqa o‘lchamlardan qat’iy nazar yuqori aniqlikdagi o‘lchamli yuzalariga ishlov berilganda foydalaniladi. Kombinasiyalashgan usulda o‘lcham qo‘yish amaliyotda keng tarqalgan bo‘lib, o‘zida zanjir va koordinatalar usulidagi o‘lcham qo‘yishlar uyg‘unlashib ketadi (11.3,v-shakl). Ushbu usuldagi o‘lcham qo‘yishda yuqori aniqlik talab qiladigan detal elementlariga aloxida o‘lcham qo‘yish mumkin. Ishlov beriladigan yuzalar ishlov berilmaydigan yuzalardan ajratilib, ularning o‘lchamlar zanjirida alohida ko‘rsatiladi. Ish chizmalariga o‘lcham qo‘yishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish talab etiladi:


1. Detal chizmasi uni tayyorlashni e’tiborga olib uch guruh o‘lchamlarni – gabarit, o‘qlar va markazlararo o‘lchamlar hamda detalning alohida elementlariga o‘lcham qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Ba’zi bir hollarda o‘rnatuvchi, bir-biriga bog‘lovchi va ma’lumot uchun o‘lchamlari ham qo‘yiladi.
2. Detalning bir-biridan farq qiluvchi elementlarining shakli va holatini aniqlovchi o‘lchamlar bo‘lishi kerak. 11.4-shaklda 8 diametrli teshikni o‘lchami ustidan ko‘rinishda, boshqa o‘lchamlar esa bosh ko‘rinishda berilgan.
3. Detal elementlarining tashqi va ichki sirtlarini o‘lchamlarini aralashtirib yuborish maqsadga muvofiq emas. Bu holatlarida o‘lcham chiziqlarini detal konturidan tashqariga chiqarish tavsiya etiladi (11.5-shakl). Chiqarish va o‘lcham chiziqlarini kesishuviga iloji boricha yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘rinmaydigan chiziqlariga o‘lcham qo‘yish tavsiya etilmaydi.
4. Detal elementlaridagi bir nechta bir xil o‘lchamlarga ularning soni ko‘rsatilib bir marta o‘lcham qo‘yiladi (11.6-shakl).
5. Aylanada bir xil joylashgan detal elementlari o‘lchamlarini qo‘yishda burchak o‘lchamlari o‘rniga ularning sonini ko‘rsatish bilan kifoyalanadi (11.7-shakl).
6. Detaldagi bir xil o‘lchamli simmetrik elementlarning sonini ko‘rsatilmasdan bir marta o‘lcham qo‘yiladi (11.8-shakl).
8. Detalda yumaloqlash radiuslari yoki bukilishlarni chizmada ko‘rsatmasdan texnik talablarga quyidagicha yozib qo‘yish mumkin: yumaloqlash radiuslari 5 mm, ko‘rsatilmagan radiuslar 3 mm, ichki bukilish radiuslari 12 mm.
9. Rezbali detallarda rezba ochilgan joyini uzunligi faska va o‘yilgan qismlarni ham o‘z ichiga oladi. Faska va o‘yilgan qismi o‘lchamlari rezba o‘lchamidan oldin qo‘yiladi (11.10-shakl).
10. O‘lchamlar qo‘yishda 2.307-68 DS va 2.109-73 DS lari talablarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
7. Qirqim va ko‘rinishlardagi qirqim berilmagan hollarda teshiklarga o‘lcham qo‘yishlar 11.9-shaklda ko‘rsatilgan.

4-rasm 5-rasm





6-rasm

7-rasm

8-rasm 9-rasm



10-rasm


XULOSA
C hizmalar chizishda turli buyum , asbob va moslamalardan foydalaniladi. Chizma qog’ozi. Qalamda, tushda va akvarel bo‘yog‘ida chizishga
moljallangan yuqori sifatli В va o‘rtacha sifatli 0 markalarda (ko‘rinishlarda)
qalin va yupqaroq oq qog‘oz standartga muvofiq list (varaq)larda chiqariladi.
Chizma qog‘ozining bir tomoni silhqroq, ikkinchi tomoni biroz dag‘alroq
bolib, silliq tomoniga chizma qalam va tu sh d a, dag‘alroq tomoniga
akvarelda rasm chiziladi. M illim etrlangan qog‘oz. Rangli chiziqlar bilan kvadrat to‘rchalar chizib toldirilgan yupqaroq qog‘oz rulon (o‘ram) yoki varaq shaklida
chiqariladi. U lardan tu rli sxema, diagramma, detallarning eskizlarini chizishda foydalaniladi. Kalka. Yupqa shaffof qog‘oz bolib, stan d art bo‘yicha rulon yoki varaq shaklida chiqariladi. Kalkadan chizmaning ashdan nusxalar ко chirishda
foydalaniladi. Qalamlar. Qalamlar qattiqhgi jihatidan uchta turga bolinadi: qattiq,
o'rtacha qattiq va yumshoq. Qattiq qalam lar T, 2T, 3T,...,yoki H, 2H,
3H,..., o‘rtacha qattiq qalam lar TM yoki HB, yumshoq qalam lar M, 2M.
3M,...,yoki B, 2B, 3B,... tarzida belgilanadi. T(B) yoki M(B) oldidagi raqam
qalamning qattiqlik yoki yumshoqlik darajasini bildiradi. Qalamlar tamg‘asi tasvirlangan tomonining qarama-qarshi tomonidan 1 -chizmada ko‘rsatilgandek uchlanadi. Qattiq va o‘rtacha qattiqlikdagi qalamlar konus shaldida uchlanadi. Chizmalarning ustidan yurgizib chiqish uchun yumshoq qalam lardan foydalaniladi va u lar kurakcha shaklida uchlanadi. Qalamlami tez-tez uchlab turishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun bir bolak mayda jilvir qogozdan foydalaniladi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling