Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


II bob. TORCH INFEKTSIYASI KASALLIGINI DAVOLASH XUSUSIYATIGA EGA BO’LGAN AYRIM TABIIY VOSITALAR VA ULARNING KIMYOVIY TARKIBI


Download 401.59 Kb.
bet2/26
Sana08.05.2023
Hajmi401.59 Kb.
#1444785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
DURDONA Mdi tayyor

II bob. TORCH INFEKTSIYASI KASALLIGINI DAVOLASH XUSUSIYATIGA EGA BO’LGAN AYRIM TABIIY VOSITALAR VA ULARNING KIMYOVIY TARKIBI…………………………………………
2.1 Xalq tabobati yordamida infektsiyalarni davolashda ishlatiladigan ayrim tabiiy vositalar………………………………………………………………………….
2.2 Pillaning kimyoviy tuzilishi
II bob bo’yicha xulosalar……………………………………………………………
III bob. TORCH INFEKTSIYASINI XALQ TABOBATI USULLARI BILAN PILLA YORDAMIDA DAVOLASH BO’YICHA TAVSIYALAR……………..
3.1 Pilla tarkibidagi seritsinni ajratish bo’yicha tavsiyalar………………………
3.2 Pilla ekstrakti yordamida torch infektsiyasini davolash bo’yicha tavsiyalar…………………………………………………………….………….
Umumiy xulosalar……………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………

So’z boshi
Mustaqillik yillarida qabul qilingan yoshlar hayotiga ta’luqli bo’lgan qonunlar, qator Prezident farmonlari va ko’rsatmalariga yosh avlodni milliylik va umuminsoniylik qadriyatlar ruxida tarbiyalashga uni har tomonlama rivojlanishiga hizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida tug’ilgan yoshlar, bugungi hayotga muammolarni hal qiluvchi kuch sifatida kirib kelmoqda. Yoshlarning qiziqishlari va huquqlari ta’minlanmoqda, ularning orzulari va intilishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim sohasida, sportda va boshqa sohalarda muvaffaqqiyatlarga erishilayotgan, yosh talant sohiblari e’tirofga loyiq.
Mamlakatimiz Prezidenti aytib o’tganidek taffakkur me’rosini boyitishga va ehtiyotlab saqlashga va shuningdek, o’sib kelayotgan avlodni umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash keraklicha e’tibor berilgan, o’z oldiga har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, o’z qarashlariga tanloviga grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish oliy maqsad bo’lib belgilandi1.
Demak, zamonning talabi-shu yo’nalishda ishini davom ettirish, mavjud muammolarni yechish, tahlil qilish va o’rganish, kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan olib borilayotgan ishni mukammallashtirilishi, samaradorligi mehanizmlar va dasturlarni hayotga tatbiq etishdir.
Biz yashayotgan XXI asr, tez suratlarda o’zgarayotgan dunyo, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib borayotgan globallashtirish, internet va intelektual rivojlantirish, raqobatning dunyo bozorida o’sib borayotgan o’tkirligi va shaxs talablari har bir xalq oldiga o’ta muhim va dolzarb talablarni qo’ymoqda.
Jahonda bo’lgani singari, respublikamiz ham onkologik kasalliklar o’sishi qayd etilmoqda. Tibbiyot fanining rivojlantirishning zamonaviy bosqichi saraton kasalliklarining oldini olish choralarini yanada takomillashtirishga va respublika aholisiga onkologik kasalliklarni davolashda jahon andozalari darajasigacha oshirishga yo’naltirilgan ustuvor vazifalar hal etishni taqozo qiladi [1].


Kirish
Bugun yurtimizda ilm-fan va texnologiyalarning bugungi global dunyoda jadal o’sishi, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularning iste’dodi va qobilyatlari to’liq amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
2018-yil 27-iyunda qabul qilingan “Yoshlar -kelajagimiz” Davlat dasturi to’g’risidagi Prezident farmoni yillar davomida bizlarga orzu qilingan yangilik bo’ldi. Bu farmon bilan yoshlarning intelektual salohiyatiga alohida e’tibor beriladi. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz aholisining qariyb 60 % ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarga oid islohotlar tobora jadallashib bormoqda. Shu jumladan, yaqinda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni, yoshlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilishiga yo’l ochildi desak mubolag’a bo’lmaymiz.
Muxtaram Prezidentimizning biz yoshlarga berayotgan imkoniyatlari bu yilgi nomi ham buni yaqqol misoli deb hisoblaymiz. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni parlamentga murojaat bilan chiqish qilib, 2021-yilni “Yoshlarni qo’llab quvvatlash va aholining sog’lig’ini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishini taklif etdi.
“Umuman olganda, har qanday jamiyat taraqqiyotidagi hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bog’liq bo’lgan yosh avlodning sog’lom va barkamol rivojlanishi muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan g’ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarni o’zimizga tayanch deb bilamiz…” dedi davlat rahbari.
Inson salomatligini himoya qilish davlatimizning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, bu masalani hal qilishda sog’liqni saqlash tizimini iqtisodiy ta’minlash, zamnonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish, tizimni nazariy va amaliy ko’nikmalarga boy, klinik va laborator-instrumental tekshiruv tahlil natijalari asosida xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan malakali kadrlar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida barcha jabhalarda bo’lgani kabi sog’liqni saqlash tizimida ham islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 16-oktabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy invesitsiya va zamonaviy texnalogiyalarni jalb qilish masalalari bo’yicha o’tkazgan yig’ilishida “Kimyo sohasi-zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo’lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo’lmaydi” degan nutqlarida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida kimyo fani o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini va shu sohaga chuqur e’tibor qaratish ke’rakligini ta’kidlab o’tgan. Shularning negzida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida barcha sohalari qatori kimyo fani, kimyo sanoati ham rivoj topdi. Yirik kimyo sanaoti obyektlarining qayta ishga tushirilishi, yangilarining qurilishi, tabiiyki, kimyo sohasidagi yetuk yosh kadrlarga bo’lgan ehtiyojni oshiradi. Shunday kadrlarni tarbiyalashda oily o’quv yurtlarning o’rni beqiyos [2].

Download 401.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling