Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 401.59 Kb.
bet4/26
Sana08.05.2023
Hajmi401.59 Kb.
#1444785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
DURDONA Mdi tayyor

Tadqiqot obyekti va predmeti: Ushbu tadqiqotning obekti TORCH infektsiyasini davolashda qo’llaniladigan dori vositalardir.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: TORCH infektsiyasini davolashda kimyoviy tarkib asosidagi dori vositalarni klassifikatsiyasini kimyoviy tur, tarkib asosida taklif etish va ushbu kasallikni davolashda ishlatish mumkin bo’lgan o’simliklarni aniqlash. Saraton kasalligini davolashda qo’llaniladigan ba’zi dori vositalarining kimyoviy tarkibini, ularning biologik va toksikologik tahlil qilish. Virusga qarshi qo’shimcha yon ta’sirlarga ega bo’lmagan tabiiy antivirus ishlab chiqish.
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi: TORCH infektsiyasi kasalligi bo’yicha chop etilgan ilmiy maqolalar va monografiyalarni tahlil qilish orqali, TORCH infektsiyasi kasalliklarini davolashda foydalanilgan kimyoviy birikmalarni, kimyoviy tuzilishini o’rganish orqali, ularni qiyoslash. Kimyoviy birikmalarni organizmda parchalanishidan hosil bo’lgan kichik molekulalik mahsulotlarni organizmga ta’sirini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Shundan iboratki, TORCH infektsiyasi kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori vositalarning kimyoviy tuzilishi orqali o’rganish, hamda ularning kimyoviy tarkibi asosida yangi tabiiy antivirus mahsulot yaratish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Dori vositalarning kimyoviy tuzilishi hamda tahlil qilish alohida nazariy ahamiyatni kasb atadi.
O’rganilganlik darajasi: pilla tolasi tarkibini o’rgangan olimlarning vatani, ismi-shariflari keltirilsin.
Deepti Gupta, Anjali Agraval va Abhilasha Rangi
Toʻqimachilik texnologiyasi boʻlimi, Hindiston Texnologiya Instituti Dehli, Hauz Khas, Dehli 110016. Hindiston 2013 yil 5 oktyabrda qabul qilingan; qayta ko’rib chiqilgan va 2014 yil 10 fevralda qabul qilingan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu magistirlik disertatsiya ishida TORCH infektsiyasi kasalligini davolashga qarshi xususiyatlarni namoyish etuvchi molekulalar tuzilishini o’rganish davomida, ipak tolasi tarkibida 70-75% fibroin (suvda erimaydigan oqsil), 20-25% seritsin (suvda eriydigan oqsil), 2-3% turli minerallar, 1-1,5% mum va moylar, pillaning ipak fibroin va seritsinning tarkibi 18 turdagi aminokislotalarning mavjudligi, ipakning asosiy komponentlari glitsin, alanin, tirozin va serinligi, seritsin tarkibida ko’p miqdorda serin, aspartik kislota va glutamik kislota, shuningdek, glitsin, treonin va lizin mavjudligi, seritsin tarkibida gidrofob aminokislotalarga qaraganda ko’proq gidrofil aminokislotalar mavjudligi seritsindagi gidrofil guruhi bo’lgan aminokislotalar 76,33% gidrofobik guruh esa 24,67% ni tashkil qilishi, gdrofil guruhga kiruvchi aminokislotalarga serin, triolin, aspartik va glutamik kislotalar kirishi, ipak oqsillari tarkibida 0,7% dan ortiq kaliy, kalsiy, kremniy, stronsiy, fosfor, temir, mis va boshqa noorganik elementlar mavjudligi, seritsinning kimyoviy formulasi C16H25N5O8: C ning elementar tarkibi 44,32-46,29%; H-5,72-6,42%; N - 16,44-18,33%; O-30,35-32,5%; S-0,15% ni tashkil etishi aniqlandi.
Biz qo’shimcha yon ta’sirlarga ega bo’lmagan yangi tabiiy vositalarini taklif qilamiz, hamda hosil bo’lish uslublari bo’yicha TORCH infektsiyasi kasalligini davolashda ayrim uslublardan foydalanishni taklif etamiz.

Download 401.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling