Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti
I bob. TORCH INFEKTSIYASI KASALLIGINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN SINTETIK DORI – VOSITALARINING KIMYOVIY TARKIBI
Download 401.59 Kb.
|
DURDONA Mdi tayyor
I bob. TORCH INFEKTSIYASI KASALLIGINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN SINTETIK DORI – VOSITALARINING KIMYOVIY TARKIBI.
1.1 Torch infektsiyasi haqida umumiy ma’lumot. Infektsion kasalliklar – kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar, bakteriyalar, rikketsiyalar, viruslar va zamburug’larning odam, hayvon va o’simlik organizmiga kirib ko’payib zararli ta’sir ko’rsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklardir. Bunday kasalliklarga homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi bilan xavfli bo’lgan va dunyoning barcha mamlakatlarida uchrovchi TORCH infektsiyalari kasalliklarini misol qilish mumkin. TORCH infektsiyalari o’tgan asrning 70-yillarida olimlar tomonidan alohida infektsiyalar guruhi sifatida ajratib olingan bo’lib, kattalar va bollalar uchun nisbatan zararsiz ammo homila va homilador ayollar uchun o’ta xavfli hisoblanadi. Insonlarda bu infektsiyalar bolalikdan mavjud bo’lishi mumkin, lekin hayoti uchun jiddiy zarar keltirmaydi. Ko’p hollarda infektsiyalar belgilarsiz kechganligi sababli kasallik namoyon bo’lmaydi. Ammo ayolni homiladorlik vaqtida imuniteti pasayib ketishi hisobiga infektsiyalar o’zini namoyon qiladi [3]. TORCH - infeksiyalarini ayollar homiladorlik paytida yuqtirganda, ular homilaning barcha tizimlari va organlariga, ayniqsa, uning markaziy asab tizimiga zararli taʼsir ko’rsatishi, homila bo’ldirmasligi, homila tushishi, o’lik tug’ilishi va bolaning tug’ma nuqsonlari xavfini oshirishi mumkin. Ko’pincha homilador ayolning TORCH - kompleksi infeksiyalari bilan kasallanishi homiladorlikni to’xtatish uchun to’g’ridan - to’g’ri ko’rsatma hisoblanadi. Homiladorlik vaqtida bu guruhga kiruvchi viruslardan birortasining ilk marta yuqishi xavfli hisoblanadi. Yaʼni tanada immunitet hosil bo’lmagan virus yoki infektsiyaga to’qnashib qolishi oqibati noxushlikka olib kelishi mumkin. Homilador ayolda ko’pincha bu holatning asoratlari turli muddatlarda homila tushishiga zamin yaratadi. Tug’ruq paytida va tug’ruqdan keyingi davrda gerpesning qaytalanishi ham xavfli bo’lishi mumkin [4]. Hozirgi vaqtda ayrim ayollar homilador bo’lgach, bir necha oy o’tgandan so’ng, unda ham shifokorning qistovi bilan TORCH - infeksiyani tekshirtirish uchun tahlil topshiradi. Baʼzi bo’lajak onalarga uning qanchalar ahamiyatli ekanini tushuntirish o’ta qiyin kechadi. Aslida, homiladorlik boshlanmasdan 2-3 oy avval, uni rejalashtirish jarayonida tahlil topshirish va musbat natija chiqsa, virusga qarshi dori-darmonlarni qabul qilish zarur. Shunda ayol organizmi virusni vaqtida yengadi va antitanachalar hosil bo’ladi. Shuningdek, bu homiladorlikgacha davo va profilaktika choralarini ko’rishga, ayolning salomatligini kelgusida homiladorlikdagi natijalar bilan solishtirishga imkon beradi. Homiladorlik davrida ham ginekolog tavsiyasiga ko’ra TORCH-infeksiyani tekshirtirib turish lozim. TORCH guruhidagi infektsiyalarning bor yoki yo’qligini tekshirish uchun qon tahlili och qoringa topshiriladi, shuningdek, tekshiruvgacha 3 hafta davomida antibakterial va virusga qarshi preparatlar qabul qilinmagan bo’lishi lozim. Tekshirish natijalarini olgandan keyin, albatta, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. TORCH so’zi uni tarkibiga kiruvchi infektsiyalarning birinchi harflaridan kelib chiqqan. Ya’ni T (toxoplasmosis) – toksoplazmoz, O (other) - boshqa infektsiyalar: gepatit B, sifilis, xlamidiya turli viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan infektsiyalar, R (rubella) – qizilcha, C (cytomegalia) – sitomegalovirus, H (herpes) – gerpes [5]. Download 401.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling