Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Pilla tolasini ekstraksiya qilish


Download 401.59 Kb.
bet25/26
Sana08.05.2023
Hajmi401.59 Kb.
#1444785
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
DURDONA Mdi tayyor

Pilla tolasini ekstraksiya qilish: pilla tolasi tarkibida seritsin mavjudligi va u tabiiy antivirus xususiyatga ega ekanligi bizga adabiyotlardan ma’lum. Pilla tolasi tarkibidagi seritsinni ajratib olish uchun 4-5 dona toza holatdagi pillani oldik( kapalagi yoki qurtiga aralashmagan holatdagi). Har bir pillani alohida-alohida olib, to’rg’adik. O’lchov stakani olib unga 50 ml 70% li etil spiriti quydik. Keyin to’rg’algan pillani kolbaga soldik, ustiga 50 ml 70% li etil spirit quyib yaxshilab aralashtirdik. Ekstraktni 3 sutka aralashtirib turdik. So’ngra uni filtr qog’oz yordamida filtrlab oldik.
Xulosa va takliflar
TORCH infektsiyasi kasalligi hozirgi kunda dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. TORCH infektsiyalari jins, yosh tanlamasdan insonlar hayotiga jiddiy xavf solib kelmoqda. TORCH infektsiyasi kasalligi homilador ayollar uchun judayam xavfli infektsiyadir. Bu infektsiyalar bilan kasallangan ayollarda homila bo’lmasligi, homila tushishi, homilaning bachadonda o’smay qolishi, o’lik chaqaloq tug’ilishi, chaqaloqlarni tug’iliboq nobud bo’lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
“TORCH infektsiyasi kasalligini davolashda ishlatiladigan sintetik dori-vositalarining kimyoviy tarkibi” mavzusidagi desertatsiya ishini bajarish davomida quyidagi xulosalarga kelindi:
TORCH infektsiyasi kasalligini davolashda foydalanib kelinayotgan zamonaviy – sintetik dori vositalari kasallikka yaxshi samara beryabdi lekin yaxshi samara berishi bilan bir qatorda qo’shimcha yon ta’sirlarni ham keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun TORCH infektsiyasi kasalligini davolashda biz tomonimizdan tavsiya etilayotgan pilla tolasi ekstraktidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Pilla tolasi ekstraktidan foydalanish yaxshi samara berishi bilan bir qatorda qo’shimcha yon ta’sirlarga ham ega emas.
1-tavsiya: pilla tolasi tarkibidagi seritsin ekstraksiya yo’li bilan ajratib olib, ajratib olingan ekstrakt suyuqlik bilan isre’mol qilinadi. Buning uchun 4 - 5 dona pilla maydalab to’rg’aladi, so’ngra 30 ml 70% li etil spirtida 3 - 4 sutka davomida saqlanadi. Hosil bo’lgan ekstrakt filtr qog’oz yordamida ajratib olinadi. Ajratib olingan ekstraktni xar kuni 3 - 4 tomchidan suvga qo’shib ichilsa yaxshi samara beradi.

Download 401.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling