Oliy talim fan va inovatsiyalar vazirligi Alfraganus universiteti nodavlat ta’lim tashkiloti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Qism, „Bilgi Serisi“ deb nomlanadi. Kılavuz: İslam'ı doğru anlamak (4 Cilt) Qism
Download 373.61 Kb.
|
1 2
Bog'liqImomning maneken qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imomning Maneken qizi
- Dunyoni faqat islom qutqaradi. Gunohning qayeridan qaytilsa ham, muhimi qaytish. Haqiqiy musulmon bolish uchun yurak kerak. Azoblaring ortib boryotgan bolsa, demak savobing ham ortmoqda.
Qism, „Bilgi Serisi“ deb nomlanadi.
Kılavuz: İslam'ı doğru anlamak (4 Cilt) Qism, „Civciv Ailesi“ nomli „Beyaz Seri“ toʻplamidir. Civciv Ailesini Tanıyalım Özür dileyen Civciv Karşılık Beklemeyen Civciv Soru soran Civciv Hastalanan Civciv Çimiçimi Civcivin Rüyası Civciv Ailesi Kır Gezisinde Suya Dalan Civciv Civciv Ailesi Yardım Ediyor Eşyasını Kaybeden Civciv Civciv Ailesi Dağılıyor Imomning Maneken qizi Turkiya kichik qishlog‘ining imomi, uning oilasi va jonajon qizi Fotimaning taqdiri, hayot yo‘llari orqali bugungi juda ko‘p davlatlardagi vaziyatlar, ikkilanayotgan yoshlar taqdiri ifodalangan ushbu asar og‘riqli nuqtalarni yodga soladi. Inson qanday bo‘lmasin o‘zligidan, asliyatidan voz kecha olmaydi. Qanday vaziyatda yashasa ham insoniyligini unutmasa bas. Nega Fotima chinakam botqoqqa bota olmadi? Unga nimalar qarshilik qildi? Muhit, do‘stlar, niyatidagidek hayot axir hammasi uni jirkanchga botishiga tayyor qilingandiku?! Shunchaki uni qonida asl musulmon insonning qoni oqmoqda. Xuddiki tilladek botqoq ichida ham botqoq rangiga kira olmayapti. Aslida juda ko‘p insonlarning ichida xuddi shunday ikki inson yashaydi. Ular o‘rtasida tinimsiz kurash sodir bo‘ladi. Ba'zilar xuddi Fotimadek "chap" tarafni tanlashadi. Ular ham qachondir yorug‘likka qaytishar. Lekin o‘sha yorug‘likkacha o‘talgan masofalar, yillar o‘ylantiradi meni. Yo‘qotishlar juda qadrli insonlaringiz bo‘lsa bag‘ringizni tilka-tilka qilganingiz-da keraksiz bo‘ladi. Asarda qahramonlar ko‘p. Ularni salbiy ijobiyga ajratish yaxshi emas. Har birining o‘z yo‘li, o‘z haqiqati bor. Hammasi o‘z hayoti uchun kimdandir o‘ch olmoqchi, yoki kimdir qaytmoqchi. Ammo muhimi qaytish, to oxirigacha bormasdan. Shu paytgacha asarlarda u muammo bo‘lmaganda bu voqea bo‘lmas edi, degan fikrdan yiroq bo‘lganman. Aybni izlash va ayblash oson, uni hamma ko‘ra oladi. Ammo aybga sabab aynan nima, vaziyat qandayligi ko‘p narsani ochib bera oladi. Fotimam, nahot sen hayotni yarqiroq deb o‘ylading, nahot asl hayot doimo avaylangan holda bo‘linishini tushunmading? Sen bu dunyosi faqir, u dunyosi muhtasham bo‘lgan otangning mehrini qo‘rqoqlik deb tushunding? Onangning mehridan o‘z manfaating yo‘lida foydalanding? Ammo sen qayerda bo‘lma imomning qizi ekanligingni, Fotima ekanligingni unutmading. Asarda juda ko‘p islomni bilmagan va tushunmagan insonlar duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatib o‘tib ketilgan: uydan qochish, aldanish, asliyatini o‘zgartish... Ammo islom qanchalar go‘zal. Agar tavba qilsang, tushunsang, anglasang sen yana qayta ulug‘lanasan. Asarda juda ko‘p ajoyib fikrlar bor. Lekin asarni yakunlagach shu fikrlar yodimga keldi: "Meni menda demang menda emasman, Bir men bordir menda mendan ichkari". Jamiyatda Fotimalar ko‘p, ammo xursand bo‘la olamizki, Yoqub imomdek otalar biz uchun chinakam Fotimalarni tarbilalay olishadi. Barcha "maneken" lar Fotimaligiga qaytsin... Fotimaning otasi Yoqub imom masjidda imomlik qiladigan, o‘lik yuvadigan, o‘z dinini puxta egallagan, farzandlarining ham diyonatli bo‘lishi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan soddadil inson. Yoqub imomning fe'l-atvoridan ko‘pchiligimiz ibrat olsak arziydi. U jahldan ko‘ra aqlni kuchli deb biladigan, har qanday vaziyatda ham jahl bilan emas, chiroyli muomala bilan masala yechimi topishga intiladigan go‘zal xulqli inson edi. Fotimaning onasi Gul xonim ham din-u diyonatli, soliha ayol. Lekin farzandi va turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga barham beraman deb ba‘zi xatolarga yo‘l qo‘yganini ko‘rishimiz mumkin. Har narsada bir hikmat bor deganlariday, Fotimaning uydan ketishi va asar so'nggida qaytishidan, shunday xulosa yasaladiki, uning bolalik onggiga singdirilgan asl e'tiqod pand bermadi! U o'z iymonini boy bermadi! Noshukurlik va ko'ziga go'zal ko'ringan dunyoga quchoq ochib intilishi poyoniga yetdi. U dinsiz emasdi, Allohga ham Qur'onga ham ishonardi, lekin unga chiroyli ko'ringan dunyoni go'zalliklarini asl yuzini bilmagani uchun atrofini o'ragan axloqiy va diniy hukmlar ichida yashash unga zindonday tuyulardi. O'qirkanmiz, yozuvchining bu ota gapini uqmas, manekenlik orzusidagi qizni olamning aldamchi so'qmoqlarida "o'ynatib" kelishidan ham hikmat topamiz, nafaqat qizning o'zi bu jilvakor olamda baxtli emasligini tan oldi, balki, u sabab bir qancha qiz haq yo'liga qaytib tavbalar qilsa, boshqalari gunohlarini anglab yetadi. Yana birlari uchun esa.. "...shunday savollar borki, javobini faqatgina narigi dunyoda olishimiz mumkin..." Islom dinimizning ahamiyati, yo'riqlarini unutmaslikni, bugungi va bundan keyingi zamonda gunohkor yoshlarni ogoh qilish, ota-onalarimizga hurmatni, izzatni aslo yo'qotmaslikni ilgari surgan ushbu asarni albatta o'qishni tavsiya qilaman. Asardan qaydlar: Dunyoni faqat islom qutqaradi. Gunohning qayeridan qaytilsa ham, muhimi qaytish. Haqiqiy musulmon bo'lish uchun yurak kerak. Azoblaring ortib boryotgan bo'lsa, demak savobing ham ortmoqda. Fotima juda baxtli qiz. Uning har qanday paytda yonida bo'ladigan otasi bor. Qanday gunoh qilsa ham Alloh kechirimli ekaniga ishontiradigan, inson xatolardan holi emasligini anglay oladigan va anglata oladigan padari buzrukvori bor. Qalbiga yoshligidan ilm urug'ini sochib, uning mevasini sabr bilan kuta oladigan pushti panohi bor. Qanday ham baxtli Fotima... Asar "Aldangan Ayselning taqdiri"ni eslatdi. Ikkisida ham islomiy oilaning dindan uzoqlashgan qizlari tasvirlangan. Yakun esa ajoyib. Hamma asar ham yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Lekin yaxshilik bilan tugagan asarlar baribir yaxshi. "Imomning maniken qizi" ham oxir-oqibat o'quvchi kutgan xulosaga keldi. Oilasiga qaytdi, Allohga qaytdi. Har bir musulmon shunday kech bo'lmasidan, qalbi butunlay muxrlanmasidan, tavbasi qabul bo'lmay qolishidan avval Allohga qaytsin. Download 373.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling