Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘G‘risida
Download 361.39 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
qabul qiluvchi tashkilot — stajirovka o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda o‘tkaziladigan yuridik
shaxs; qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari — zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka o‘tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini o‘tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga ko‘maklashish mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi. 2. Mazkur Nizom talablari: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 22-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2734-1, 16.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 10/21/2734-1/0682-son) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, o‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy OTMlariga, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o‘tashga yuboriladi. 4. Stajirovka: ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi; iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi; amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi; kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim. 5. Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka o‘tash dasturi asosida ishlab chiqarishda, ilmiy- tadqiqot muassasasida yoki xorijda o‘tashi mumkin. Download 361.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling