Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘G‘risida


Download 361.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.04.2023
Hajmi361.39 Kb.
#1334693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining

2-bob. Stajirovkani tashkil etish 
6. Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda 
uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim. 
7. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra magistratura talabasini 
stajirovka o‘tashga yuborish masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. 
8. Magistratura talabasi kadrlar iste’molchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka o‘tashga jalb 
qilinishi mumkin.
9. Stajirovka o‘tashga yuborilayotgan magistratura talabalari ro‘yxati OTMdan stajirovka rahbari 
ko‘rsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
10. Stajirovka o‘tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot 
tomonidan turar joy bilan ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 


11. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda 
o‘tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi 
xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari 
hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan hollar 
bundan mustasno.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli 
buyrug‘i
 (ro‘yxat 
raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 
10/21/3313/0724-son) 
12. OTM rektori (direktori) stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlaydi.
13. Stajirovka bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish OTMning magistratura bo‘limi tomonidan 
tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan 
shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 
14. Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish 
bo‘yicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda o‘tash 
hollari bundan mustasno.
15. Stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti
taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan ta’minlash, shartnomaning 
amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka o‘tashni 
tashkil etish bilan bog‘liq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi. 
16. Stajirovka o‘tash davrida stajirovka o‘tayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi 
tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek 
qabul qiluvchi tashkilotda amalda bo‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi. 

Download 361.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling