Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha huquq va majburiyatlari


Download 361.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana06.04.2023
Hajmi361.39 Kb.
#1334693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining

4-bob. Magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha huquq va majburiyatlari
22. Magistratura talabasi: 
stajirovkani o‘tash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish; 
stajirovka bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish; 
stajirovka yuzasidan zarur axborotlar olish huquqiga ega. 
23. Magistratura talabasi zimmasiga: 
stajirovkani belgilangan muddatlarda o‘tash; 
stajirovka o‘tash dasturida ko‘rsatilgan topshiriqlarni (ishlarni) belgilangan tartibda, to‘liq va 
sifatli bajarish; 
stajirovka kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka davomida bajarilgan 
ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish; 
qabul qiluvchi tashkilotda (davlatda) belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati 
yuklatiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
24. Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi 
ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham 
yuklatilishi mumkin. 
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli 
buyrug‘i
 (ro‘yxat 
raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 
10/21/3313/0724-son) 
5-bob. Stajirovka o‘tash bosqichlari 
25. Stajirovka o‘tash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 
tayyorlov bosqichi (stajirovka o‘tashning birinchi kuni);
asosiy bosqich;
yakuniy bosqich (stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi). 
26. Stajirovka o‘tashning tayyorlov bosqichida — qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari 
tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning 
tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajorga 
stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura 
talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o‘tash 
dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi.
27. Stajirovka o‘tashning asosiy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash 
dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
28. Stajirovka o‘tashning yakuniy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash 
davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda 
baholanadi.

Download 361.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling