Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


Download 384 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi384 Kb.
#1521384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
b0349796-5011-444e-a7c2-cd2ba9ae395b

Samarqand
Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina,
Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam
«Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi»,
«Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi
go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi
«Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi 1-ming
yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand
shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari
Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma
fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid.
VI—VII asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat
qilgan ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan. VII asr oxirida – VIII asr boshida arab
istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi.


1220 yil bahorida shaharni Chingisxonning qo’shinlari qo’lga olib, uning
qadimgi zaminigacha buzib tashlaganlar. XIV asr — XV asrning o’rtalarida
Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi
yuz beradi. Aynan shu davrda Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang
daryosigacha, Tyan-Shan tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan davlatning
poytaxti sifatida Samarqand jahonda mashhur bo’ladi. Amir Temur poytaxti
Samarqandni go’zal shaharga aylantirishni orzu qilar edi.
Hindiston, Afg’oniston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlari, Turkiyaga qilgan
har bir harbiy yurishdan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va
allomalarni olib kelar edi. O’z davlati ichida Temur yaratuvchi ijodkor edi. U
rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni saxiylar bilan qo’llab-quvvatlar edi.
Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo Ulug’bekka ham o’tadi, uning besh
asr avval yaratilgan yulduzlar katalogi va xaritasi butun dunyoni hozir ham hayratda
qoldiradi.
Aynan Temuriylarnig hukmronligi davrida Samarqand o’zinnig eng yuksak
kamolotiga yetgan edi.
Yevropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun
sharaf deb bilganlar.
Samarqand — afsonaviy shahar. Bu yerda har bir tosh, jarlik yoki suv havzasi
– o‘tmishdan so’ylovchi tirik bir ertak, shaharning har bir dahasi (guzari yoki
mahallasi) o’z afsonalarini go’yoki shajarasi kabi saqlab keladi. Ba’zan har bir
samarqandlikning qalbiga aziz bo’lgan biror bir tarixiy voqea yoki joy xam
afsonalarga ko’miladi.
Zamonaviy Samarqand - holisining soni va hududining kattaligi, sanoat
ahamiyatiga ko’ra O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi
shahri bo’lib, jahon turizmining markazidir. U Zarafshon daryosining o’rta oqimi
chap qirg’og’ining adirli qismida joylashgan.
Buxoro
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi
minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan
bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar
shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi. Boy
go’zal shahar juda ko’p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik
hujumlarining maqsadi bo’lgan, mo’g’ul-tatarlarning bosqini eng og’ir, yer bilan
yakson qiluvchi darajada bo’lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o’sha
joyda tiklanib, o’z zamini-yu a’analariga sodiq bo’lib qaytadan barpo bo’lar edi
Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997
yilda YUNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini
nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs – Siyovush
bilan bog’laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu
yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar
borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari
Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan
xonalari, o‘ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo‘lgan edi. Hozirgi paytda ular
tiklanmoqda.


Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar
sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara
usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir.
Somoniylar maqbarasi O‘rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan,
pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun,
ham bezatish uchun ishlatilgan.
Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan
Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning
sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland
bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq
aylanasidan o‘rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g‘ishtchalar bilan
bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib
kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi.
Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki
maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga
qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi
edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon
(«Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan
benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida
XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi
barpo etilgan.
Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb
hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov)
Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu
yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur
o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan
bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus
shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda
mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX
asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda
gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.
Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat
amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham
foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan
hovuzlar bo‘lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo‘lgan hovuz
Labi-hovuzdir.
Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu
madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-
saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi.
Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron
(«Zargarlarning
gumbazi»),
Telpak-Furushon
(«Telpaklar
sotuvchilarining
gumbazi») va Toqi-Sarrofon («Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi»)
saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi
qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda.
O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning
muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik


tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb
hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin
ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan
«Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino
(Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z
faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin
Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini
ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi.
Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi
deb hisoblanadi.
Buxorodan dunyoga taniqli bo’lgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar
Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqan. Lekin ayni shu shaharda, odamlarning gap-
so’zlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, o’tkir so’zli «tinchlikni
buzuvchi» latifago’y Xo’ja Nasriddin Afandi ham yashagan. Hazilkash donishmand
Afandining latifalari va teran fikrlari son-sanoqsizdir.
Musulmon allomalari, mutafakkirlarining, me’morlarning va shoirlarning
ko’p asrlik ijodiyoti tufayli shahar «Islom cho’qqisi», «Buxoroi Sharif», «Muqaddas
shahar» faxrli unvonlariga musharraf bo’lgan. O’ylaymizki, Buxoro shahri
haqiqatan ham bu unvonlarning barchasiga loyiq.
Shu bilan birga shahar zamonaviy sanoat va madaniyat markazidir. Unda
zamonaviy qurilgan aeroport, oliy o’quv yurtlari, kollejlar, litseylar. Teatrlar, sport-
sog’lomlashtirish inshootlari va markazlari ham mavjud.
Xiva
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir.
Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan
Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining
sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga
kirgan. Bularning hammasi YUNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona
ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-
qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan.
«Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi»
deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi.
Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehkonchilik to’g’risida hikoya qilgan.
Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq
havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir
nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva
shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil
qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi
tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan
holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer
kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va
turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan
qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga


aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon
bo’ladi.
An’anaga ko‘ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi
sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan
konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII
asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator
xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish
portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida
yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan
zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular
masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu
xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga
yaqinlashtiradi.
Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. Uning
o’ziga xos xususiyatlari – ikkitalik hujralardir. Old devorlarning naqshli
bezatilishida rangli g’ishtin termalarning qatlamlari hamda o’simlik tusidagi
naqshlar bo’lgan mayolika bilan qoplangan bezaklar kiritilgan. Eshiklar va
panjaralar ajoyib o’yma naqshlar bilan bezatilgan. O‘rta asrlar shaharlarini tashqi
devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavuur qilish qiyin. Xiva
shahri ham shunday. Ichan-kala avvaldan uni himoya qiladigan ulkan qal’a devorlari
bilan o’ralgan edi. XIX asr o‘rtasida esa Xivaning atrofida o‘nta darvozasi bo’lgan
yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq
halqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo‘ldi.
Xivaning ma’naviy hayotida muqaddas joylar — mozorlar va maqbaralar
alohida o’rin tutgan. Ayniqsa e’tiborli sajdagohlardan biri – kasbi ko’nchi bo’lgan,
jismi pahlavon, ruhi faylasuf, ko’ngli shoir bo’lgan Pahlavon Mahmud ismli
ulug’vor zotning maqbara majmuasidir. Vafot etganidan keyin xalq uni pir – Xiva
shahrining muborak homiysi sifatida e’tirof etgan. Asta-sekin Pahlavon
Mahmudning go’ri atrofida xonlar urug’iga daxldor kishilarning go’rlari joylashgan
mozor yuzaga keldi, keyin esa maqbaraga tegishli inshootlarning yirik majmuasi
barpo etildi, ular yozgi va qish mavsumidagi masjidlarni, ma’rakalar uchun
mo’ljallangan inshootni va Qur’on o’qish xonalarini o’z ichiga oladi.
O’rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo’lgan. Bu yerda yirik fan
markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk
olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) yashagan va ijod qilgan.
Shoh Ma’mun ibn Muhammad huzurida o’rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari
ishlagan, ular «Ma’mun Akademiyasi» ni tashkil qilganlar. Sharqda mashhur
bo’lgan XIX asr shoirlari Shermuhammad Munis va Ogahiylar bu yerda o’z
asarlarini yaratganlar. Shahar «Xorazm vohasining durdonasi» nomiga sazovor
bo’lgani bejiz emas.
O‘zining gullab-yashnagan davrida Xorazm davlati xalqaro savdoning eng
yirik markazi, Buyuk Ipak yo’lining asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qismi edi. Bu
yerga Volgabo’yidan, Hindiston, Eron davlatlaridan savdogarlar kelar edi, savdo
karvonlari bu yerdan Yaqin Sharqqa, Sharqiy Turkiston va Xitoyga ketar edi.
Xivadan turli-tuman savdo yo’llari Mo’g’ulistonga, Qozog‘iston dashtlari orqali
Volga irmog’idagi skvdo shahri bo’lgan Saksin shahriga, undan rus knyazliklari va


Yevropaga olib borar edi. Arxeologlar qadimiy karvon yo’llarining yangi-yangi
yo’nalishlarini, jumladan, Xorazmdan Mang’ishloq tomonga va u yerdan dengiz
orqali Quyi Volgabo’yiga yo’nalishlarni ochmoqdalar. Bu xivalik savdogarlar
Markaziy Osiyo davlatlarining Sharqiy Yevropa bilan olib borgan savdosining katta
qismini o’z qo’llariga olganligidan dalolat beradi.
Kechqurun qorong’i tushganda va oy – musulmonlarning muqaddas ramzi
minoralarning tepalarini, masjidlar gumbazlari va madrasa darvozalarini jozibali
nuri bilan yoritganda xuddi sehrli shaharga kelib tushgandek ko’rinadi. Xiva
shunday afsonaviy shahardir.

Download 384 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling