Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY


Download 384 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi384 Kb.
#1521384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
b0349796-5011-444e-a7c2-cd2ba9ae395b

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MAʼLUMOTLAR
NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTINI TASHKIL ETISH
TO‘G‘RISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
https://uza.uz/uz/posts/namangan-toqimachilik-sanoati-institutini-
tashkil-etish-togrisida_413237
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
https://lex.uz/docs/-6218489
VENGRIYAGA TASHRIF HAMKORLIK ALOQALARINI YUQORI
BOSQICHGA OLIB CHIQISHGA XIZMAT QILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya
tomonining taklifiga binoan 3-4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu
mamlakatda bo‘ldi.
4-oktabr kuni Budapesht shahrida Vengriya Parlamentining binosi
ro‘parasidagi “Layosh Koshut” nomidagi maydonda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga piyoda va otliq askarlardan iborat
faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari ijro etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Prezidenti Katalin Novak rasmiy
delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Marosim yakunida faxriy qorovul tantanali saf tortib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida Budapesht
shahrining “Qahramonlar” maydonidagi Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.
Prezidentimiz Vengriya davlatchiligini barpo etishga hissa qo‘shgan buyuk
arboblar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 
Ushbu
maskan
Budapeshtning
bosh
maydonlaridan
biri
bo‘lib,
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Maydon markazida Ming
yillik ustuni qad rostlagan, uning poyida mojar qabilalarining 7 nafar boshlig‘ining
haykali o‘rnatilgan. Ushbu yodgorlik vengerlarning bugungi vatanini topishi va
Vengriya qirolligiga asos solinishiga bag‘ishlangan.


Majmuada venger xalqining atoqli namoyandalari haykallaridan iborat 2 ta
kolonnada joylashgan. Yodgorlikning old tomonida Vengriya qahramonlari sharafiga
xotira toshtaxtasi o‘rnatilgan.
Budapesht shahridagi Shandor saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuvi bo‘lib
o‘tdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Faxriy mehmonlar kitobida qayd
qoldirdi, yetakchilar birgalikda suratga tushishdi.
Prezidentlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik
munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Xalqlarimizning azaliy tarixiy aloqalari mushtarak qadriyatlar va do‘stona
munosabatlarni mustahkamlash uchun poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani
ta’kidlandi. Arminiy Vamberi va Isxak Ibragim kabi sharqshunos olimlar tarixiy
rishtalarimiz va boy madaniy merosimizni o‘rganishga katta hissa qo‘shgani alohida
qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, siyosiy muloqot
chuqurlashib, o‘zaro ko‘mak davom ettirilayotgani, parlamentlararo va jamoatchilik
aloqalari kengayib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ustuvor
ahamiyatga ega. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi qariyb uch barobar oshgani
qayd etildi.
Bu boradagi ishlarni faollashtirishda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston
– Vengriya hukumatlararo komissiyasi va 3-oktabr kuni Budapeshtda ikkinchi
yig‘ilishini o‘tkazgan O‘zbekiston – Vengriya Ishbilarmonlar kengashi muhim o‘rin
tutmoqda.
Tomonlar O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ preferensiyalar tizimiga
qo‘shilgani o‘zaro savdoni salmoqli darajada ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish
uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladilar.
O‘zbekiston – Vengriya hamkorligini rivojlantirishda madaniy-gumanitar soha
alohida o‘ringa ega. Vengriya hukumati “Xungarikum” dasturi doirasida
o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar uchun har yili ajratiladigan kvotani 170 tagacha
oshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgani aytildi.
O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi
forumini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar
yuzasidan ham fikr almashdilar, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol
muloqotni va o‘zaro ko‘makni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti Vengriya Prezidentini o‘zi uchun
qulay vaqtda mamlakatimizga borishni taklif etdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Budapesht shahrida
Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, Savdo-sanoat
palatasi raisi Laslo Parrag, «OTP Bank» raisi Shandor Chani, shuningdek, «Gedeon
Richter», «Bonafarm», «Wizz Air», «Raba Holding», «Meditop», «Master Good»,
«Kite» kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiya rahbarlari ishtirok
etdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston yetakchisining xorijiy mamlakatlarga tashriflari
davomida ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi an’anaga aylangan. Bunday
tadbirlar bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning savdo-iqtisodiy
yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlarini ilgari surish, chet el sarmoyadorlarini o‘zaro
manfaatli loyihalarga jalb etishga xizmat qiladi.
Vengriya – Yevropaning eng tez iqtisodiy jihatdan o‘sib borayotgan
mamlakatlaridan biri, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, moliya va axborot
texnologiyalari sohalarida ulkan salohiyatga ega davlat.
Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal
rivojlanmoqda. Qo‘shma korxonalar va investitsiyalar hajmi oshmoqda.
Uchrashuvda farmasevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, elektronika va
elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm tarmoqlari va avtomobilsozlik kabi
sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning
barcha
soha
va
tarmoqlarini
tubdan
takomillashtirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy
natijalarini sanab o‘tdi: valyuta bozori va foydani repatriatsiya qilish erkinlashtirildi,
davlat aktivlari va banklarni, sanoat va infratuzilma ob’ektlarini xususiylashtirish
dasturi boshlandi, soliq tizimi isloh qilindi.
– Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlar uchun maksimal
darajada qulay sharoitlar yaratish, yurtimizda xorijiy biznes faoliyatini kengaytirish
borasidagi ishlarni davom ettirish maqsad qilingan. Eng muhimi, xorijiy biznes
vakillari yangilanishlarimizga ishondi, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Uchrashuvda ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma fond tashkil
etilishi va u tez fursatda ish boshlashi aytildi.
Faqat Vengriya kompaniyalari uchun mo‘ljallangan alohida sanoat zonasini
yaratish va uni barcha zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash taklif
etildi.
Davlatimiz rahbarining fikricha, bo‘lajak qo‘shma loyihalar hamda ularning
doirasida vengriyalik sheriklarning ilmiy ishlanmalari, konstruktorlik innovatsiyalari
va texnologiyalari o‘zlashtirilishi katta sinergetik samara beradi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya delegatsiyasining har bir a’zosi bilan
alohida muloqot qildi. Aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari haqida
batafsil fikr almashildi. O‘zbekiston tomoni Vengriya ishbilarmonlariga ularning
investitsiya rejalarini ro‘yobga chiqarishda to‘liq ko‘maklashishga tayyorligi qayd
etildi.
– Har bir tadbirkorni mamlakatimizga kelib, bugungi kunda investitsiyalar
uchun eng yaxshi joy O‘zbekiston ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilishga taklif
etaman, – dedi Prezidentimiz.
Vengriya ishbilarmon doiralari vakillari, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdi hamda mamlakatimiz
bozoriga chiqish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini
bildirdilar.
Kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston – Vengriya biznes forumida umumiy qiymati 1
milliard dollardan ziyod investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolangani
ham tomonlar hamkorlik qilishdan manfaatdorligining navbatdagi yaqqol tasdig‘i
bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida ilgari surilgan barcha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha
aniq muddatlar va mas’ul ijrochilar ko‘rsatilgan kompleks “yo‘l xaritasi”ni qabul
qilishga kelishib olindi.
O‘zbekiston vazirlik va idoralariga vengriyalik hamkorlarning yurtimizda
muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida har tomonlama
ko‘maklashish topshirildi.
Budapeshtdagi “Karmelita” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tor doirada ikki tomonlama
muzokara o‘tkazdilar.
Suhbatda O‘zbekiston – Vengriya strategik sherikligini yanada kengaytirish va
mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Prezidenti do‘st Vengriya yetakchisiga tashrif davomida
ko‘rsatilgan samimiy qabul va iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik
jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd
etdi. Viktor Orbanning 2021 yil martda yurtimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan
kelishuvlar O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarida yangi sahifa ochgani hamda ikki
tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘targani alohida ta’kidlandi.
Muzokaralarda qo‘shma investitsiya loyihalarini sanoat kooperatsiyasi orqali
amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu ma’noda ikki mamlakat iqtisodiyoti
bir-birini
to‘ldirib
turishi,
rivojlanish
strategiyalari
diversifikatsiya
va
industriallashuvga qaratilgani bilan bir-biriga o‘xshashligi qayd etildi.


Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash oshgani, uni yanada ko‘paytirish
uchun barcha imkoniyatlar va omillar mavjudligi ta’kidlandi. O‘zbekiston
Yevroittifoqning «GSP+» a’zosi maqomiga ega ekani ham bunga xizmat qiladi.
Tomonlar o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, tayyor mahsulot
ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma quvvatlar yaratish va shu orqali MDH, Sharqiy va
Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqishga intiladi.
Farmasevtika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, innovatsiyalar,
raqamlashtirish, transport hamda ilmiy tadqiqotlar hamkorlik uchun istiqbolli
yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham
muhokama qildilar. Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan, BMT, YeXHT, Turkiy davlatlar
tashkiloti va boshqalar doirasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Vengriya Bosh vaziri joriy yilning noyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan
Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh
vaziri Viktor Orbanning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari
ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Yetakchilar O‘zbekiston – Vengriya munosabatlari 2021 yilda strategik
sheriklik darajasiga ko‘tarilgani chinakam tarixiy voqea bo‘lgani hamda
xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligi va o‘zaro manfaatli hamkorlikning bugungi
rivojiga to‘liq hamohangligini ta’kidladilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni
yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi qariyb 3 barobar
ko‘payganini qayd etdi. Tomonlar kelajakda tovar ayirboshlashni 500 million dollarga
yetkazish rejasini ro‘yobga chiqarishga kelishib oldilar.
Viktor Orban Vengriya O‘zbekistonni o‘zining muhim va uzoq muddatli
hamkori deb hisoblashini ta’kidladi. Ushbu tashrifning boy dasturi ham o‘zaro
muloqotni har tomonlama rivojlantirishga intilish qat’iyligidan dalolat beradi.
Qishloq xo‘jaligi, transport, farmasevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat,
elektrotexnika, suvni tejash va sanoat sohalaridagi kooperatsiyaga yangi kuchli sur’at
bag‘ishlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shu maqsadda hukumatlarga ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun tez
fursatda qo‘shma fond tuzish topshirildi.
Shu bilan bir qatorda biznes-forum va ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazib
boriladi, imkoniyatlar maksimal darajada ishga solinadi, o‘zaro manfaatli
hamkorlikning barcha yo‘nalishlari qamrab olinadi.
Tomonlar yaqinda o‘tkazilgan biznes forumning muvaffaqiyatli yakunlari,
ya’ni qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan investitsiya va savdo bitimlari


imzolangani samarali hamkorlikning aniq amaliy natijasi bo‘lganini mamnuniyat
bilan qayd etdilar.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida
Budapeshtda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasini ochish
yuzasidan kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari mamlakatlarimiz
o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash
borasidagi intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.
Budapesht shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki
tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston
Respublikasi va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risida
qo‘shma bayonot imzoladilar.
Hujjatda muzokaralar do‘stona, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgani qayd
etilgan, har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish ko‘zda tutilgan,
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida
O‘zbekiston – Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga
qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi. Bular:
- 2023-2024 yillarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma
dastur;
- Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar rejasi;
- Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha harakatlar
rejasi;
- Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Fanni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Shuningdek, bojxona, adliya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bog‘dorchilik va
issiqxona xo‘jaligi, uzumchilik, investitsiya sohalarida, O‘zbekiston Respublikasi
davlat boshqaruvi akademiyasi va Vengriya Davlat xizmati universiteti, Samarqand
viloyati va Xaydu-Bixar okrugi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va
Tashqi ishlar va savdo instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Vengriya qishloq
xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar
imzolandi.

Download 384 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling