Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


BU MINORLAR — BIZNING QADDIMIZ…


Download 384 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi384 Kb.
#1521384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
b0349796-5011-444e-a7c2-cd2ba9ae395b

BU MINORLAR — BIZNING QADDIMIZ…
ESKI SHAHAR
Bibixonim dahmasi xarobasida
so‘nggi bor aks etar va so‘nar quyosh.
Uyg‘ona boshlaydi kun nafasidan
mudrab uxlab qolgan qora qabrtosh.
Tor, qiyshiq ko‘chalar adashib qolib,
ilondek o‘rmalar nurafshon tunda.


Tovlana boshlaydi qayg‘uga to‘lib
“Ziji Ko‘ragon”ning aksi osmonda.
Mudrar sezgir qushlar butoqlar aro,
ularning uyqusin buzar shamollar
va qaysar eshagin niqtab besado
uyga qaytayotgan bozorchi chollar.
Tomga uchib tushgan yorqin bir yulduz
kuydira boshlagan paytda o‘tlarni,
munkaygan chol kabi qarigan kunduz
Shohizinda tomon pisib o‘tardi…
E
ski shahar uxlar, mudragan toklar
paxsa devorlarni mahkam quchoqlar.
Uxlaydi boxorda qovunu-noklar,
Tushlariga kirib muattar bog‘lar.
Tungi sukunatda to‘kilar yerga
yillar nafasidan nam tortgan sho‘rxok.
Boladek mo‘ltirab boqar shaharga
bir chetda biqinib olgan mitti bog‘.
Xurshid Davron

Download 384 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling