Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga
etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash
Download 410.82 Kb. Pdf ko'rish
|
15-hafta
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yoshlar balansi”
- Davlat xavfsizlik xizmati
- “Yoshlar daftari”
- 45 979 nafar (61,6
etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish
muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish belgilandi. Shuningdek, quyidagilar ham yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi: “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish; – mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish; – yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish; – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash. 2021-yil 27-yanvarda Davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan vidoselektor yig‘ilishida uyushmagan yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish uchun mas’ul etib – Davlat xavfsizlik xizmati belgilab berildi. Yangi tizim doirasida: – uyushmagan yoshlarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni kasb- hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash; – ular o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ko‘lamini kengaytirish, ularni sportga keng jalb qilish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish; – ularning huquqiy ongi va madaniyatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. O‘z navbatida, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Komissiyaning asosiy vazifasi: – yetakchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularga o‘z vazifalarini lozim darajada amalga oshirishi uchun uslubiy ko‘maklashish; – mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla-tuman- viloyat-respublika” boshqaruv tizimini yaratish ishlari samaradorligini nazorat qilish; – yetakchilar faoliyatida yuzaga kelayotgan vujudga kelayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni ta’minlash etib belgilandi. Ta’kidlash joizki, ishsiz yurgan, muammoli va uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlarni “mahallabay” tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. 2021-yil 12 oyida 9 314 ta mahallalardan 2 639 tasida (28,3%) jinoyatlar sodir etilmagan, 3 047 tasida (32,7%) oshgan, 3639 tasida (39 %) kamaygan. Bu borada, har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar kiritiladigan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga asosan, “Yoshlar daftari”ning yuritilishi uchun Yoshlar ishlari agentligi mas’ul hisoblanadi. “Yoshlar daftari”ga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritilishi belgilab olindi: – ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar; – iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar; – psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar; – ishsiz yoshlar. “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning istagiga qarab, quyidagi ishlar amalga oshirildi: – 45 979nafar (61,6%) yoshlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi; – 14 072 nafar yoshlarga (95,9%) kredit ajratildi; – 55 453nafar yoshlarga yer ajratildi; – 6 853 nafar yoshlar “ustoz-shogird” an’anasi asosida hunarmadlarga biriktirildi; – 13 584nafar yoshlarga subsidiya ajratildi; – 7 269nafar yoshlarga (29,8%) ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda jami 152 573 nafar (95,9%) yoshlar ro‘yxatdan chiqarildi. Shu o‘rinda, “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos: – doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda; – to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlar belgilangan tartibda to‘lab berilganda; – tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning ijara xarajatlari qoplanganda yoki mazkur faoliyat uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilganda; – turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda; – malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda; – to‘liq davlat ta’minotiga olinganda; – aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda; – o‘z arizasiga ko‘ra; – boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda; – sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda; – arizachiga ko‘mak berish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda; – arizachi vafot etgan taqdirda. Barcha holatlarda hisobdan chiqarish xalq deputatlarining tuman (shahar) kengashlari qarori asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Prezidentning 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Download 410.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling