Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga
Download 410.82 Kb. Pdf ko'rish
|
15-hafta
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston yoshlari forumi
35 mln 271 ming aholining 9,4 mln yoki 26,9 foizini yoshlar
(18-30 yosh), 12,7 mln yoki 36,3 foizini esa voyaga yetmaganlar tashkil etadi (18 yoshgacha). Ushbu ko‘rsatkichning o‘zi masala nechog‘li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularga zamonaviy bilim olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash masalalari Davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi. Shu o‘rinda, yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan baza yaratildi. Xususan, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik qo‘lga kiritilganidan 3 oy o‘tmasdan, ya’ni 1991-yil 20-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2016-yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shu bilan birga huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlarining kundalik faoliyatida aniqlangan muammolar, bu boradagi faoliyat asoslarini belgilovchi qonun hujjatlaridagi kamchiliklar mavjudligi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligini belgilab berdi. Loyihaning asosiy g‘oyasi huquqbuzarliklar profilaktikasining ustuvor vazifalari, tamoyillari va turlarini, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bevosita shug‘ullanuvchi organlar va muassasalar tizimini, shuningdek, ularning vakolatlarini qonunchilik darajasida mustahkamlashdan iborat. Normativ-huquqiy bazaning tahlili shuni ko‘rsatdiki, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari qonunlarning alohida normalari, Hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. Bu holat huquqbuzarliklar profilaktikasi subektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini lozim darajada ta’minlamadi. Shuningdek, loyihani tayyorlashda huquqbuzarliklar profilaktikasini qonunchilik bilan tartibga solish sohasidagi MDH davlatlari va uzoq xorij davlatlarining tajribasi hisobga olindi. Xalqaro amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bir qator xorijiy mamlakatlarda (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar) huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yagona qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 2014-yil 14-mayda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qabul qilingan Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning izchilligi va tartibliligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini tartibga soluvchi huquqiy normalarni birlashtirishga qaratilgan. O‘tgan besh yil mobaynida Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2021-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, mazkur hujjatlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli Qarori yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor va dolzarb yo‘nalishlarini belgilab berdi. Harakatlar strategiyasida ham O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi. Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi va o‘z faoliyatini boshladi. Yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini ta’minlashga, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish profilaktika kuni sifatida belgilangani bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, o‘smirlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini mustahkamlash, ota-onalar hamda vasiylik organlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim yo‘nalish bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oila, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik zimmasiga yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olish, hududlarda voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berish vazifalari yuklatildi. 2021-yilning 26-mart kuni qabul qilingan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni Harakatlar strategiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalar ijrosida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Farmon 2021-yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 32-bandi ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Farmonga ko‘ra, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning o‘zida hal yetilishi belgilandi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi. Dastlab Toshkent va Samarqand viloyatlarida, yil yakuniga qadar yesa respublikaning boshqa hududlarida profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi yaratildi. 2020-yil 25-dekabrda ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumi davomida yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar atroflicha tahlil qilinib, bugungi kunda yoshlar masalalari bo‘yicha oldimizda turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. Bunda, Muhtaram Prezidentimiz tomoningizdan ilgari surilgan “Yangi Download 410.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling