Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


O‘ZBEKISTON XALQIGA BAYRAM TABRIGI


Download 410.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana18.12.2022
Hajmi410.82 Kb.
#1029122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
15-hafta

O‘ZBEKISTON XALQIGA BAYRAM TABRIGI
Qadrli vatandoshlar!
Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni
mamlakatimiz hayotidagi ulug‘ tarixiy sana – O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy
muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni
izhor etaman.
Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat,
erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib
kelayotgan Asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida, g‘oyat og‘ir va murakkab bir sharoitda
qabul qilingan Konstitutsiyamiz bergan huquq va imkoniyatlar tufayli el-yurtimizning


fidokorona mehnati bilan o‘tgan davrda hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida
ulkan yutuq va natijalarni qo‘lga kiritdik.
Ana shunday mustahkam huquqiy asosga tayanib, keyingi yillarda
mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik islohotlar jadal amalga oshirilmoqda.
Eng muhimi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizning mazmuni, vatandoshlarimizning
ongu tafakkuri, dunyoqarashi tubdan o‘zgarmoqda. Yurtimizda yashayotgan har bir
fuqaro, millati, tili va dinidan qat’i nazar, jamiyatimizning teng huquqli a’zosi, o‘z
taqdirining chinakam egasi, mamlakatimizdagi barcha o‘zgarish va yangilanishlarga
o‘zini nafaqat daxldor, balki bu jarayonlarning bevosita ishtirokchisi, erkin va
bunyodkor inson sifatida his etmoqda.
Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va
erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini
ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan shu bois har qancha faxrlansak, g‘ururlansak,
arziydi, albatta.
Muhtaram do‘stlar!
Dunyo miqyosida “Yangi O‘zbekiston” degan ibora paydo bo‘lib,
Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori tobora ortib bormoqda.
Barchangiz xabardorsiz, shu kunlarda mamlakatimizda Asosiy qonunimizga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Ushbu
konstitutsiyaviy islohotlarni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni
va mantig‘i, xalqimiz bildirayotgan talab, istak va takliflar, muxtasar aytganda,
shiddat bilan o‘zgarayotgan davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Shu sababli hozirgi vaqtda “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni
Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, kundalik hayotimizga chuqur singdirishimiz
zarur.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini
himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash bu boradagi
islohotlarimiz markaziga olib chiqilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy davlat tamoyili, oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini
mustahkamlash, keksa avlod vakillarini, nogironlarni ishonchli himoya qilish, xotin-
qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholiga malakali tibbiy xizmat
ko‘rsatish, ta’lim va ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish, fuqarolarning ekologik
huquqlarini ta’minlash, ekologik muvozanatni saqlash, fuqarolik jamiyati institutlari
hamda mahallaning huquq va vakolatlarini kengaytirish, ommaviy axborot vositalari
erkinligini ta’minlash kabi ko‘plab prinsipial ahamiyatga ega masalalar Asosiy
qonunimizda muhrlab qo‘yilmoqda.
Bu jarayonda siz, aziz vatandoshlarimiz – turli kasb va ijtimoiy guruhga mansub
fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan barcha taklif, fikr va mulohazalar albatta
inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi.
Ayni shu asosda Bosh qonunimiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq
Konstitutsiyasi bo‘ladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Pandemiya sharoitiga qaramasdan, mamlakatimizda mehnat jamoalarida,
mahalla va ta’lim maskanlarida, xonadonlarda Konstitutsiya bayrami, ehtiyot
choralariga amal qilgan holda, ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.


Biz yaqinlashib kelayotgan yangi – 2023 yil uchun ulkan dastur va rejalarni
tuzmoqdamiz. Konstitutsiyamizda belgilab olayotgan ezgu maqsadlarni ro‘yobga
chiqarish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va
hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, yangi uy-joylar
barpo etish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha katta-katta vazifalar bu dasturlarda
o‘zining aniq ifodasini topmoqda.
Ishonchim komilki, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, fidokorona mehnat qilib,
o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga albatta erishamiz.
Aziz va muhtaram vatandoshlar!
Sizlarni, butun xalqimizni Konstitutsiyamizning qutlug‘ bayrami bilan yana bir
bor
samimiy
tabriklab,
barchangizga
sihat-salomatlik,
oilaviy
baxt,
xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin!
Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling