Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


NOTARIAL HARAKATLARDA AHOLIGA QULAYLIK


Download 410.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana18.12.2022
Hajmi410.82 Kb.
#1029122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
15-hafta

NOTARIAL HARAKATLARDA AHOLIGA QULAYLIK
OSHIRILMOQDA
Prezident Shavkat Mirziyoyev notarial jarayonlarda aholiga qulayliklarni
oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.


Bugungi kunda notariuslarda davlat boji stavkalari juda ko‘p toifalarga
ajratilgani sababli ularni hisoblashda noqulayliklar tug‘ilmoqda. Xususan,
avtomototransport vositalari bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlash uchun davlat boji
12 ta, ko‘chmas mulk, garov, ipoteka va lizing shartnomalari bo‘yicha 6 ta toifaga
bo‘lingan.
Shu bois davlatimiz rahbari notarial harakatlar tizimini soddalashtirish va
aholiga qulayliklarni oshirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga asosan, “Davlat boji
to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi
ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat bojlarining
stavkalari optimallashtirilmoqda.
Masalan, hozirda davlat boji stavkalarini hisoblashda uy-joyning maydoniga,
avtomototransport vositalarining dvigatel quvvati va ishlab chiqarilgan yiliga
qaraladi. Endi bu boradagi toifalar qisqartirilib, stavkalar birxillashtirilmoqda,
ayrimlari kamaytirilmoqda.
Jumladan, ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini notarial
tasdiqlash uchun davlat boji, uning maydonidan qat’i nazar, Toshkent va Nukus
shaharlari hamda viloyat markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari,
boshqa joylarda 0,5 baravari miqdorida, eng past stavkada belgilanmoqda.
Garov, ipoteka, lizing va qarz shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun
tabaqalashgan bojlar birxillashtirilib, yagona stavka o‘rnatilmoqda.
Avtotransport oldi-sotdisini notarial tasdiqlashda, dvigatel quvvati va ishlab
chiqarilgan yilidan qat’i nazar, bir xil stavkada – bazaviy hisoblash miqdorining 3
baravari miqdorida boj undirilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, mol-mulkni ijaraga berish yoki undan tekin foydalanish,
avtomototransport bo‘yicha ishonchnoma berish kabi kelishuvlarni notarial tasdiqlash
uchun boj miqdori kamaytirilmoqda. Fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan
pensiya ta’minotiga nisbatan merosxo‘rga guvohnoma berish uchun davlat boji bekor
qilinmoqda.
Mazkur qonunning qabul qilinishi notarial jarayonlarni osonlashtirishga, turli
noaniqlik, nizo va korrupsiya holatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Yiliga 100
milliarddan so‘mdan ortiq mablag‘ aholi ixtiyorida qoladi.

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling