Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI”


Download 410.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana18.12.2022
Hajmi410.82 Kb.
#1029122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
15-hafta

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI”
MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN
YORDAMCHI MATERIALLAR
Mavzu: Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz
Yoshlik – insonning porloq kelajagi uchun urug‘ qadaydigan davrdir.
Hayotning ushbu pallasini o‘z salohiyatini oshirish, jamiyatda munosib o‘rin
egallashga intilgan yoshlarning kelajagi nurafshon. Ammo, ayrimlar “yoshlik –
beboshlik” deya nojo‘ya harakatlarga qo‘l urib jinoyat ko‘chasiga kirib, o‘z boshiga
kulfat solib qolganlarini bilmay qolyapti. Agar ular ham o‘z muvofaqqiyatlari bilan
yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yoshlardan ibrat, o‘rnak olganlarida, ota-onalari
farzandlariga befarq bo‘lmaganlarida edi bugun yoshlar o‘tasida jinoyatchilik ancha
kamayardi. Adashgan yoshlar mayda bezorilik, o‘g‘irlikka qo‘l urib bebaho va
betakror umrning oltin davrini panjara ortida o‘tkazmagan, yurug‘ kelajagiga bolta
urmagan bo‘lardilar.
Hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik sonining ortib borayotgani, har
birimizni tashvishga solayotgan va ayni paytda jamiyat va davlatning oldida turgan
dolzarb muommolardan biri sifatida e’tirof etilishi, uning oldini olish naqadar
muhim
ekanligini
ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning “Agar farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har
kuni, har daqiqa uni yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni
ilm-u hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy
berib qo‘yishimiz hech gap emas” deya ta’kidlagan fikrlari ham yoshlarning
huquqiy bilimlarini oshirish, chin ma’noda vatanparvar etib tarbiyalash, ularning
o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish dolzarb
masala ekanligini anglashimiz mumkin. Borgan sari murakkablashib borayotgan
tahlikali va ziddiyatli dunyo tevaragi eng avallo, ertangi kunimizning kelajagi
bo‘lgan yoshlarimizni turli yot mafkuralar ostida jinoyatga moil bo‘lib
ulg‘ayishining oldini olish ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Mamlakatimizda yoshlar va voyaga yetmaganlar huquq-yerkinliklarini
ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza yetish, eng asosiysi, barkamol


avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga
yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza
yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy yetish hamda yoshlarni moddiy-
ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz
aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda
Respublikada jami

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling