Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga
“Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga
Download 410.82 Kb. Pdf ko'rish
|
15-hafta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30 foizi
- 10 mln 800 ming so‘m
“Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga
ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan: – yoshlarga haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish; – yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash; – yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish; – yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish (2022-yilning 1-apreldan kiritiladi); Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Shuningdek, yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi. Bu boradagi xarajatlar Davlat budjetidan qoplanadi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga asosan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming so‘m) qismi qoplab berilishi mumkin. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish, asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda (10 mln 800 ming so‘m) Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha to‘lov- kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan (13 mln 500 ming so‘m) miqdorda amalga oshiriladi. Bu boradagi ishlar respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilishi alohida nazoratga olindi va bundan buyon 3 ta daftarga kiritilgan 3-sektor aholisining ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash borasida har bir mahallada joriy etilgan hokim yordamchilari bilan uzviy hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Download 410.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling