Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida oliy ta’limdan keyingi ta’lim


Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 65.08 Kb.
bet3/16
Sana31.12.2022
Hajmi65.08 Kb.
#1074020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mustaqil ta`lim pedagogika

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona institutida “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.


Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Bojxona instituti, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbarlari va mas'ullari ishtirok etdilar.
Ilmiy-amaliy seminarda IIV Malaka oshirish instituti Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash kafedrasi boshlig'i, polkovnik Ulubek Rasulev so'zga chiqib, mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtirilayotganligi, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishning sifat jihatdan yangi tizimi, ya'ni ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash tartibiga uzluksiz o'quv-kar`era jarayoni tizimi kiritilganligini, o'quv jarayonini zamon talablariga mutanosib ravishda tashkil etishga alohida e'tibor qaratilayotganligini, xodimlar malakasini oshirishda innovatsion usullarni qo'llash, uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish, unda ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va vazifaga qo'yishning shaffof tizimini yaratish, korruptsiyaga qarshi murosasiz jamiyatni barpo etish, kadrlar malakasini oshirish tizimini mustahkamlash asosiy vazifalardan ekanligini ta'kidladi.
Malaka oshirish kurslari o'quv jarayoniga o'qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta'lim shakli ham joriy etildi. Boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish bo'yicha qator yangi kurslar tashkil etildi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar keng qamrovli va jadal islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlangan davlatlar darajasiga ko'tarish muhim masala ekanligini qayd etishdi. Ilmiy-amaliy seminarda xulosa va takliflar muhokama qilinib, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish respublikamiz malaka oshirish muassasalari faoliyatidagi ilg'or tajribalarni o'rganish, tizimdagi mavjud muammolarni echimi yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi.



Download 65.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling