Fond bozori rivojlanishining pastligi mablag'lar diversifikatsiyasi
imkoniyatlarini sezilarli darajada chekladi. Mablag‘lar shakli, asosan
tijorat banklari va boshqa jamg‘arma muassasalari orqali qisqa muddatli
va uzoq muddali kreditlar shakliga o'zgardi.
Shuning uchun, barcha
moliyaviy shartnomalaming ko‘pgina ulushi banklar qo‘liga yig‘ildi va
ularning kredit siyosati sanoat korporatsiyalarini moliyalashtirishga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo'naltirilgan1.
Buning hammasi banklar tomonidan sanoat korporatsiyalarini uzoq
muddatli kreditlashtirish vazifasi va ularning
faoliyatini nazorat qilish
vazifalarini olib borishga undadi, chunki aynan shu holda kredit
qo‘yilmalarning samarali ishlatilishiga ishonsa bo‘ladi.
Bundan
tashqari, bozorga yo‘naltirilgan moliyaviy tizimga ega
mamlakatlardan farqliroq banklarga yo‘naltirilgan moliyaviy tizimga
ega mamlakatlarda
korporatsiyalarni guruhlash, moliyaviy va sanoat
kapitalini integratsiya qilishga erkin munosabatda bo'lish hos. Nafaqat
sanoat korporatsiyalar!, balki tijorat banklari ham, odatdagidek, mabla-
g‘larni kiritishni tanlash va boshqa korporatsiyalar faoliyatini nazorat
qilishda qat’iy cheklovlarga ega bo‘lmaganlar
va ushbu cheklovlar
hozir ham mavjud emas. Aynan shu bilan banklar va sanoatning yaqin
aloqalari xususiyatlarining sababi hamda aksiyadorlik kapitallarining
yuqori darajadagi to'planishi.
5.4. Korporativ tuzilmalarni bosbqarishning
Germaniya modeli
Germaniya an’anasining xususiyatlari banklar va sanoatning yaqin
aloqalaridir.
Aksiyadorlik, moliyaviy va ish aloqalari asosida sanoat
konsernlarining moliyaviy muassasalar bilan birgalikda gorizontal
korporativ sanoat-moliyaviv birlashmalariga tarmoqlararo integratsiyasi
amalga oshirilmoqda.
Banklar nafaqat sarmoya
loyihalarini moliyalashtirish, balki,
korporatsiyalarni boshqarishda ham ishtirok etishayaptilar. Shuning
uchun Germaniyada moliyaviy sanoat guruhlarini tuzish markazlari,
odatdagidek, kredit hisob-kitob faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan keng
xizmatlar to‘plain iga ega universal kredit-moliyaviy majmualar — yirik
banklardir. Bu awalo:
Do'stlaringiz bilan baham: