Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


-chizma.  Mahsulotli divizional tuziima


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

6.3-chizma.
 Mahsulotli divizional tuziima.
Funksional xizmatlar (ishlab chiqarish, ta’minot, texnika, hisob- 
kitob, marketing va boshqalar) rahbarlari ushbu mahsulot bo‘yicha 
boshqaruvchiga hisobot berishlari lozim.
Iste’molchiga moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalami tuzishda bo'lin- 
malar iste’molchilarning ma’lum guruhi atrofida mujassamlanadi. 
Bunday tashkiliy tuziima maqsadi ma’lum iste’molchilar guruhi talabla- 
rini, bitta guruhga xizmat ko'rsatuvchi kompaniyadek, to'liq qon- 
dirishdan iborat.
Agar kompaniya faoliyati har xil strategiyalardan foydalanishni talab 
etuvchi bir nechta hududlarda tarqalgan bo ‘lsa boshqarishning 
divizional tuzilmasini hududiy tamoyili bo‘yicha shakllantirish maqsadga 
muvofiqdir, ya’ni, divizional-hududiy tuzilmani qo‘llash zarur. Divizio- 
nal-hududiy tuziima joylardagi urf-odatlar, qonunchilik xususiyatlari
57


va ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog'liq muammolarni hal etishni 
osonlashtiradi.
Xududlarga bo'lish bevosita joylarda bo'linmalar (divizion) bosh­
qaruv xodimlarini tayyorlash uchun sharoitlar yaratadi.
Divizional tuzilmalami ko‘rib chiqishning yakunida ularning afzallik- 
lari, kamchiliklari va samaraU foydalanish sharoitlarini ko‘rib chiqamiz.
Tuzilmalarning mazkur tunning ustunliklari qatoriga quyidagilami 
kiritish mumkin:
— divizional tuzilmalami qo‘llash kompaniyalarga ma’lum mahsu­
lot, iste’molchi yoki jug'rofiy hududga kichik maxsuslashtirilgan 
kompaniya qaratadigan e’tiborni berishni ta’minlaydi, buning natijasida 
tashqi muhitda sodir etilayotgan o‘zgarishlarga tezroq javob berish va 
o‘zgargan sharoitlarga tezda ko‘nikish mumkin;
— boshqarish tuzilmasining ushbu turi kompaniya faoliyatining 
yakuniy natijalarga (mahsulot ma’lum turini ishlab chiqarish, ma’lum 
iste’molchi talablarini qondirish, ma’lum hududiy bozomi mahsulot- 
larga toMdirish) erishishga yo‘naltiradi;
— yuqori darajadagi rahbariyat uchun boshqarish murakkabliligini 
kamaytirish;
— tezkor boshqaruvni strategik boshqaruvdan ajratish, buning 
natijasida kompaniya yuqori rahbariyati bor e’tiborini strategik rejalash­
tirish va boshqarishga qaratadi;
— foyda olish uchun javobgarlikni divizionlarga yuklatish, tezkor 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishni markazdan chiqarish, bunday 
tuziima rahbariyatni bozorga yaqinlashtirishga ko‘maklashadi;
— kommunikatsiyalarni yaxshilash;
— boMinmlar (divizionlar) rahbarlarini fikrlashini kengaytirish, tez 
o ‘zlashtiriish va uddaburonligini rivojlantirish.
Shu vaqtning o ‘zida ko‘rib chiqilayotgan tashkiliy tuzilmalarning 
kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim:
— boshqarishning divizional tuzilmalari iyerarxiyalik va bolinm a, 
guruh va shu kabi ishini muvofiqlashtirish uchun menejment bosqich- 
larining oshishiga olib keladi;
— bolinm a maqsadlarining kompaniya maqsadlariga qarshi qo‘yi- 
lishi, ko’p darajali iyerarxiyaning «yuqori» va «pastki» qismlari man- 
faatlarining har xilligi;
— bo‘linmalar o'rtasida mojarolar kelib chiqishining ehtimoli, 
xususan, markaz tomonidan taqsimlanadigan muhim resurslarning 
tanqisligi;
58


— bolinxnalar (divizionlar) faoliyatini muvoflqlashtirish pastligi, 
shtab xizmatlarining tarqoqligi, gorizontal aloqalaming sustligi;
— resurslaming samarasiz ishlatilishi, ularning ma’lum bir кофо- 
ratsiyalarga biriktirilishi oqibatida to ‘liq foydalanish imkoniyatlari 
yo‘qligi;
— bolinm alarda vazifalarning takrorlanishi va bunga muvofiq 
xodimlar sonining ortishi oqibatida boshqaruv apparatini ushlab turish 
uchun xarajatlaming oshishi;
— yuqoridan pastgacha nazorat qilishning qiyinlashgani;
— bo'linmalar tarkibida ham ko‘p darajali iyerarxiyaning mavjud- 
ligi, va ularda chiziqli-fimksional tuzilmalar kamchiliklarining amal 
qilishi;
— bo‘linmalar mutaxassislarining kasbiy rivojlanishining ehtimol 
cheklanishi, chunki ularning jamoalari kompaniyalar darajasidagi 
chiziqli-fimksional tuzilmadagidek katta emas.
Shuni ta’kidlash joizki, boshqarishning divizional tuzilmalarini 
quyidagi sharoitlarda qo'llash samara beradi:
— yirik kompaniyalarda, ishlab chiqarish-xo'jalik operatsiyalarning 
kengayishida;
— ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi keng kompa­
niyalarda;
— ishlab chiqarish qattiq diversifikatsiyalashgan kompaniya­
larda;
— ishlab chiqarish bozor konyunkturasi o ‘zgarishlariga kam 
ta’sirchan va texnologik yangiliklarga bog‘liq boMmagan kompaniya­
larda;
— kompaniyalaming horijiy bozorlarga keskin chiqishida, ya’ni 
birdaniga har xil ijtimoiy-iqtisodiy va qonunchilik tizimga ega bir 
nechta mamlakat bozorida, keng xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi 
kompaniyalarda.
Iyerarxiya turdagi tashkiUy tuzilmalar xillarining to‘liq tahlih ishlab 
chiqarish talablariga va uning o‘zgaruviga ko‘nikadigan egiluvchan, 
tez moslashadigan tuzilmalarga o‘tish obyektiv jihatdan zarurligini va 
qonuniyligini ko'rsatdi.
Moslashuvchan (egiluvchan) tashkiliy tuzilmalar uchun ish turlari 
bo‘yicha mehnatni batafsil taqsimlanishi yo‘qligi, boshqarish daraja- 
larining aniqmasligi, qarorlarni qabul qilishning markazdan chiqaril- 
ganligi, faoliyatning umumiy natijalari uchun har bir xodimning 
mas’ulligi kabi xususiyatlar hos.
59


Bundan tashqari, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalar, odatdagidek, 
quyidagi tarzlarga ega:
— o‘z shaklini osonlicha o'zgartirish xususiyati va o'zgaruvchan 
sharoitlarga ko‘nikish;
— murakkab loyihalar, majmuali dasturlami tezkor amalga oshirish 
va og‘ir muammolarni hal qilishga yo'naltirilganligi;
— vaqt jihatidan amal qilishi cheklanganligi, ya’ni, muammoni 
hal qilish, loyiha, dastumi bajarish paytida vaqtinchalik asosida shaklla­
nish;
— vaqtinchalik boshqaruv organlarini tuzish.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling