Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
1.3. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida
korporatsiyalarning ahamiyati Yirik korporativ tuzilmalarning tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy rivojlanishning muhim tendensiyasi bo ‘ldi. Kopnoratsiyalar o‘z rivojlanish yo'lida va ularning jamiyat tomonidan qabul qilinishida fan-texnika, iktisodiyotning rivojlaiishi, aholi malakasi, ma’lumot darajasi bilan bog‘liq qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Mazkur bosqich- laming har birida korporatsiyalar vujudga kehshiga har bir mamlakatda yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta ’sir ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda korporativ sektorda mahsulot va xizmatlaming asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga k.o‘ra sanoati rivojlangan mamla- kaUarlarda korporatsiyalar, korporatsiyalarning umumiy sonida katta salmoqqa ega. Shu bilan birga, ular YalM ishlab chiqarishda va davlat byudjetining daroinadlarida yetakchi mavqeni egallaydi. 2002-yilda Germaniyada 10 ta yirik korporatsiya (biznes-guruh)ga sanoat ishlab chiqarishining 15 foizi, AQSHda 27 foizi, Janubiy Koreyada 30-32 foizi, Rossiyada 38,7 foizi to‘g‘ri keldi . Jahonda yirik korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynashi haqida yana shu narsa dalolat beradiki, butun jahon ishlab chiqarishi hududining 1/4 qismiga yaqinini taxminan 600 ta moliya-sanoat guruhi nazorat qiladi. Ayniqsa, ko‘p ilm talab qiluvchi eng yangi ishlab chiqarishlar sohasida ularning salmog‘i yuqori, chunki aynan yirik birlashmalar yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta mablag' sarflashga qodir. Masalan, AQSHda elektron sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarishda mingdan ortiq firma band, sotuvlaming yarmidan ko‘pi esa bor-yo‘g‘i 14 kompaniyaning ulushiga to ‘g‘ri keladi. Kompyuterlar ishlab chiqarishning to‘rtdan uch qismi to‘rtta yirik firma tomonidan amalga oshiriladi. Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham xuddi shunday holat kuzatiladi. G ‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyaning urushdan keyingi tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy sarmoya faqatgina qudratli moliya- sanoat tuzilmalariga birlashib, davlat organlari bilan o ‘zaro jips hamkorlik qilsa hamda milliy va jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi huquqiy rejimda ishlasa, transmilliy korporatsiyalar va chet el moliya-sanoat guruhlari bilan raqobatlashishga qodir boladi. Yirik sanoat koiporatsiyalarining shakllanishi rivojlangan mamlakat larda turlicha yo‘llar bilan kechdi. U G'arbiy Yevropa va AQSHda erkin bozor sharoitida kompaniyalarning qo‘shib olinishi va qo'shilishi yo‘lidan bordi. Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan)da ko‘p tarmoqli savdo-sanoat biriashmalari davlatning yordami bilan tashkil etildi. Davlat ularga hozir ham iqtisodiy beqarorlik holatlarida yordam ko‘rsatib turadi . Hozirgi paytda jahonda xo‘jalik subyektlari korporativ integratsiya- lashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ integratsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat sam arali, balki jahon xo‘jaligidagi zamonaviy o'zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘lib qoldi. Bugungi kunda yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar iqtiso- diyotning turli tarmoq va sektorlarida faoUyat ko‘rsatmoqda. Shu ЬДап birga, ular ikkita muhim tendensiya bilan tavsiflanadi: — sanoat va kredit-moliya muassasalari, korporatsiyalar doirasida integra-tsiyalashuvi, ya’ni banklar va bank bo‘lmagan kredit-moliya muassasalarining korporatsiyalar tarkibidagi ishtiroki; — transmilliylashuv, ya’ni chet elda shu’ba kompaniyalar va filiallar tashkil etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investiniyalami amalga oshirgan holda o‘z faoliyati sohasini kengaytirishga intilish. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling