Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Korporatsiyalarni tashqi muhit bilan munosabatini t a ’riflang?


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

1. Korporatsiyalarni tashqi muhit bilan munosabatini t a ’riflang?
2. Mamlakatimizning shakllanayotgan korporativ sohasining «muammoli 
jo y lari» sifatida namoyon bo ‘luvchi xususiyatlar qatoriga qaysilarni 
kiritish mumkin ?
3. Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar deganda nimani tushunasiz?
4. Korporativ tizimlarni shakllantirish tamoyillari qanday?


3. KORPORATSIYALARNING MILLIY УА 
JAHON IQTISODIYOTIDAGI ROLI
3.1 Yirik korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotidagi roli.
3.2 Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar rirojlanishidagi jahon 
tendensiyalari.
3.1 Yirik korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotidagi roli
Yirik korporatsiyalar, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari ichki 
bozorda ham, tashqi bozorda ham iqtisodiy hamkorlikning barqa- 
rorligiga ko‘maklashadi. Aynan yirik korporatsiyalar va birlashmalar 
tovarlar hamda xizmatlar turlarini yangilash, takomillashtirish, 
shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan samarali 
raqobat kurashini olib borishga qodir.
Yirik korporatsiyalar faoliyati barqaror va ishonchli ekanligi bois 
tasodifiy omillar ta ’siriga kamroq duchor bo‘ladi. Ular strategik 
rejalashtirishni amalga oshirish tufayli ishlab chiqarishni diversifikat- 
siyalash imkoniyatiga ega bo‘lib, xalqaro mehnat taqsimotining 
ustunliklaridan foydalanishlari mumkin.
Shu bilan birga, yirik integratsiyalashgan tuzilmalar kichik biznes 
va tadbirkorlikning antogonistlari hisoblanishadi. Ularni ko‘pincha kichik 
biznes va tadbirkorlik o‘z ta’siri doirasiga jalb qilishi hamda unga 
ishonchli sherik bo‘lishi mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, korporativ integratsiyalashuv 
jarayoni bir qancha yo‘llar bilan amalga oshadi:
— qo‘shib olish va qo'shilish orqali, buning natijasida bosh firma 
aksiyalaming nazorat paketlariga ega bo‘ladi;
— banklar tomonidan firmalarning birlashtirilishi orqali;
— turli sabablarga ko‘ra bosh kompaniyadan (aksiyalar nazorat 
paketini saqlab qolgan holda) shu’ba korporatsiyalarning ajratib olinishi 
hisobiga.
Xo'jalik yurituvchi subyektlami birlashtirish tendensiyasi birgalikda 
rivojlanish zaruratini o‘zida aks ettiradi. Bunga sabab, firmalar sinergik 
samara orqali mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash va sotash 
xarajatlarini pasaytirish, olinadigan foyda hajmi ko‘payishiga erishish, 
investitsiyalar samaradorligini oshirish va o‘zining raqobat ustunligini 
kuchaytirishga intiladi.
24


Alohida ta’kidlash lozimki, birlashuv chog‘ida har bir xo‘jalik birligi 
faqat o‘ziga katta foyda keltiradigan faoliyat turi bilan shug‘ullanish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, korporativ birlashmalami 
shakllantirish turli xildagi mahsulotlami ishlab chiqarish bo‘yicha (xom 
ashyoni olishdan tortib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishgacha) 
tugallangan texnologik zanjimi barpo etish uchun imkoniyat yaratadi. 
Shu bilan birga, mehnatni yanada optimal tarzda taqsimlash uchun 
shart-sharoitlar yuzaga keladi, bu, o ‘z navbatida, yuqori unumli 
uskunalar, ilg‘or texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni oqilona 
tashkil qilishga ko‘maklashadi.
Bozor ulushini kengaytirish, sotuvlar hajmini oshirish va xarajatlami 
kamaytirish hisobidan foydaning o ‘sishini ta ’minlash korgyurativ 
integratsiyalashishga undovchi asosiy iqtisodiy omil hisoblanadi.
Sotuvlar hajmi o'sishi birlashma ishtirokchilarining mahsulotlarini 
birlashtirish, assortimentning umumiy portfelini boshqarish, bir­
lashma ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobatni kooperatsiyaga aylantirish, 
yirik korporativ mijozlar va mintaqalar bilan ishlash natijasida sodir 
bo‘ladi.
Xarajatlami kamaytirishga mablag‘larni reklama, marketing, ilmiy- 
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, boshqaruv texnologiyalarini 
xarid qilish va ishlab chiqish, mahsulot ishlab chiqarish va sotishga 
taqsimlash orqaU erishiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, korporatsiya moliyaviy imkoniyatlarining 
asosiy xususiyati qimmatli qog‘ozlami emissiya qilish va sotish hisobidan 
moliyalashning yangi manbalariga yo‘l topish ЬДап belgilanadi. Aksiya- 
dor-lik jamiyatlari tashkiliy xususiyatlari ularga sarmoyalar bozoriga 
chiqish orqali ishlab chiqarishga resurslaming katta hajmini jalb qilish 
imkonini beradi. Xo‘jalik faoliyatini moliyalashda foydalaniladigan 
fond vositalarining turlari xilma-xil bo‘lishiga qaramay, bunda asosiy 
rol aksiyalar va obligatsiyalarga tegishli bo‘lib qolaveradi.
Korporadiyalaming fond bozorlariga chiqish imkoniyati moliya 
bozori bilan o‘z munosabatlarini diversifikatsiyalash va muqobil asosda 
(kredit (bank) resurslari bozori — qimmatli qog‘ozlar bozori) moliyaviy 
resurslami jalb qilish imkonini beradi. Bu yerda «o‘rin bosish» holati 
kuzatiladi.
Bu shuni anglatadiki, fond bozorining ushbu segmentlaridan birida 
konyunkturaning o‘zgarib turishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar xatari boshqa 
segmentlardan foydalanish hisobidan olingan foyda orqali qoplanishi
25


mumkin. Natijada, korporatsiya moliyaviy muqobilliklar yig‘indisi 
bo'yicha qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar xarajatlarini pasaytiradi.
Chet mamlakatlar amaliyoti shundan dalolat berib turibdiki, bank 
qarzlari va aksiyadorlik nashrlarining кофога181уат yillik moliyalapshagi 
o ‘zaro nisbati ko‘p jihatdan fond bozori konyunkturasi va foiz 
stavkalarining kattaligi bilan belgilanadi.
Ta’kidlash joizki, fond bozoriga chiqish korporatsiyaga moliyaviy 
vositachilari (investiiiya fondlari, pensiya jamg‘armalari va sug'urta 
kompaniyalari)ni, jismoniy, yuridik shaxslaming omonatlarini to‘g‘ri- 
dan-to‘g‘ri va tarmoqlar orqali jalb qilgan holda moliyaviy kelishuvlar 
ishtirokchilari sonini oshirish imkonini beradi.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling