Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
3.2 Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
rivojlanishidagi jahon tendensiyalari Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar rivojlanishidagi jahon tendensiyalari va omillari tahlili ko‘rsatishicha, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va ustunliklari quyidagilardan iborat: — fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari- ning muddatlarini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish, moliya resurslarini va ilmiy-tadqiqot salohiyatini jamlash, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash va raqobatbardosh mahsulotning yangi turlarini jadal o'zlashtirish; — o‘z tarkibiga kiruvchi sanoat кофога181уа1ай, moliya-kredit, sotish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida faoliyatni tarmoq ichida, tarmoqlararo diversifi- katsiyalash; — boshqaruvning turli darajalari o'rtasidagi ishlab chiqarish jarayon- larini muvofiqlashtirish, kooperatsiyalash va nazorat qilish funksiyalarini samarali amalga oshirish; — o‘zaro bog‘liq ravishda ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar va tarmoqlarning oqilona kooperatsiyalashuvini ta’minlash, «ilmiy-tadqi qot ishlari — tajriba-konstruktorlik ishlanmalari — investitsiyalar — ishlab chiqarishga tayyorlash — seriyali ishlab chiqarish sotish, sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish» hayotiy siklini qisqartirish va samarali amalga oigarish; — investitsiya resurslarini ustuvor tarmoklar va ishlab chiqarishlarda jamlash hamda mahalliy va jahrn bozorlarida mahsulotning raqobat- bardoshligini oshirish; 26 — «ikki tomonlama moliyalash», bu amortizatsiya, taqsimlanmagan foyda va banklar kreditlari hisobidan, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotish orqali amalga oshiriladi. Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni tashkil etish jarayoni xo‘jalik yuritishning rejali tizimidan bozor tizimiga o‘tish natijasida o‘z iqtisodiyotini isloh qilayotgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakat- larida keng tarqaldi. Ushbu mamlakatlarda davlat mulkining xususiylashtirilishi yangi iqtisodiy tuzilmalar shakllanishiga ko‘maklashdi, bu holat iqtisodiy tizim poydevori almashinuviga ta ’sir ko‘rsatdi: mulkchilik shakli o'zgardi, sarmoyani boshqarishning yangi tuzilmalarini shakllantirish jarayonlari faollashdi. Sotsialistik tuzumdan voz kechgan mamlakatlarda mulkchilikning aksiyadorlik shakli paydo bo‘lishi iqtisodiyotda korporativ sektoming shakllanishiga olib keldi, yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar (konsemlar, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari) ushbu sektoming tarkibiy qismiga aylandi. Mazkur mamlakatlarda bozor munosabatlari shakilanishi natijasida yuzaga kelgan kichik va o‘rta biznes korporatsiyalarining soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, bazaviy tarmoqlarda yirik ishlab chiqarish ning roli hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. g‘arb iqtisodiy tizimlari singari mazkur mamlakatlar ham o‘z taraqqiyot yo'lida aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanishi davrini bosib o ‘tdi, so‘ngra sarmoyani boshqarish tuzilmasining murakkablashuvi va moliyaviy hamda sanoat sarmoyasining qo‘shilishi oqibatida ularda xolding kompaniyalarini, moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish jarayoni boshlandi. Shunga qaramay, sobiq sosialistik mamlakatlarda integratsiyalashgan birlashmalar faoliyatining tarkibi va xususiyati g‘arb mamlakatlarinikidan ma’lum darajada farq qiladi. Mazkur tafovutlar korporativ kompaniyalami shakllantirishning muayyan tarixiy holatlari, кофогайу munosabatlami tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari, fond bozori rivojlanishi darajasi, korporativ mulk va boshqaruv masalalarida moliya tashkilotlari va davlat roli bilan shartlangan. Mutaxassislaming fikricha, sobiq sosialistik mamlakatlar iqtisodiyo- tini isloh qilish jarayonida integratsiyalashgan korporativ tuzilmalaming shakilanishi ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Xususan, ishlab chiqarishning barqarorlashuvi yuz beradi 27 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling