M u t o l a a t u r l a r i v a q o i d a l a r i
Mutolaa—bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo’lib, sof texnik jihati - mutolaa qilish va tez o’qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati - matndan zarur axborotlarni olishdan iborat.
Mutolaa turlari
Mazmunga kirib borish darajasiga ko’ra mutolaa quyidagi turlarga bo’linadi:
Matn bilan tanishib chiqish va o’rganishdan oldin odatda kitobga ko’z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi.
Ko’z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varaqi, mundarijasi, annotatsiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana shu axborotning o’zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo’lishini belgilashga yordam beradi.
Matn bilan tanishib chiqish (tanlangan joylarini o’kish) bir necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek, mazkur masala bo’yicha o’zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida tanlangan ma’lumotlarni qiyoslash va solishtirish kabilardan iborat.
O’rganish uchun mutolaa - mutolaaning faol turi. Talaba tomonidan asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to’xtalib va axborotlarni mushohadadan o’tkazib o’qish hollarida bunday tur ishlatiladi.
O’rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini o’zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, talaba oldiga qo’yilgan savollarga javob topishga qaratilgan.
Mutolaaning bu turi materialni o’rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar bo’yicha izchil o’qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o’z fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi.
Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari
1. Mutolaa g’oyat jiddiy va sermulohazali bo’lishi kerak.
2. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishda:
o’qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak;
notanish atamalar va tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim,
o’zingizga ahamiyatli bo’lgan savollarga javob izlash zarur;
axborotlarni markirovkalash - belgilar qo’yish kerak,
Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, xar hil nuqtai nazarlarni ko’chirib olish lozim.
O’qib chiqgandan keyin olingan axborotlarni ularga tanqidiy nuktai nazardan, shuningdek, sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib yondashgan holda baholash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |